ХОТИРА...
Bugun
O'zbekiston xalq
shoiri marhum
Muhammad Yusuf
( joylari jannatda
bölsin ) ning
tavallud
ayyomidir. Agar ul
zot hayot
bölganlarida ayni
damda 60 yoshni
qarshi olgan
bölardilar.
Shunday ekan
keling shoir haqida
öz fikrimiz bildirib,
haqlariga duo
qilaylik.
M. Yusufning
she'rlari insonlar
ongida yaxshi
ta'surot
uyg'otishining
sababi nimada deb
öylaysiz? Mening
fikrimcha
shoirning
she'rlarida
kamtarlik, oddiy
( qöpolroq
aytganda jaydari)
sözlardan tashkil
topganligi,
xalqning dardini,
oshiqning
iztiroblarini
tölaligicha aks
ettira
olganligidadir.
Tun qöynini
egalladi sir, Oy
yarqirar misoli
kunduz. Bir
porladi, öchdi
nimadir, Söngan
edi yana bir
yulduz.
Osmonda bir qizil
yöl kördim,
Chaqmoq chaqib
yuragim tildi. O't-
ölandan ne böldi,
sördim? Maysalar
ham oh-nola qildi.
Tong otmasdan
ketdi usha tun,
Telbasifat misli
odamlar. Kecha
porlab turuvdi
yorqin, Nega kalta
axir qadamlar.
Yer yig'ladi,
yig'ladi osmon,
Nola kelar kökning
qaridan. Qalam
yig'lar sog'inib
hamon, Umid
uzmay
Muhammadidan.
Ikki misra she’r,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der, Men
seni o`ylayman
O`zimdan ko`proq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Men ketsam,
yomondan
Yiroq bo`l, ohu,
Chunki sen chiroyli,
Ko`rkli bir juvon.
Yomon kunlar bir
kun
Yaxshi bo`lar-u,
Yomon odam
yaxshi
Bo`lmas hech
qachon… Yasha
chegarada
Turgandek ogoh,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Uyda yotibman-u,
Sezib turipman,
Ko`kda kelayotir
Qushlar qaytishib.
Xayrlar yog`dirib
Qanotlaridan,
Xasta shoiriga
Vido aytishib. Bor,
mening uchun ham
Ularga qo`l qoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Ularni men yana
Ko`rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. To`ylar
boshlandi.
Yuragim pora –
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim…
Demak, taqdir ekan
To`y ko`rmay
o`lmoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Biroq, ko`nglim
sezar,
Mendan keyin ham,
Bir kun bu hovliga
Odam to`ladi.
Hali to`ylar qilib
Charchaysan,
erkam,
Mening qizlarim eng
Baxtli bo`ladi!
Kelinlar ko`ylagi
Ruhimday oppoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Gulim, yaqinroq kel,
Qara, ne savdo, Bu
ajib ishlarni
Dil lavhiga yoz:
Kimga qasr yetmas,
Kimga mol-dunyo,
Menga esa havo
Yetmaydi, xolos.
Tiriklar mudroqda,
O`liklar uyg`oq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Ko`ksim kuyib
borar,
Ko`krak yonmoqda,
Ayting do`xtirlarga,
Yorishsa yorsin!
Jism o`z ulfati –
Jondan tonmoqda.
Bechora jon endi
Qayerga borsin.
Endi osmon yiroq,
Endi yer yumshoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Bunu xayot derlar,
Unutma aslo, Bir
kun ochilasan,
Bir kun so`lasan.
Qalbimda-ku, faqat
Sen eding tanho,
Qabrim ustida ham
O`zing bo`lasan.
Sen bizning
sevgidan
Xotira – bayroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!