Muhammad Yusufning rafiqalari

Nazira as-Salom tomonidan taqdim
etilgan bu she’r shoirning
daftarida qolib ketgan, biroq hali
chop etilmagan.
O‘rganish
Yupqagina to‘nim bor edi,
Osilishib qo‘ymadi, yechdim.
Ta’na debon to‘nimdan kechdim,
To‘nim-ku keng, zamon tor edi.
Do‘ppi otamdan yodgor edi,
Sandiqlarga otdim uni men.
Ikki pulga sotdim uni men,
Do‘ppim yangi, zamon tor edi.
Baqalbu benavolar necha,
Oyoq tovushidan tosh qotdim.
Sumalagim qaynagan kecha,
Itdek qozon qo‘riqlab yotdim…
Bemajol-u bemador edi-
Qo‘shnimdan hol so‘rolganim yo‘q,
Mozoriga borolganim yo‘q,
Zamon – yomon, zamon tor edi.
Xo‘sh endi-chi, dersiz, nima g‘ov?!
Do‘ppi boshga o‘rnashmagandek.
To‘nim endi yarashmagandek,
Kiysam kulayotgandek birov!..

Комментарии

Комментариев нет.