Qoshingga qo`nib, Ko`zingga termulib umrim o`tsaydi... Nima ham ko`ribman men yigit bo`lib? Sochingni silashga qo`lim yetmaydi. Peshonam shu ekan, peshonang shudir, Tushimga kir endi, tushlarimga kir. Tovoning o`padi ariqdagi suv, Ko`ylaging etagin o`padi maysa. Men-chi, bir giyohcha bo`lolmadim-ku, Ey, ko`zlari jayron, kiprigi nayza! Peshonam shu ekan, peshonang shudir, Tushimga kir jonim, tushlarimga kir. Ko`chib borayotir bu umr - karvon, Kunlarning bo`ynida yurak qo`ng`iroq. Men senga armonu sen menga armon, Ko`nglimning to`rida tutar shamchiroq. Peshonam shu ekan, peshonang shudir, Tushimga kir endi, tushlarimga kir... Kapalakday kelib, qoshingga qo`nib, Ko`zingga termulib umrim o`tsaydi. Qolding bag`rimda jonimdek bo`lib, Sochingni silashga qo`lib yetmaydi. Peshonam shu ekan, peshonang shudir, Tushimga kir endi, tushlarimga kir...
Muhammad Yusuf sherlari
:Man mujikman shu yodingda tursin
Tushlarimga kir Kapalakday kelib,
Qoshingga qo`nib,
Ko`zingga termulib umrim o`tsaydi...
Nima ham ko`ribman men yigit bo`lib?
Sochingni silashga qo`lim yetmaydi.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir endi, tushlarimga kir.
Tovoning o`padi ariqdagi suv,
Ko`ylaging etagin o`padi maysa.
Men-chi, bir giyohcha bo`lolmadim-ku,
Ey, ko`zlari jayron, kiprigi nayza!
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir jonim, tushlarimga kir.
Ko`chib borayotir bu umr - karvon,
Kunlarning bo`ynida yurak qo`ng`iroq.
Men senga armonu sen menga armon,
Ko`nglimning to`rida tutar shamchiroq.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir endi, tushlarimga kir...
Kapalakday kelib, qoshingga qo`nib,
Ko`zingga termulib umrim o`tsaydi.
Qolding bag`rimda jonimdek bo`lib,
Sochingni silashga qo`lib yetmaydi.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir endi, tushlarimga kir...