Комментарии
- 21 ноя 2014 23:57bunaqa woirlar 100 yilda 1 marta keladi,Muxamad Yusuf kamtar inson edi, joyi jannatda bolsin.bunaqa werlarni axad qayumchalar 2 dunyo 1 kelsa xam yoza olmiydi.
- 22 ноя 2014 12:04Muhammad Yusufni she'rlani har gal o'qiganingda cheksiz ruhiy ozuqa olasan kishi...
- 22 ноя 2014 12:04Muhammad Yusufni she'rlarini har gal o'qiganingda cheksiz ruhiy ozuqa olasan kishi...
- 22 ноя 2014 12:04Muhammad Yusuf she'rlarini har gal o'qiganingda cheksiz ruhiy ozuqa olasan kishi...
- 26 ноя 2014 21:47Muhammad yusufni óldirgan insonlar u dunyoda javob beriwi wart Avvalo HUDO Olloh bor hammaga
- 28 ноя 2014 07:55xar bir tirk jon borki o'lim sharbatini tortguvchidir ertami kechmi xamamizam o'lamiz biz mexmonmiz bu dunyoda
- 28 ноя 2014 09:36Menga atvet yoziwsin deb sharh qowmadim
- 28 ноя 2014 12:33Xazil mayli omadizi bersio wunaqa werladan yozuri
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь

Muhammad Yusuf sherlari
:Man mujikman shu yodingda tursin
Mendan nima qolar:
Ikki misra she’r,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni o'ylayman
O'zimdan ko'proq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq!
Men ketsam, yomondan
Yiroq bo'l, ohu,
Chunki sen chiroyli,
Ko'rkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun
Yaxshi bo'lar-u,
Yomon odam yaxshi
Bo'lmas hech qachon…
Yasha chegarada
Turgandek ogoh,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq!
Uyda yotibman-u,
Sezib turipman,
Ko'kda kelayotir
Qushlar qaytishib.
Xayrlar yog'dirib
Qanotlaridan,
Xasta shoiriga
Vido aytishib.
Bor, mening uchun ham
Ularga qo'l qoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq!
Ularni men yana
Ko'rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. To'ylar boshlandi.
Yuragim pora –
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim…
Demak, taqdir ekan
To'y ko'rmay o'lmoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq!
Biroq, ko'nglim sezar,
Mendan keyin ham,
Bir kun bu hovliga
Odam to'ladi.
Hali to'ylar qilib
Charchaysan, erkam,
Mening qizlarim eng
Baxtli bo'ladi!
Kelinlar ko'ylagi
Ruhimday oppoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq!
Gulim, yaqinroq kel,
Qara, ne savdo,
Bu ajib ishlarni
Dil lavhiga yoz:
Kimga qasr yetmas,
Kimga mol-dunyo,
Menga esa havo
Yetmaydi, xolos.
Tiriklar mudroqda,
O'liklar uyg'oq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq!
Ko'ksim kuyib borar,
Ko'krak yonmoqda,
Ayting do'xtirlarga,
Yorishsa yorsin!
Jism o'z ulfati –
Jondan tonmoqda.
Bechora jon endi
Qayerga borsin.
Endi osmon yiroq,
Endi yer yumshoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq!
Buni hayot derlar,
Unutma aslo,
Bir kun ochilasan,
Bir kun so'lasan.
Qalbimda-ku, faqat
Sen eding tanho,
Qabrim ustida ham
O'zing bo'lasan.
Sen bizning sevgidan
Xotira – bayroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq!
Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G'am kelsa boshingdan
Xushing uchmasin.
Xudodan so'radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo'lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq!
Ishing tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida
Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar,
Ko'ksi tiniq bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq,
Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq!
Jon so'ngi boshpana
Toparkan ongda,
U yurak ostida
Derdim men bo'lsam.
Ajablanma agar
Ertaga tongda
Seni o'pib, O'shni
Quchoqlab o'lsam!..
O'tinchim – tepamda
Yig'lama uzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq!
Muhammad Yusuf