Muhammad Yuruf sherlari

Комментарии

  • 22 фев 2015 14:33
    Eslamasang ham meni
    Qanday qilib tonaman
    Yillar o'taru seni
    Unutolmay yonaman.
    Mayli men-ku qon dilim
    Baxtlimisan sevgilim?...
    Bahor kelsa bog'larga
    Sevishganlar sig'maydi
    Mening qo'ygan ko'ksimda
    Qizg'aldoqlar yig'laydi
    Mayli men-ku qon dilim,
    Baxtlimisan, sevgilim?...
    Mendan kechib ketganing,
    Mayli joning sog' bo'lsin.
    Mening ko'nglim cho'ksa ham
    Sening ko'nglim chog' bo'lsin
    Mayli, menku-ku, qon dilim
    Baxtlimisan, sevgilim?
    Qayda bo'lma omon bo'l
    Omon bo'lu bilib ol-
    Sening umring uzun yo'l
    Mening umrim bir savol:
    Mayli men-ku qon dilim
    Baxtlimisan sevgilim?!
  • 22 фев 2015 14:34
    Muhammad Yusuf Ôzbek xalqining zôr adibi.
  • 22 фев 2015 14:38
    LOLAQIZG'ALDOQ
    (Muhammad Yusuf ijodidan)
    Shavkat Rahmon xotirasiga
    Mendan nima qolar:
    Ikki misra she’r,…
    Ikki sandiq kitob,
    Bir uyum tuproq.
    Odamlar ortimdan
    Nima desa der,
    Men seni o'ylayman
    O'zimdan ko'proq –
    Lola, lolajonim,
    Lolaqizg'aldoq!
    Men ketsam, yomondan
    Yiroq bo'l, ohu,
    Chunki sen chiroyli,
    Ko'rkli bir juvon.
    Yomon kunlar bir kun
    Yaxshi bo'lar-u,
    Yomon odam yaxshi
    Bo'lmas hech qachon…
    Yasha chegarada
    Turgandek ogoh,
    Lola, lolajonim,
    Lolaqizg'aldoq!
    Uyda yotibman-u,
    Sezib turipman,
    Ko'kda kelayotir
    Qushlar qaytishib.
    Xayrlar yog'dirib
    Qanotlaridan,
    Xasta shoiriga
    Vido aytishib.
    Bor, mening uchun ham
    Ularga qo'l qoq –
    Lola, lolajonim,
    Lolaqizg'aldoq!
    Ularni men yana
    Ko'rarmanmi-a,
    Ayvondan odamdek
    Kuzatolmadim.
    Kuz. To'ylar boshlandi.
    Yuragim pora –
    Bitta qizimni ham
    Uzatolmadim…
    Demak, taqdir ekan
    To'y ko'rmay o'lmoq,
    Lola, lolajonim,
    Lolaqizg'aldoq!
    Biroq, ko'nglim sezar,
    Mendan keyin ham,
    Bir kun bu hovliga
    Odam to'ladi.
    Hali to'ylar qilib
    Charchaysan, erkam,
    Mening qizlarim eng
    Baxtli bo'ladi!
    Kelinlar ko'ylagi
    Ruhimday oppoq –
    Lola, lolajonim,
    Lolaqizg'aldoq!
    Gulim, yaqinroq kel,
    Qara, ne savdo,
    Bu ajib ishlarni
    Dil lavhiga yoz:
    Kimga qasr yetmas,
    Kimga mol-dunyo,
    Menga esa havo
    Yetmaydi, xolos.
    Tiriklar mudroqda,
    O'liklar uyg'oq –
    Lola, lolajonim,
    Lolaqizg'aldoq!
    Ko'ksim kuyib borar,
    Ko'krak yonmoqda,
    Ayting do'xtirlarga,
    Yorishsa yorsin!
    Jism o'z ulfati –
    Jondan tonmoqda.
    Bechora jon endi
    Qayerga borsin.
    Endi osmon yiroq,
    Endi yer yumshoq –
    Lola, lolajonim,
    Lolaqizg'aldoq!
    Buni hayot derlar,
    Unutma aslo,
    Bir kun ochilasan,
    Bir kun so'lasan.
    Qalbimda-ku, faqat
    Sen eding tanho,
    Qabrim ustida ham
    O'zing bo'lasan.
    Sen bizning sevgidan
    Xotira – bayroq,
    Lola, lolajonim,
    Lolaqizg'aldoq!
    Ayol qalbing bilan
    Suv kech, olov kech,
    G'am kelsa boshingdan
    Xushing uchmasin.
    Xudodan so'radim:
    Mendan keyin hech,
    Nomard kimsalarga
    Ishing tushmasin.
    Ularning qo'lida
    Hamisha tuzoq,
    Lola, lolajonim,
    Lolaqizg'aldoq!
    Ishing tushsa, inim
    Muhammadga bor,
    Shoirlar ichida
    Ishonganim shu.
    Biroz ichishini
    Aytmasa agar,
    Ko'ksi tiniq bola,
    Halol bola u.
    Faqat sal soddaroq,
    Faqat sal yoshroq,
    Lola, lolajonim,
    Lolaqizg'aldoq!
    Jon so'ngi boshpana
    Toparkan ongda,
    U yurak ostida
    Derdim men bo'lsam.
    Ajablanma agar
    Ertaga tongda
    Seni o'pib, O'shni
    Quchoqlab o'lsam!..
    O'tinchim – tepamda
    Yig'lama uzoq,
    Lola, lolajonim,
    Lolaqizg'aldoq!
  • 22 фев 2015 14:40
    Sodda Muhammadman
    Sodda Muhammad
    Turkman qizni maqtab baloga
    qoldim
    Ko'ylagiga xavas qilgandim faqat
    Toabad tuganmas baloga
    qoldim
    Nedan ranjidingiz jon singillarim
    Qaboqlar uyuldi chimrildi
    qoshlar
    Turkman tushunmay tosh otsa
    chidadim
    Ammo yomon botdi siz otgan
    toshlar
    Yorug' dunyodagi bari qiz go'zal
    Millat tanlamas-ku xusn degani
    Nigohim jayxundan sakrab o'tsa
    sal
    Qaydan bilay sizga malol
    kelganin
    Yurtim suluvlari sizga yo'q tarab
    Qoshingizga o'sma yursa
    sirg'alib
    Uzun sochingizni ursangiz tarab
    Boqsa degan edim oy ham
    suqlanib
    Asli turkman qiz bir bahona
    holos
    Izlaganim edi sizlar kanilar
    Qumsaganim xayo momolarga
    xos
    Sog'inganim edi Kumushbibilar
    Yonsam hajringizda mening
    yonishim
    Kuysam siz tufayli ko'nglimdagi
    cho'g'
    Turkman qizlardan yo'q mening
    tanishim
    Qalinga tuyam ham tushib
    qolgani yo'q
  • 22 фев 2015 14:42
    Muhammad
    Yusuf 1954 yil
    26
    aprelda Andijon viloyatining
    Marhamat tumanidagi Qovunchi
    qishlog‘ida dehqon oilasida
    tug‘ilgan. O’rta maktabni
    tugatgach, Respublika Rus tili va
    adabiyoti institutida o‘qib, uni
    1978 yilda bitirdi. Shoir
    1978-1980 yillarda Kitobsevarlar
    respublika jamiyatida,
    1980-1986
    yillarda «Toshkent oqshomi»
    gazetasida, 1986-1992 yillarda
    G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va
    san’at nashriyotida, 1992-1995
    yillarda «O’zbekiston ovozi»
    gazetasida, O’zbekiston Axborot
    agentligida ishladi, 1995-1996
    yillarda Davlat va jamiyat qurilish
    akademiyasida o‘qidi. 1997
    yildan
    boshlab O’zbekiston Yozuvchilar
    Uyushmasi raisi o‘rinbosari
    lavoshmida ishladi.
    M. Yusuf O’zbekistondagi eng
    yosh
    xalq shoiri (1998) hisoblanadi.
    Uning dastlabki she’rlari
    «O’zbekiston adabiyoti va
    san’ati»
    ro‘znomasida 1976 yilda chop
    etilgan edi. Bevaqt o‘lim shoirni
    oramizdan olib ketdi. Kitoblari va
    she’rlari: «Tanish
    teraklar» (1985,
    birinchi to‘plami),
    «Bulbulga bir gapim bor» (1987),
    «Iltijo» (1988), «Uyqudagi
    qiz» (1989), «Halima enam
    allalari» (1989), «Ishq
    kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir
    yor» (1990), «Bevafo ko‘p
    ekan» (1991), «Erka
    kiyik» (1992),
    «Osmonimga olib ketaman»,
    «Kumush», «Kokilingni kim
    kesdi»,
    «Aldov», «Turkman qiz», «Yur,
    Muhammad, ketdik bu yerdan»,
    «Yolg‘onchi yor», «Qora
    quyosh» (doston) va boshq.
    Muhammad Yusuf «Men o‘z
    bilganimdan qolmadim» she’rida
    she’r va shoirlikni shunday
    anglaydi.
    Quvroq bo‘l deyishdi. Yolg‘on
    ham
    kerak,
    Jindak xushomad ham, quloq
    solmadim.
    Oqni oppoq ko‘rdim, qorani -
    qora
    Men o‘z bilganimdan qolmadim.