Qaramaydi qayrilib bir bor

Men turibman ostonada zor.
Oyni uzib bersang ham menga,
Chiqmayman der, noz qilar dildor.
O'tinchlarim bexuda, zorim,
Ilinjlarim hammasi bekor.
Rashkim kelar keladi orim,
Chiqmayman der, noz qilar dildor.
Toshoynaga termulib lekin,
O'zi o'sma tortib qoshiga,
Dugonasi yonida, tag'in
Tushib ketar buloq boshiga.
Jimman, biroq uzolmam ko'zim,
Kimlargadir qilaman xavas,
Kelishmagan yigitman o'zim,
Sochlaarim ham jingalak emas...
Muhammad Yusuf

Комментарии