Комментарии
- 30 июн 2017 10:03buyrakni o'qismida 04 tosh bor tabiy og'riqsiz qanday tushurish mumkin oldindan raxmat
- Комментарий удалён.
- 12 авг 2017 19:00Asalomu alekum Meni siyganimda ogriq bor chidab bolmedi jonimni ogritadi men nima qilishim kere mas
- 12 авг 2017 19:04Maslahat berilar iltimos qnday davosi bor?? bu zarar keltirmedimi siyib bolganimdan keyin ogriq kuchayadi chidab bolmedi qon aralash siydik chiqadi
- 23 авг 2017 21:15agar buyrakni bir tarafida 4'5 mm li tosh bulsa uni haydab chiqarish mumkinmi va qanday og'riq beradi vaqti vaqti bilan siydik rangida ham yulida ham muammo yuq ya'ni hali og'rish sezilmaydi kasallik boshlanganiga 14 kuncha bulgan shifokorni aytishi buyicha jarrohlik yuli bilan endi savol.' shifokor ham aldashi mumkinmi oddiy dori darmonda davolasa buladigan kasalni kup pul olish maqsadida jarrohlik yuli bilan olinadi deb bemorni tushunmasligidan foydalanib iltimos kim kuproq malumot yoki hayotiy tajriba bulsa yozsin rahmat oldidan
- 26 мая 2019 05:10Salom sogayib kettizmi? Menda xam xozi huddi shunday buvotti. Davo topgan bolsangiz nima chora kordiz? Javob u.n oldindan raxmat.
- 21 авг 2019 19:291yildan oshdi singlim katetrda ...özi peshobini chiqarolmaydi kôp joyga bordik ....tushunadigan yaxshi vrachlar bormi (urolôgiya markazi Sistit deb tashis qöydi) qayerda iltimos yordam beringlar +998945715628
- 22 авг 2019 15:12Moskvada bor yaxshi oliy toifali dog'istonlik vrach juda ham kuchli mutahasis Badaviy Omarovich Metro Babushkinskiy stansya Ermeshayseva nomli katta poliklinikada ishlaydi qulimdan kelgani bu qadar imkoniz bulsa olib kelib kursatinglar
- 16 ноя 2020 05:23Men buyrgim ogrib qoldi skori xudi o‘sh bolnisaga olib bordi
- 11 фев 2021 21:55Meda aynan siydik tosh kassaligi bor buni qanday yo'qotsam bo'ladi.Bunga 2017 yildagi avtoxalokat sabab bo'lgan undan oldin biror marotaba bunday xolatga tushmaganman.
- 11 фев 2021 22:03Iltimos yordam beringlar o'zi yaqinda uylandim bolam ham bor ollohga shukir lekin menga bu toah ko'p azob berayapti iltimos yordam beringlar
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
ADTI АГМИ yoki ASMI
:Nodirbek Abdullayev
BUYRAK TOSh KASALLIGI asosan buyrak va siydik yo'llarida tosh paydo bo'lishidan kelib chiqadi.
Bu kasallikning sabablari quyidagicha: - buyrakda suv-tuz almashinuvining buzilishi; - siydik nayi va qovuqda peshobning dimlanib qolishi; - tarkibida mineral tuzlar ko'p bo'lgan mahsulotlarni uzoq vaqt iste'mol qilib yurish; - suv-tuz almashinuvini rostlaydigan ichki sekretsiya bezlari (qalqonsimon bez va qalqonsimon bez yonidagi bezchalar, gipofiz) funktsiyasining buzilishi. Yuqorida aytib o'tilgan holatlar kuzatilganda siydikda tuz kristallari hosil bo'ladi. Bu
tuz kristallari shakllanib, siydik toshlariga aylanadi. Shunda urat kislota tuzlaridan uratlar, kal tsiy oksalatlardan oksalatlar, fosfat kislota tuzlaridan fosfatlar, kal tsiy karbonat tuzlaridan esa karbonatlar hosil bo'ladi. Paydo bo'lgan to'g'nog'ich boshidek hajmdagi toshlar tezda yiriklashadi va katta toshlarga aylanadi. Siydik tosh kasalligi hamma yoshdagi kishilarda, ayniqsa 20-50 yoshlarda ko'p uchraydi. Kasallik boshlanishida buyrakda tosh hosil bo'lib, u erdan siydik nayiga va qovuqqa tushadi. Umuman, tosh qaerda joylashishiga qarab, kasallik ham turlicha kechadi. Masalan, tosh buyrakda bo'lsa, bel simillab og'rib turadi, jismoniy ish bajarganda yoki transportda silkinganda og'riq kuchayadi. Qovuqda tosh paydo bo'lganda esa og'riq bilan siyadi. Jismoniy ish qilganda yoki ko'p piyoda yurilganda tosh qovuqning shilliq pardalarini ezadi, shunda siydik qon aralash keladi. Aksincha, tosh siydik kanalini to'sib qo'ysa, bemor yaxshi siya olmaydi yoki yonboshi bilan yotib siyadi. Bordiyu tosh ikkala buyrakda yoki siydik nayida tiqilib qolsa, siydik mutlaqo to'xtaydi, bunda qovuqda siydik bo'lmaydi. Bu o'ta xavfli asoratdir, chunki siydik ajralishining to'xtab qolishi natijasida tanada moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo'ladigan zararli mahsulotlar (chiqindilar) tashqariga chiqib ketmay, tananing o'zini zaharlaydi va uremiya deb ataluvchi og'ir holat vujudga keladi. Zudlik bilan shifokor chaqirilmasa, zaharlanish kuchayib, butun tanaga yoyilib ketadi. Buyrak tosh kasalligida toshning qaerda turganiga va katta-kichikligiga qarab turlicha davo usullari belgilanadi. Siydik nayidagi mayda toshlarni
har xil dori-darmonlar, fizioterapiya muolajalari va ko'p miqdorda suyuqlik ichirish yo'li bilan vrach nazoratida haydab chiqariladi. Tosh siydik nayining qovuqqa yaqin joyida to'xtab qolsa, uni ba'zan maxsus sirtmoq solib, so'ng olinadi. Buning iloji bo'lmasa, jarrohlik usuli qo'llanadi.