Demba Ba: "Mоurinyudan ko`ra Bilich bilan til topishish osonroq" "Chelsi"ning sobiq hujumchisi Demba Ba o`zining yangi murabbiyi Slaven Bilichni o`yinchilar bilan juda yaqin va do`stona munosabatda bo`lishini aytib o`tdi, deya xabar berdi HITC Sport.

"Jоze Mоurinyu g`olib. Uning uchun eng muhimi - g`alaba. Uning mentaliteti go`liblikka intiluvchan va katta muvaffaqiyatlarga erishuvchandir. Men undan ko`p narsa o`rganganman" "Agar Jоze bilan Bilichni solishtiradigan bo`lsam, ularning bir-biridan ajratib turuvchi narsa – ularning o`yinchilar bilan munosabatidadir. Bilich hamisha o`yinchilar bilan yaqin bo`ladi, u bilan til topishish oson, Mоurinyudan ko`ra. Bilich juda yaxshi inson va u agar futbolchilarda qandaydir muammo paydo bo`lsa, doimo ularga yordam berishga tayyor", - deydi Demba Ba. Eslatib o`tamiz, bu mavsum Demba Ba "Beshiktosh" safida 10 ta matchda maydonga tushib 7 ta gоlga mualliflik qildi.

Комментарии

Комментариев нет.