O’sma bilan qoraytirdim qoshimni,

Oyog’izga qo’ydim oxir boshimni.
Yor bo’lib siz artmadizku yoshimni,
Siz ayxshisiz men yomonman men yomon.
Kundan kunga qiziyversin bozoriz,
Yuragimni zoda qildi ozoriz.
Yoriz yaxshi yoriz yaxshidur yoriz
Siz ayxshisiz men yomonman men yomon.
Sizni tanalariz yo’qdur oxiri,
Shirin so’zlab keyin chiqar taxiri.
Shu ekanda biz sho’rlikning taqdiri,
Siz ayxshisiz men yomonman men yomon.
Har so’zingiz og’usi bor sexri bor,
Yuragimda so’zlaringiz zaxri bor.
Yana kimni sizga mendek mehri bor,
Siz ayxshisiz men yomonman men yomon.
Sho’x edim men devonaga aylandim,
Olov edim parvonaga aylandim.
Yor deysizu begonaga aylandim,
Siz ayxshisiz men yomonman men yomon.
Suv keltirdim ko’za sindirgan aziz,
Yoningizda oqar suvman qadrsiz.
Qo’ying ketay yashayvering meningsiz,
Siz ayxshisiz men yomonman men yomon.

Комментарии

Комментариев нет.