Duom bo'lib mustajo,

Shu tilagim et bajo,
Ming bor qilay iltijo,
OTAMNI ASRA OLLOX,
Yuragida xasrat dog'
G'amlar qiynab qo'ygan gox,
Sendan so'rayman xar chog'
OTAMNI ASRA OLLOX,
Tojdir o'g'il qiziga,
Bugun ajin yuziga,
Quvonch ulab ko'zga,
OTAMNI ASRA OLLOX,
Otam bo'lsa yo'q g'amim,
Bilinmaydi ko'p kamim,
So'ray xar tong xar damim,
OTAMNI ASRA OLLOX,
Bolam diya yashagan,
Oilam diya yashagan,
Do'st yo'q unga o'xshagan,
OTAMNI ASRA OLLOX..!!

Комментарии

Комментариев нет.