19 янв 2013

Bir ayol aeroportda samalyot

uchishini kutardi. Parvozga biroz
vaqt bor edi. Bekor ötirishni
yoqtirmagan ayol dökondan
bitta kitob va pecheniya sotib
oldi. Bösh kursilardan biriga
ötirib kitobini öqiy boshladi.
Kitobni berilib öqir ekan, nogoh
yonidagi kursida ötirgan odam
pecheniyasidan olishga jur'at
qilayotganini sezib qoldi. Ammo
birgina pecheniya uchun
nazokatsizlik qilgisi kelmadi.
Dam- badam u ham soatiga
qarab qöyardi. Kitob öqib
bittadan pecheniya
ög'irlayotgan odamga köz qirini
tashlar ekan, asabiylashmaslikka
urinardi. Pecheniya ög'risi sekin-
sekin pecheniyalarni
olayotganida unga e'tibor
bermaslikka va soat millari
yurishini kuzatib, uning
chiqillashini eshitishga harakat
qilardi. Öziga-özi: "Agar
madaniyatli маданиятли
bölmaganimda shu odamning
közlarini kökartirardim", - derdi.
Har gal pecheniya olaman
deganida, u ham qölini uzatardi.
Оxiri paketda bitta pecheniya
qolgach, "Qani endi nima
qilasan?", - dedi ichidа. Haligi
odam istehzoli kulimsirab, oxirgi
pecheniyani oldi va ikkiga bölib
yarmini ayolga uzatdi. Ayol illat
bilan pecheniyani olarkan "Bu
qanday bezbetlik! Bunchalar
qöpol bölmasa bu odam. Bir og'iz
rahmat ham demadi" - deb
gapirib ketdi öz-öziga. Ayol hech
qachon bunday asabiylashmasdi.
Samolyotning uchish vaqti
yetgach chuqur tin oldi. Yuklarini
olib eshik tomon yurdi.
"Pecheniya ög'risi" ga qayrilib
ham qaramadi. Samalyotga
chiqdi va örniga joylashdi.
"Pecheniya ög'risi"dan
qutilganiga shukr qildi. Bir bora
uning adabini bermaganiga
afsuslandi. "Janob,- deyishi kerak
edi u,- Shukr qiling, sizdek
nazokatsiz emasman, aks holda
yuzingizga tarsaki tushirgan
bölardim. Ammo, siz qilgan ish
rasman ög'rilik sanaladi.
Pecheniya ög'riligi...
Bildingizmi?!" Shularni hayol qilib,
qölini sumkasiga uzatdi. Chala
qolgan kitobini öqimoqchi böldi.
Shu onda kördiki, dökondan
sotib olgan bir paket pecheniyasi
uning sumkasida turardi. Bir
og'iz ham gapirmay, eng oxirgi
pecheniyasini ham u bilan baham
körgan odamdan borib uzr
sörashga endi kech edi. Qöpol va
jur'atli "pecheniya ög'risi" ning
samalyoti allaqachon uchib
ketgandi..... Yoqsa klas bosila. Ulmas.

Комментарии