QALDIRG'OCH HAQIDA RIVOYAT.

Nuh alayhissalom yer yuzini suv bosa boshlaganda o'zi yasagan kemaga har bir jonzotdan bir juftdan olib, yo'lga chiqibdi.Safar chog'ida kalamush kemani teshibdi.
-"Kim bizni halokatdan qutqarsa, tilaganini beraman ", debdi Nuh alayhissalom.
Ilon dumini kema teshigiga tiqib, kulcha bo'lib, yotib olibdi.Talafotsiz safar nihoyasiga yetgach, Huh alayhissalom ilonga:"Tila tilagingni! " debdi".
"Dunyoda kimning qoni eng shirin bo'lsa, menga o'shani rizq qilib berasan, men a
va mening naslim Qiyomatgacha o'sha bilan oziqlanamiz ", debdi ilon.
Nuh alayhissalom qovoqarini chaqirib:
-"Hamma jonzotlarni chaqib ko'rib, kimning qoni eng shirin ekanini aytasan ", debdi.Qovoqari uchib ketibdi.Hamma jonzotni chaqib bo'lib, qaytayotganida unga qaldirg'och uchrabdi :
" Kimning qoni eng shirin ekan? " - deb so'rabdi.
" Odamning qoni eng shirin ekan ", debdi qovoqari.
" Qani tilingni ko'rsatchi? ", debdi qaldirg'och.
Qovoqari tilini ko'rsatganida qaldirg'och uning tilini cho'qib olibdi va qovoqari tilsiz qolibdi.
Nuh alayhissalom topshiriqning natijasini so'raganida nuqul g'o'ng'illar emish - u, qaldirg'ochga qarar emish.
- " Baqaning qoni eng shirin ekan deyapti ", debdi qaldirg'och.
Ilon uning aldaganini bilib, unga otilibdi.Parvoz qilishga ulgurgan qaldirg'ochning dumining o'rtasini yamlashgagina ulguribdi ilon. Ana shunday qilib, qaldirg'ochning dumlari ayri bo'lib qolgan ekan. Ammo shu - shu ilonning rizqi qurbaqa ekan.
Odam zotiga qilgan yaxshiligi uchun insonlar qaldirg'ochni boshlariga ko'taridhibdi, unga in qurishi uchun o'z uykarining shiftidan joy berishibdi.Ilon esa doimo uning inini poylar, alamini olish payida bo'lar ekan. Ammo odamlar qaldirg'och va uning bolalarini ilonga oldirib qo'ymas, ularni qo'riqlar ekanlar.
Qadimdan qaldirg'ochlarni muqaddas qush deyishgan.Shuning bilan bir qatorda qari bobo va momolarimiz ularni bahor ramzi, tinchlik, osoyishtalik ramzi, baxt va to'kin - sochinlik, qut - baraka ramzi deb hisoblaganlar.

QALDIRG'OCH HAQIDA RIVOYAT. - 573084497802

Комментарии