Mag`rur sevgi… Shunaqasi ham bo`larkan dunyoda. Sevasanu, lek oshkor qilishga g`ururing yo`l qo`ymaydi. Ichingda sevging deb kuyib-pishasanu, ammo tashqariga hatto tututnini ham chiqarolmaysan. Eng yaqin sirdoshing ham kimni sevishingni bilolmaydi. Avvallari hatto o`zingdan ham qizg`angan nigohing bugun unga, ha, ha, o`sha insonga qadalgan. Avvallari hech kimga aytilmagan, qalbing tubidagi sirlaringni unga oshkor etging keladi. O`sha inson sening orzuingdagi shahzoda, tushlaring farishtasi, sen bir umr kutgan yor. U bilan baxtli bo`lishga, u bilan hayot yo`lingni bog`lashingga ko`zing yetadi. Lekin yana mag`rurlik qilasan… Sen tushingda ko`rgan, orzu qilgan xayollar ro`yobga chiqa boshladi. Ich- ichingdan quvonasan, dunyoga jar solging keladi: "Sevib qoldim” deya. Ammo yana o`sha qizlik g`ururing halal beradi… U senga nigoh tashlaganida bor badaning titrab ketadi-yu, ammo atrofdagilarga sezdirmaysan. Yuzing hayajondan qizarsa, kun issiqligini bahona qilasan. Sevganing dugonalaring bilan uzoq gaplashib qolsa, yuraging yorligudek bo`ladi. Shu choq uni hammadan, hatto o`zingdan ham rashk qilib, qizg`anib ketasan. Lekin uni yoniga borib: "Sizni sevaman” deyolmaysan. Seningcha, bu gapni aytsang, o`sha on g`ururing o`ladi, qat`iyating sinadi… Kutilmaganda u yoningga kelib seni sevishini aytadi. Quvonching ichingga sig`may turibdi- ku, lekin yana mag`rurlik qilib, uning sevgisini sinovdan o`tkazasan. Bunchalar beshafqatsan-a? "Sevdim” deb ko`zlaringga termulib turgan sevgilingga rahming ham kelmaydi-ya?! U hatto sen bilan hayot yo`lini birlashtirmoqchiligini aytdi. Axir bu sening umrbod Ollohdan tilagan baxting-ku! Yo`q, shunda ham mag`rursan… Eh, yurak! Buncha mag`rur bo`lmasang. Nahot, sen sevgan yor biro g`iz "sevdim” degan so`zingga arzimasa? Shunchalar mag`rursanki, o`z his- tuyg`ularingni oshkora aytolmaysan… Biroq…Biroq muhabbat shunday kuch ekan- ki… Hatto mag`rurlik ham uning oldida tiz cho`kar ekan. Chin sevgi mag`rurlikni yengadi… Bir kun kelib mag`rur sevgi oshkor bo`ladi…
Armon shahri
:N M
Mag'rur sevgi
Mag`rur sevgi…
Shunaqasi ham
bo`larkan dunyoda.
Sevasanu, lek oshkor
qilishga g`ururing
yo`l qo`ymaydi.
Ichingda sevging deb
kuyib-pishasanu,
ammo tashqariga
hatto tututnini ham
chiqarolmaysan. Eng
yaqin sirdoshing ham
kimni sevishingni
bilolmaydi. Avvallari
hatto o`zingdan ham
qizg`angan nigohing
bugun unga, ha, ha,
o`sha insonga
qadalgan. Avvallari
hech kimga
aytilmagan, qalbing
tubidagi sirlaringni
unga oshkor etging
keladi. O`sha inson
sening orzuingdagi
shahzoda, tushlaring
farishtasi, sen bir umr
kutgan yor. U bilan
baxtli bo`lishga, u
bilan hayot yo`lingni
bog`lashingga
ko`zing yetadi. Lekin
yana mag`rurlik
qilasan… Sen
tushingda ko`rgan,
orzu qilgan xayollar
ro`yobga chiqa
boshladi. Ich-
ichingdan quvonasan,
dunyoga jar solging
keladi: "Sevib
qoldim” deya. Ammo
yana o`sha qizlik
g`ururing halal
beradi… U senga
nigoh tashlaganida
bor badaning titrab
ketadi-yu, ammo
atrofdagilarga
sezdirmaysan. Yuzing
hayajondan qizarsa,
kun issiqligini bahona
qilasan. Sevganing
dugonalaring bilan
uzoq gaplashib qolsa,
yuraging yorligudek
bo`ladi. Shu choq uni
hammadan, hatto
o`zingdan ham rashk
qilib, qizg`anib
ketasan. Lekin uni
yoniga borib: "Sizni
sevaman”
deyolmaysan.
Seningcha, bu gapni
aytsang, o`sha on
g`ururing o`ladi,
qat`iyating sinadi…
Kutilmaganda u
yoningga kelib seni
sevishini aytadi.
Quvonching ichingga
sig`may turibdi- ku,
lekin yana mag`rurlik
qilib, uning sevgisini
sinovdan o`tkazasan.
Bunchalar
beshafqatsan-a?
"Sevdim” deb
ko`zlaringga termulib
turgan sevgilingga
rahming ham
kelmaydi-ya?! U
hatto sen bilan hayot
yo`lini
birlashtirmoqchiligini
aytdi. Axir bu sening
umrbod Ollohdan
tilagan baxting-ku!
Yo`q, shunda ham
mag`rursan… Eh,
yurak! Buncha
mag`rur bo`lmasang.
Nahot, sen sevgan
yor biro g`iz "sevdim”
degan so`zingga
arzimasa?
Shunchalar
mag`rursanki, o`z
his- tuyg`ularingni
oshkora
aytolmaysan…
Biroq…Biroq
muhabbat shunday
kuch ekan- ki… Hatto
mag`rurlik ham uning
oldida tiz cho`kar
ekan. Chin sevgi
mag`rurlikni
yengadi… Bir kun
kelib mag`rur sevgi
oshkor bo`ladi…