Azonning paydo bo’lishi

AZONNING PAYDO BO'LISHI
Musulmonlar yaratganning
ulug‘ligini eslab,
buyruqlarini ado
etib, qaytargan ishlaridan
o‘zlarini tiyishlari uchun
namoz
farz qilindi. Ankabut
surasining
45-oyatida bejiz: "Namoz
gunohdan, yomon
ishlardan
qaytaradi", deyilmagan.
Musulmonlar o‘rtasida
do‘stlik
aloqalari
mustahkamlanishi,
dunyoviy va uxroviy
ishlar
haqida maslahatlashib
turishlari
uchun jamoat namozlari
eng
afzal namoz hisoblanadi.
Namoz
vaqti bo‘lganda g‘ofillarni
uyg‘otadigan,
beparvolarni
hushyor torttiradigan,
odamlarni
yig‘ilishga undaydigan
biron
vosita kerak edi. Ba'zilar
odamlar
ko‘rib kelishlari uchun
namoz
vaqtida bayroq
ko‘taraylik,
deyishdi, lekin bunday
usul
uyqudagilarni
uyg‘otolmasligi,
g‘ofillarni sergak
torttirolmasligi
uchun bu fikrga
qo‘shilishmadi.
Ayrimlarning baland
tepalik
ustida gulxan yoqish
fikrini
rasululloh yahudiylarga
taqlid
deb rad etdilar.
Nasroniylar
singari zang chalib
ibodatga
chorlash fikri ham
ko‘pchilikka
o‘tirishmadi. Alaloqibat
azon
aytib, namozga chorlash
usuli
ma'qul topildi.
Shu kunlarda Abdulloh ibn
Zayid
Ansoriyning tushida bir
kishi:
"Namozga chaqiruvchi
azonni
senga o‘rgatib qo‘yaymi?"
deb
so‘radi. Abdulloh bajonu
dil rozi
bo‘ldi. Notanish kishi: "Ikki
marta
Allohu Akbar (Olloh
hammadan
ulug‘dir), ikki marta
Ashhadu al-la
ilaha illalloh (Bir Ollohdan
boshqa
hech qanday iloh
yo‘qligiga
guvohlik beraman), ikki
marta
Ashhadu anna
Muhammadan
rasululloh (Muhammad
Allohning
elchisi ekaniga guvohlik
beraman), ikki marta
Hayya alas-
solah (Tezroq namozga
kelinglar),
ikki marta Hayya alal-
falah (Najot
topishga shoshilinglar),
ikki
marta Allohu Akbarni
aytib, bir
marta La ilaha illalloh
deyiladi,
deb o‘rgatdi. Abdulloh
ko‘rgan
tushini rasulullohga
aytgan edi, u
kishi: "Juda yaxshi tush
ko‘ribsan. Bu narsani
Bilolga
o‘rgat, uning ovozi
senikidan
jarangliroq. Azonni u
aytgani
yaxshi", dedilar. Xuddi
shunday
tushni Umar ham ko‘rgan
ekan.
Payg‘ambar alayhis-
salomning
muazzinlaridan biri Bilol,
ikkinchisi Abdulloh ibn
Ummu
Maktum edi. Hazrati Bilol
bomdod
namozining azonida
"Hayyal alal
falah" dan keyin ikki
marta
"Assolatu xoyrun min an-
navm" (Namoz uyqudan
yaxshiroq) degan gapni
qo‘shib
aytdi. Rasululloh bu gapni
ma'qullab e'tirof etdilar.
Sarvari
olam ramazon oyining
sahar
paytlari ikki marta Azon
aytishni
buyurganlar. Birinchisi,
saharlikka uxlab
qolganlarni
uyg‘otish uchun, ikkinchisi
bomdod namoziga
chaqirish
uchun aytilardi. Rasululloh,
Abu
Bakr hamda Umar xalifa
bo‘lgan
davrlarda Jum'a namozida
imom
minbarga chiqqanda
birinchi
azon aytilardi. Usmonning
davriga kelib odam behad
ko‘payib ketgach, Zavroda
azon
ikkinchi marta
qo‘shilganini
imom Buxoriy rivoyat
qiladi.
Hishom ibn Abdumalik
taxtga
chiqqanda Usmon Zavroda
qo‘shgan azonni minorada,
keyinchalik masjidning
ichida,
xatib minbarga
ko‘tarilganda
aytiladigan qildi. Masjidda
xatibning oldida aytilgan
azon
Hishom ibn Abdumalik
paydo
qilgan bid'atdir. Azondan
maqsad namozga
chorlash,
masjid ichidagi kishilarni
ibodatga chaqirishning
hojati
yo‘q. Qolaversa, ichkarida
aytilgan azonni
tashqaridagilar
eshitmaydi. Shayx
Muhammad
ibn Hoj "Madhal" nomli
kitobida
bu xususida bahs yuritadi.
Hofiz "Fathul Boriy" nomli
asarida yozilishicha, Jum'a
namozidan avval ba'zi
joylarda
duo-durud o‘qiladi, ba'zi
joylarda
yo‘q. Bu masalada salaf
solihlarga - Islomning
avvalidagi
ulamolarga ergashish
kerak,
deydi. Tarixdan ma'lumki,
muazzin minorada azon
aytayotgan paytda
rasululloh
minbarda o‘tirganlar,
xutbani
o‘qigach, namozni
boshlaganlar.
Bundan boshqa xatti-
harakat
keyin paydo qilingan
bad'atdir.
Iqomat aytish masjid
ichida
namozga da'vatdir.
Iqomatning
iboralari har xil bo‘lgani
uchun
mazhab imomlari o‘rtasida
ixtilof
bor. Muhammad ibn Idris
Shofeiy* mazhabida "Qod
qomati salot" (Namoz
hozir
bo‘ldi) iborasi takror,
holganlari
bir martadan aytiladi.
Imom
Molik ibn Anas*
mazhabida
hammasi bir martadan,
Abu
Hanifa Nu'mon*
mazhabida esa
hammasi ikki martadan
aytiladi.
*Imom Muhammad ibn
Idris
Shofeiy islomda arbaa
deyiladigan to‘rt
mazhabdan
uchinchisinshi asoschisidir.
Shofeiy mazhabi Misr, Iroq,
Suriya, Hijoz, Yaman,
qisman
Afina, Hindiston,
Xurosonga
tarqalgan.
*Imom Molik ibi Anas
Molikiy
mazhabining asoschisi. Bu
mazhab Madina, Hijoz,
Basra, Misr,
Marokash, Sudan,
Nishopur,
Yamanda tarqalgan.
*Abu Hanifa Nu'mon
kufalik
bo‘lib, imom Azam nomi
bilan
mashhur. U kiish to‘rt
mazhabdan birinchisi -
hanafiya
mazhaoining asoschisi.
Imom
A'zam hijriy 80 (melodiy
699) yili
tug'ilib, hijratning 150-yili
Bag'dodda vafot etgan.
Hanafiya
mazhabi boshqalarga
qaraganda
keng tarqalgan. Iroq, Misr,
Turkiya, Pokiston,
Hindiston,
O'rta Osiyo, Xitoydagi
musulmonlar shu
mazhabdanyoir.
To‘rtinchisi Hanbaliy
mazhabi
bo‘lib, asoschisi imom
Ahmad ibi
Hanbaldir. U hijriyning 164
(melodiy 780) yili
Bag'dodda
tug'ilib, 241 (melodiy
855) yili
vafot etgan. Hnibaliy
mazhabi
asosan Iroq, Suriya, Misrga
keng
yoyilgan.

Комментарии

Комментариев нет.