Namozdan so`ng tasbih o`girilayotganda 33 marta «Subhonalloh», «Alhamdulilloh», «Allohu akbar» deyiladi.

Bunda ushbu so`zlarni aynan 33 marta aytilishining siri nimada?»
– Imom Muslim Abu Ҳurayradan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: "Kimki har namozdan so`ng 33 marta «Subhonalloh», 33 marta «Alhamdulilloh», 33 marta «Allohu akbar» desa, bular 99 ta bo`lib, ularni «Lo iloha illallohu vahdahu lo sharika lahu... (oxirigacha)»ni aytish bilan 100 martaga etkazsa, uning gunohlari dengizning ko`pigicha ko`p bo`lsa ham, Alloh ularni mag`firat qiladi». Yana bir hadisda sahobalardan ba`zi kambag`allari Rasululoh (s.a.v.) oldilariga kelib: "Bizlardan badavlatlarimiz tuya, mol, qo`ylarni Alloh yo`liga qurbonlik qilib katta-katta savoblarning egasi bo`lyaptilar. Bizlarda unday mol-dunyo bo`lmasa, qanday qilib ular qilgan savobni qila olamiz?” – deb arz qilishadi. Shunda Payg`ambarimiz (s.a.v.): "Sizlar har namozdan so`ng 33 marta «Subhonalloh», 33 marta «Alhamdulilloh», 33 marta «Allohu akbar» desangiz, bular 99 ta bo`lib, ularni «Lo iloha illallohu vahdahu lo sharika lahu... (oxirigacha)»ni aytish bilan 100 martaga etkazsangiz, Alloh yo`lida jonliq so`yib, qurbonlik qilganning savobini topasizlar», – deganlar. Demak, bizlar raqamga emas, balki Rasululloh so`zlariga e`tibor berishimiz lozim.

Комментарии

  • 3 апр 2018 11:51
    Salom men bo'sh vaqtimda tasbeh aytsam buladimi
  • 31 мая 2018 15:26
    Ло илоха иллолоху вандохуни охиригача деган тушунмадим
  • 18 дек 2018 23:09
    Ла илохо иллоллоху вахдоху Ла шарийка лах лохул мулку лохул хамду вам хува ало шайин кодиир. ни кискартириб охиригача укилади деймлаяпти
  • 24 мар 2019 02:34
  • 28 мар 2019 06:06
    99 marta ni aytib bo'lgandan keyin, 100- siga shu kalimani aytishingiz kerak
  • 31 мая 2019 10:15
  • 13 июл 2019 18:42
    100 aytish da shu kalima bir marotaba aytiladi, shunda umumiy 100 ta bo'ladi
  • 7 авг 2019 19:34
    kalimani oxirgacha aytish kerakmi ? tasbeh ni namozdan so'ngkboshlash kerakmi ?
  • 10 дек 2019 19:32
    Ла илохо иллоллоху вахдоху Ла шарийка лах лохул мулку лохул хамду вам хува ало шайин кодиир
  • 29 янв 2020 20:14
    albatta
  • 4 мар 2020 05:59
    Assalamu aleykum va raxmatulloxi va barakatux ollo kuningizni hayrli va barokotli qilsin azizlar
  • Комментарий удалён.
  • 18 мар 2020 13:32
    La ilaha illallohu vahdahu la sharika lah, lahul mulku va lahul hamd. Va huva 'ala kulli shayin qodir.

    Men shu yerdan buni o'rganyotkandim, kegin tekshirib korsam xato ekan. Shuning uchun menga o'xshab xato yodlamasliklaring uchun buni qoshdim. Uzur.
  • 1 апр 2020 16:43
    Тасбех бошлашдан олдин хам дуо бор эди билганлар ёзворилар
  • 30 апр 2020 04:43
    Allohumma antas-salam va minkas-salam. Tabarokta ya zaljalali val ikrom.
    Mazmuni:
    Ey Allohim, Sen barcha ayb-nuqsonlardan poksan. Barcha salomatlik va rahmat Sendandir. Ey azamat va qudrat egasi bo'lgan Allohim, Sening shoning ulug'dir.
    Umuman, har vaqt namozni tugatgandan so'ng Oyatal kursi o'qilsa, tasbehot qilinsa, savobi ulug' bo'ladi.

    OYATAL KURSI

    A'uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym.
    Allohu la ilaha illa huval hayyul qoyyum. La taxuzuhu sinatuv-va la navm. Lahu ma fis-samavati va ma fil arz. Manzallaziy yashfa'u 'indahu illa biiznih. Ya'lamu ma bayna aydihim va ma xolfahum va la yuxituna bi shayim-min 'ilmihi illa bima sha'a. Vasi'a kursiyyuhus-samavati val arz. Va la ya'uduhu hifzuhuma va huval 'alliyyul 'aziym.
    Mazmuni:
    Alloh — Undan o'zga iloh yo'qdir. (U hamisha) tirik va abadiy turuvchidir. Uni na mudroq tutar va na uyqu. Osmonlar va Yerdagi (barcha) narsalar Unikidir. Uning huzurida hech kim (hech kimni) Uning ruxsatisiz shafoat qilmas. (U) ular (odamlar)dan oldingi (bo'lgan) va keyingi (bo'ladigan) narsani bilur. (Odamlar) Uning ilmidan faqat (U) istagancha o'zlashtirurlar. Uning Kursiysi osmonlar va Yerdan (ham) kengdir. U ikkisining hifzi (tutib turishi) Uni toliqtirmas. U oliy va buyukdir.

    TASBEH

    Subhanalloh
    (33 marta)
    Alhamdulillah
    (33 marta)
    Allohu akbar
    (33 marta)

    KALIMAI TAVHID

    La ilaha illallohu vahdahu la sharika lah, lahul mulku va lahul hamd. Va huva 'ala kulli shayin qodir.
    Mazmuni:
    Allohdan o'zga iloh yo'q. U yagonadir, sherigi yo'q, butun mulk Unikidir. Hamd-maqtov Unga xosdir. Va U har narsaga qodir zotdir.
  • 23 июл 2020 11:22
    Assalom alekum kim Nurnoma oqigan buniyam sovobi bor har dushanbi juma oqisa dip eshitganman oqiganla bomi?
  • 1 окт 2020 07:07
    Assalom alekum Tavba qilish uchun qaysi duoni yoki surani aytish kerak bilganlar yozib yubornglar
  • 16 дек 2020 08:49
    tasbehni ohirida etiladi
  • 26 фев 2022 11:36
    Subhanalloh Dan keyin bir söz aytilishi kere shuni aytvorilar iltmos
  • 1 ноя 2022 22:49
    Bush vaqtimda uzim namoz uqimagan paytdaham qasbehdan shu kalimalar bilan uqisam buladimi
  • 25 ноя 2022 16:47
    Assalom tasbeh aytishda yani SUBHONALLOH, ALHAMDDULILLOH va ALLOHU AKBAR aytayotganda orasida yana nimadur deydi eshitganman lekin tapolmaypman yozib yuboring iltimos
  • 29 ноя 2022 06:58
    Nabarot xato bu
  • 31 мая 2023 03:05
    Ma'shaAllah
  • 24 сен 2023 19:46
  • 26 ноя 2023 19:54
    Aytmasak ham boladimi
  • 20 янв 2024 20:36
    Namoz oʻqmadigan inson ham tasbeh aytib yuriwi lozim
    Uxlashdan avval aytiw joiz
  • 15 мар 03:20
    Shu soʻzlar oldidan etiladigan duosi qanaqa edi