"OSCAR" Mukofoti Haqida Siz Bilgan va Bilmagan Qiziqarli Ma'lumotlar ...

( 1 - Q I S M )
("Qiziqarli Faktlar" turkumiga qo'shimcha Kun mavzusi !)
1) Dunyoga mashhur "Oscar" mukofoti qanday ko'rinishda ekanligini hamma bilsa kerak ?! Mana shu haykalcha qariyb 3 kilogramm vaznga ega , uning balandligi esa 34 santimetrni tashkil etadi. Bu yilgi 88-"Oscar" mukofoti uchun esa haykalchaning ko'rinishiga biroz o'zgartirish kiritildi : hajmi kichraytirildi , hamda 1929-yilda "Metro Golden Mayer" kompaniyasi rohbari SEDRIK GIBBONS asos solgan "Oscar"ga ko'proq o'xshaydi. 30 yil foydalanib kelingan haykalchani endi yangi kompaniya ishlab chiqarmoqda...
2) "Oscar"ning har bir haykalchasi Mis , Nikel , Kumushdan yasalib , oxirida 24 KARATT Tilla bilan bezak beriladi.
Ulug' Vatan Urushi yillarida esa Metal tanqisligi paytlarida esa oddiy Ganchdan yasalgan...
3) "Dolby" saroyiga kiraverishda qizil gilam to'shaladi , har bir kechaning an'anasi bu mashhurlar uchun "Qizil Yo'lakcha"dir. Manashu "Qizil Yo'lakcha"ning uzunligi 152 metr , eniga 10 metr.
"Qizil Yo'lakcha" fotosessiyasi uchun har qadamga suratkashlar kelib joylashadilar. 100 dan suratchilar , 300 dan ortiq muxbirlar , yana shuncha ovoz yozish operatorlari , hamda yana shuncha suratga oluvchilar va 200 dan ortiq muxbirlar har bir Yulduzlar bilan uchrashilgan bu onni behuda ketgazmaslikka harakat qilishadi.
4) Hali 100 yilni ko'rmagan "Oscar" mukofotini 3 marta bekor qilishgan :
• 1938-yilda Los-Anjelos suv toshqinidan katta zara ko'rganida.
• 1968-yil Martin Lyuter Kingni o'ldirib ketishganida ,
• 1981-yil AQSH prezidenti Ronald Reyganga uyushtirilgan suiqasddan keyin...
5) "OSCAR" Mukofotini Eng Ko'p Qo'lga kiritgan Inson bu - UOLT DISNEY.
UOLT 26 TA "OSCAR" mukofotining sohibi va bu Rekordni hech kim hech qachon yangilay olmaydi !
6) Kino dunyosida 3 ta FILM 11 Tadan "OSCAR" Mukofotining Sohibidir.
Bu filmlar : "BEN GUR" (1959) "TITANIK" (1997) , "UZUKLAR HUKMDORI : QIROLNING QAYTISHI" (2003).
"UZUKLAR HUKMDORI : QIROLNING QAYTISHI" 2004-yilda 11 ta nominatsiyasining hammasi uchun "OSCAR" bilan taqdirlangan. Kino tarixida birinchi marta faqat shu film hamma nominatsiyalar uchun taqdirlangan.
7) Eng ko'p nominatsiyalar bo'yicha davogarlik qilgan Filmlarning Rekordlari
"HAMMASI YEVA HAQIDA" (1951) va "TITANIK" (1997) tomonidan yozilgan. Bu filmlar 14 ta Nominatsiya bo'yicha "Oscar" uchun kurashgan.
8) Nominatsiyalar Komplekti : Eng yaxshi Film , Eng Yaxshi Aktyor , Eng Yaxshi Aktrisa , Eng Yaxshi Senariy , Eng Yaxshi Rejissiyor laureyati sifatida taqdirlangan insonlar -
"Bu bir kuni Tunda sodir bo'lgan edi..." (1934)
"Kakku ini ustidan Uchib o'tib..." (1975)
"Sukut alomati Rizo" (1991) filmlarining ijodkorlaridir.
9) 1929-yil Uilyam Uilmenning "QANOTLAR" filmi ,
2012-yil "Qo'shiqchi" filmlari "OSCAR" mukofotini "ENG YAXSHI FILM" sifatida qo'lga kiritdi. Qizig'i shundaki bu filmlar So'zsiz va ovozsiz edi...
10) "Titanik" , "Avatar" , "Rokki" , "Skarlet" , "Shamollarda Qolgan Hislarim" va minglab filmlari bilan sizlarga tanish Rejissiyor JEYMS KEMERONning filmlari uning o'zidan 100 marta ko'proq "OSCAR" bilan taqdirlangan...

"OSCAR" Mukofoti Haqida Siz Bilgan va Bilmagan Qiziqarli Ma'lumotlar ... - 815997742039
"OSCAR" Mukofoti Haqida Siz Bilgan va Bilmagan Qiziqarli Ma'lumotlar ... - 815997746391
"OSCAR" Mukofoti Haqida Siz Bilgan va Bilmagan Qiziqarli Ma'lumotlar ... - 815997749719
"OSCAR" Mukofoti Haqida Siz Bilgan va Bilmagan Qiziqarli Ma'lumotlar ... - 815997753815
"OSCAR" Mukofoti Haqida Siz Bilgan va Bilmagan Qiziqarli Ma'lumotlar ... - 815997756887
"OSCAR" Mukofoti Haqida Siz Bilgan va Bilmagan Qiziqarli Ma'lumotlar ... - 815997760215
"OSCAR" Mukofoti Haqida Siz Bilgan va Bilmagan Qiziqarli Ma'lumotlar ... - 815997764311
"OSCAR" Mukofoti Haqida Siz Bilgan va Bilmagan Qiziqarli Ma'lumotlar ... - 815997765847
"OSCAR" Mukofoti Haqida Siz Bilgan va Bilmagan Qiziqarli Ma'lumotlar ... - 815997769431

Комментарии

  • 29 фев 2016 12:45
    Jeyms Kemeronning Avatar va Titanik filmlari haqiqatdan zo'r olingan. Ayniqsa Avatarga gap yuq. Har tomonlama orginal yondashuv bugan. Film g'oyasida ham ancha qadrli tuyg'ular yaxshi aks etgan. Xalqqa va uning qadriyatlariga hurmat,mehr,muhabbat, tabiatga mehr,qondoshlik, qahramonlikni yaxshi ochib bergan. Umumiy barcha detallar ham ishonchli va original. Yaqin Kelajakda rostanam shunday texnologiyalar yaratiladi. Uje yaratiliyaptiyam. Bilishimcha usimliklar,hayvonlar ham yerdagilariga asoslanib yaratilgan. Shunday ekan fantastik kino bulsa ham hech qanday uta g'alati narsalardan foydalanilmay,ilmiy,texnikaviy, biologik asoslanib olingan film. Jeyms Kemerondan yana Oskarli kinola kutib qolamiz.
  • 29 фев 2016 17:10
    Aytish kerakki bu ikki film , ayniqsa Avatar manga juda yoqadi va yangi qismlarini intiqlik bilan kutmoqdaman.
    2017 ga o'lmay yetsak xudod xohlasa Avatar 2 ni ko'ramiz :-)
  • 29 фев 2016 17:11
    J.Kemeronning hamma filmlariyam zo'r , u doim hamma narsaga biroz boshqacharoq lekin hayotiy yondashadi.
  • 29 фев 2016 17:30
    Ha yaxshi yangilik aytdiz. Avatar2ni kutamiz unda. Ha tug'ri Jeyms Kemeron serqirra  rejissor har qanday janrda ham muvaqqiyat qozonoladi va filmlariga borini tikadigan va uni yuz baravar qilib qaytarivoladigan uz ishining ustasi hamdir.
  • 29 фев 2016 18:06
    Unda yana bir yangilik : Avatar 3 ham suratga olinadi :-).
  • 29 фев 2016 18:25
    :-)ZO'RU. Katta mablag' k.k busa k.k. Chunki Avatar1ga ancha gina sarflangan. Nima bulganda ham davomini yaxshi olishiga ishonaman.
  • 29 фев 2016 23:52
    Haa filmga qariyb 250 Million mablag' sarflangan , filmning birgina AQSHda to'plagan puli esa 3 MILLIARDga yaqin. Bu "Titanik" va "Uzuklar Humkdori"ning rekordlarini yo'q qilgan birinchi va hozircha oxirgi film.
  • 29 фев 2016 23:55
    Davomi hozirdanoq manga yoqyapti , chunki doktor Greys qaytadi. Bilmadim , qanday , lekin u Tirik.

    Sem Uorton hozir boshqa filmda suratga tushgani yo'q , shuning uchun yaqinda suratga olish ishlari boshlanishi ham mumkin. Sem "JEK SALLI"ni o'ynaydigan aktyor.

    Sigurni Uiver xonim "Doktor Greys"ni Eyva qutqaradi deyapti , manimcha Jekni tanasini Avatarga ko'chirgandek , Greys ham doimiy avatari tanasida yashaydi.
  • 1 мар 2016 05:41
    :-) katta raxmat ma'lumotla u.n. Ha Greys agar tirik qolsa Eyva daraxti qutqargan buladi. U bunga arziydi. Axir yerliklardan Pandorraning ilk do'sti h.di. Rejissor davomini qanday fantaziyalar uylab toparkan bu qiziq. Chunki odatda filmning 1-si qiziqarli va qadrli b.b qoladi. Yanada qiziqarli davom ettirish qiyin masala. Ammo Gollivud eplaydi.
  • 1 мар 2016 07:26
    Arzimaydi :-). Haa Greys kinodagi mani eng sevimli qahramonim . Pandorada 1-maktabniyam u ochgan agar adashmasam.
  • 1 мар 2016 07:30
    Jeyms Kemeron "Avatar 2" uchun mavzularni 1-qismdan beri yig'aman degan edi. Manimcha uning g'oyalari ko'p bo'lgan - bitta kinoga sig'magan :-)
    Demak 2 - yam qiziqarli. Yana Pandoraning suv osti saltanati sizlarga ochiladigan yangi sirlardan biri degandi. Buni to'g'risi tushunmadim.

    2-qism haqida bilganlarim  Jek Salli Navilarni boshqaradi , Neytri bilan uning munosobatlariga alohida urg'u beriladi . Pandora okeanlari haqidagi hazilni tushunmadim to'g'risi
  • 26 апр 2018 11:18
    Shamollarda qolgan hislarim bowqa rejissori kinosiku