Комментарии
- 25 июл 2017 21:07ДЕПОРТ ЗАПРЕТНИ ТЕКШИРМОКЧИМИСИЗ УНДА ПАСТДАГИ СЫЛКАГА БОСИНГ ВА ГУРУХИМИЗГА КУШИЛИНГ УЕРДАН ХАММА НАРСАНИ БИЛИБ ОЛАСИЗ
https://ok.ru/group/55419047706654 - 8 ноя 2017 15:22Факат шолгом безни йукотади,
усимтани куритади - 6 апр 2018 13:48Assalom menda soch tukilishi muommosi nima maslaxat birolas
- 24 авг 2020 15:58Куйганга енг зор дори бу гоз ёги тез ва самарали таржибада енг самарали фойда бергани шу терини олдинги холга кайтаради
- 24 авг 2020 15:58От пуфаги да сал озгариш бор
- 22 фев 2021 12:37Ушбу канал ўз баҳтини топа олмаётган ёки топиш учун жиддий истакда бўлганларни бир-бирлари билан таништириш, келгусида баҳтли оила бўлишлари учун хизмат қилади.
Гуруҳга қўшилинг ва кузатиб боринг.
@Tanishuv_nikoh_oila
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
" ТАБОБАТ ОЛАМИ " (ибн сино талимоти)
Yalpizning qanday foydali
xususiyatlari bor?
Diyorimizda yalpizning ko'pgina
turlari uchraydi: "qora yalpiz",
"Osiyo yalpizi", "qalampir
yalpiz", "suv yalpizi"…Yalpiz
tabiiy holda sernam joylarda,
o'tloq, ariq, chashma, jilg'a, zovur
yoqalarida o'sadi. U xosiyatli
giyoh sifatida oshko'k, ziravor,
bahoriy taomlar masallig'igina
bo'lib qolmay, qadim-qadimdan
dorivor malham ham
hisoblanadi…
Yalpizdan xalq tabobati
amaliyotida keng ko'lamda
foydalanib kelingan. Xalq
tabobati amaliyotida yalpizning
yer ustki kismidan tayyorlangan
qaynatmasidan tish og'rig'i, og'iz
karashi, milk
yallig'lanishinidavolashda
foydalanilgan. Yalpiz
qaynatmasiga qand qo'shib
tayyorlangan qiyom kuyonchiq
va tutqanoqda, shirasi esa
migren va sariq kasalligida
foydali. Undan olingan sharbat
qo'tirni davolashda xam ijobiy
natija beradi.
Abu Ali ibn Sino yalpiz bilan ichak
og'riklarini davolagan.
Uni ovqatni yaxshi hazm
kildiruvchi vosita sifatida tavsiya
etgan. Yalpizdan ko'krakni
yumshatib, balg'am ko'chiruvchi
xamda nafas yo'llari kasalliklarini
bartaraf etuvchivosita sifatida
xam foydalaniladi. Xalq tabobati
bilimdoni A.Popov
ma'lumotlariga qaraganda,
qalampir yalpizning asab
kasalliklarida (ipoxondriya, vas-
vas, asab tug'yoni) oshqozon-
ichak yo'li faoliyatini
yaxshilovchi, tinka qurishi,
holsizlanishda, vabo va bod
kasalligida organizmni
mustahkamlovchi ta'siri bor.
Safro haydash xususiyatiga xam
ega. Yalpiz bavosil, shirincha,
raxit kasalliklarida foyda
beruvchi tabiiy beozor vositadir.
Xalk tabobatida me'da-ichak yo'li
tirishishida (spazma), bemavrid
ich ketishida, qabziyatda, me'da
nordonligi oshganida, sariq
kasalligida, o't pufagida tosh
bo'lganida, bavosilda, ayollarda
hayz maromining buzilishida,
o'pkadan ko'plab qon ketishida
yalpizli damlamalar tavsiya
etiladi. Damlamasi bilan ogiz
bo'shlig'i, milklar yallig'langanida
g'arg'ara qilinadi, teri chidab
bo'lmas qichiganida yuviladi.
Asabiylashganda, 1 litr suvda 50
gr. miqdorida yalpiz qaynatilib,
vanna suviga qo'shib
foydalanish ham naf beradi.
Bosh og'risa yoxud
zararkunanda hasharotlar
chiqqan bo'lsa, aziyatlangan
joylarga yalpiz bosiladi.
Zamonaviy
tibbiyot
amaliyotida
yalpizli
dori-
darmonlar
salmoqli
ulushga
ega.
Chunonchi,
yalpizdan
olinadigan
efir moylari sanoat
miqyosida validol, karvalol,
olemetin, enatin, anestezol,
bormentol, pektussin, mentolli
qalam, Zelenin tomchilari,
Traskovning antiastmatik
eritmasi kabi dorilar tarkibiga
kiritilgan.
Yalpiz tarkibida efir moylari
(sentol, menton, pinen,
flanderon, tseniol, jasmin),
organik achillar, flavonoidlar,
ramnoza, glyukoza, rutin, karotin,
C vitamini, mineral tuzlar va yana
bir qator moddalar mavjud.
Yalpiz moyi yuqori darajali
antibakterial faoliyati
(mikroblarga qiron keltirishi)
bilan ham ajralib turadi.
Ayni bahor pallasida yalpiz
ko'katlari boshqa bahoriy
shifobaxsh giyohlar bo'lmish
jag'-jag', momaqaymoq
(oduvanchik), semizo't,ismaloq,
kar'afs, machin, qo'zikuloq,
krafsh, qushqaroq (yo'ng'ichka),
barra piyoz kabilar bilan turfa
ko'rinishdagi lazzatli taomlar
tayyorlab, iste'mol kilinishi
salomatlikni saqlashda katta
ahamiyat kasb etadi. Bu borada
ko'katli chuchvara, somsa,
bichak, qaylaning xosiyatlarini
sanab adog'iga yetish kiyin. Ular
nafakat xushxo'rligi bilan, balki
tana a'zolariga quvvat
bag'ishlashi, xastalikdan bosh
ko'targan kishilarga
darmonbaxsh ta'sir ko'rsatishi,
organizmni yig'ilib qolgan
daxmaza (bollast) moddalardan
tozalashi, ichak yo'lining ravon
bo'lishini ta'minlashi bilan o'ziga
xos ahamiyatga ega.
Shuningdek, yuqumli
xastaliklarga nisbatan qarshilik
ko'rsatadigan immun
tizimini mustaqkamlanishiga
ham yordam beradi.