Ishq yo'lida ko'z yoshlar to'kib,

Sog'inganda hatto tiz cho'kib,
Yo'qotishdan doimo cho'chib,
Muhabbatdan azob chekkanlar.
Qarshi oldi faqat ofatni,
Unutdilar ko'nish toqatni,
Orzu qilib faqat rohatni,
Muhabbatdan azob chekkanlar.
Yo'q gunohni bo'yniga olib,
Sevgisiga ishonch yo'qolib,
Hammasini hudoga solib,
Muhabbatdan azob chekkanlar.
Sinovlardan beshavqat o'tib,
Dard alamni qalbiga yutib,
Yo'q sevgini bir umr kutib,
Muhabbatdan azob chekkanlar.

Комментарии

Комментариев нет.