Hayvonlar haqida ibratli hikoyalar.

Odobni kimdan o'rganish kerak? To'qayda o'ta yirtqich bir sher maskan quribdi. Bo'ri bilan tulki erta-yu kech uning xizmatida ekanlar. Kunlar-dan bir kuni sher bir jonivorni o'ldirib, bo'riga:
— Qani buni o'rtada taqsimla!
— deb buyuribdi. Bo'ri o'ljani uch qismga bo'lib, bir qismini sherning, ikkinchisini tulkining oldiga qo'yibdi; uchinchisini esa o'ziga olibdi. Bundan sherning fig'oni chiqib, o'z ulushini ham bo'rining oldiga otibdi. Bo'ri qo'rqqanidan dir-dir titrab, nima qilarini bilmay qolibdi. Sher tulkiga:
— O'ljani sen boshqatdan taqsim qil!
— deb buyurib­di. Tulki o'ylab ham o'tirmay, har uchala bo'lakni olib sherning oldiga qo'ydi. Sher tulkining farosati va odobiga qoyil qolib:
— Sen bunaqa odobni kimdan o'rgangansan?
— deb so'radi.
— Sher bilan bo'ridan,
— deb javob qildi tulki.
MAQTANCHOQNING QISMATI
Bir kuni arining ko'zi zo'r mashaqqat bilan iniga don sudrab borayotgan chumoliga tushdi. Tamagirligi tutib, unga dedi:
— Ey chumoli! O'zingni buncha azobga qo'yib nima qilasan? Mening hayotim, yemish- ichmishimga qarab ish tutsang bo'lmaydimi? Podsholar dasturxonidagi biror taom mensiz yeyilmaydi. Shamolni minib uchaman, istagan yerga qo'naman, nishimni yovning jigariga sanchaman. Xullas, nimani ko'nglim tilasa, shuni yeyman. So'ng parvoz qildi va to'g'ri qassobning do'koniga borib, osib qo'yilgan go'shtga qo'ndi. Qassob qo'lida pichog'i bilan uni mo'ljallab bir urgan edi, ezg'ilanib ketdi. Chumolilar uni sudrab ketdilar.
SHIJOATLI CHUMOLI
Chumoli jon-jahdi bilan o'zidan o'n baravar katta chigirtkani sudrab borardi. Ko'rganlar taajjublanardilar:
— Chumolini qaranglar-a, qiltiriq holi bilan shunday og'ir yukni sudrab ketayapti-ya? Chumoli xoxolab kuldi va dedi:
— Mardlar yukni jussasi va qudrati bilan emas, balki g'ayrat va shijoati bilan tortadilar.
ZANJIRBAND FIL
Qaysidir bir mamlakatda hayvonot bog'ida keksa fil bor ekan. Zanjirband fil yuz yil davomida qoziq atrofida aylanibdi. Oqibatda zanjir yeyilib, uzilibdi. Shundan keyin ham fil maromini buzmasdan uzilgan zanjirni sudrab qoziq atrofida yana yuz yil aylangan ekan.
TOSHBAQA BILAN CHAYON
Toshbaqa bilan chayon do'st edilar. Bir kun ular safarga otlandilar. Nogoh yo'lda bir anhorga duch keldilar. Chayon o'ta olmasligini sezib, hayron bo'lib to'xtadi. Toshbaqa dedi:
— Ey aziz do'stim, senga nima bo'ldi, g'amgin bo'lib turibsan? Chayon dcdi:
— Birodar, men bu suvdan qanday o'taman,
— deb hayronman. Toshbaqa dedi:
— Cam yema, orqamga mindirib, seni suvdan bexa-tar o'tkazib qo'yaman. Toshbaqa chayonni orqasiga mindirib, suvga tushdi. Suzib borayotganida uning qulog'iga bir narsaning tiqir- Iagani eshitildi va chayonning harakatidan shubhalanib so'radi:
— Eshitayotganim qanday ovoz
— nima qilyapsan? Chayon javob berdi:
— Nishimni sening qalqoningga sanchib ko'rayapman. Toshbaqa dedi:
— Men o'zimni girdobga tashlab, seni suvdan bexatar o'tkazmoqchi bo'lsam-u, sen orqamga nish ursang. Bila-sanki, nayzang mening qalqonimga zarar yetkazol-maydi. Chayon dedi:
— Mening odatim xoh do'st orqasiga, xoh dushman siynasiga bo'lsin, nish urishdan iborat.
— Donishmandlar yomonga yaxshilik qilma, deb be-korga aytmaganlar. Shunday deb, toshbaqa suvga sho'ng'idi, chayon esa suvga tushib, halok bo'ldi.
OQIBATLI BO'RILAR
Cho'pon istiqomat qiladigan uydan uncha olis bo'lmagan joyda bo'ri bolalaydi. Cho'pon o'z ishlari bilan band bo'lib, bo'rining oilasiga xalaqit bermaydi. Bo'rilar ham o'zlari bilan o'zlari bo'lib, cho'ponga hech qanday zarar-zahmat yetkazmaydilar. Juda uzoq vaqt qo'shni sifatida tinch-totuv yashaydilar. Ovul yigitlari bir necha marta bo'rining bolalarini olib ketmoqchi bo'ladilar, ammo cho'pon ularga ruxsat ber­maydi. Dunyoda bolasidan ayrilib qolgan bo'ridan ham qahri qattiq yirtqich bo'lmaydi. Ba'zan bo'rilar otardagi barcha qo'y-qo'zilarni bir kechadayoq bo'g'izlab ketadi. Er-xotin bo'rilar oilasi oqibatli qo'shnisining otarini begona qarindoshlaridan himoya qiladi; yot bo'rilami yaqin keltirmaydilar. Lekin, kutilmagan hodisa ro'y beradi. Oftobshuvoqda inidan chiqqan bo'ri bolalari o'yinqaroq-lik qilib, tasodifan bitta qo'zichoqni o'ldirib qo'yishadi. Buni cho'pon ham ko'radi. Ertasi kuni, qani endi bo'rilar o'zlarini qanday tutishar ekan, deb o'ylaydi cho'pon. Ne ko'z bilan ko'rsinki, otarida bo'yniga arqon bog'langan oppoq bitta qo'zichoq yuribdi. Bu begona edi. Ajabki, bo'ri bolalarining kechagi qilmishidan uyalgan ota-ona o'sha kechasiyoq birovning otariga kirib, u yoqdan bitta qo'zichoqni o'g'irlab keladilar-da, qo'shni cho'ponga «sovg'a» qiladilar. DAVOMI KAMENTDA.

Hayvonlar haqida ibratli  hikoyalar. - 771816961418

Комментарии

  • Комментарий удалён.
  • 6 апр 2015 12:09
    DO'STLIK SINOVI

    Bir qarg'a mushuk bilan juda  do'st bo'lib ketdi. Bular  o'rmondagi bir daraxt tagida har kuni shirin-shirin suh-batlashib  o'tirardilar. Bir kuni mana  shunday suhbatlashib o'tirgan  paytlarida uzoqdan bir  qoplonning bular tomonga  qarab kelayotganini ko'rib  qoldilar. Qarg'a pir etib uchib,  daraxtning eng yuqori shoxiga  qo'ndi. Mushuk nima qilishini  bilmay daraxtga tirmashdi.  Zo'r-bazo'r daraxtning eng past  shoxiga chiqib olib, barglar  orasiga yashirindi va qarg'aga  zorlanib:
    — Do'stim, halokat ostidaman,  sening yordamingga  muhtojman, bir iloj qilib meni bu  qo'rqinchli ahvoldan qutqaz,
    — dedi. O'sha daraxtga yaqin  ycrda cho'ponlar yurgan edilar.  Qarg'a uchib borib  cho'ponlarning otlaridan  birining boshi-ga qanoti bilan  urdi. Itlar qarg'ani tutib olish  uchun yugur-dilar. Qarg'a uchib  borib yana bir yerga qo'ndi, itlar  yana qarg'ani quvlab kctdilar.  Shunday qilib, qarg'a ucha-ucha  itlarni o'sha daraxtning yoniga  keltirdi. Qoplon daraxt tagida  mushuk yeyishni mo'ljallab  turgan edi. Itlar qoplonni ko'ra  solib, birdan unga hujum  qilishdi. Qoplon tumtaraqay  bo'lib qochdi, itlar uning  orqasidan quvlab ketdi. Shunday  qilib, qarg'a o'z do'sti mushukni  halokatdan qutqazdi...
  • 10 мая 2022 21:39
  • 10 мая 2022 21:39
  • 10 мая 2022 21:39
  • 10 мая 2022 21:39