Bir kun boshim aylanib,

Ketib qoldim hushimdan.
Tursam onam zorlanib,
Bosar edi boshimdan.
Doktor keldi uyimga,
Betobligim aytishdi,
Shoshilinch tez tibbiyda.
Meni olib ketishdi.
Yarim tun... Asta yurib,
Doktor kirdi honamga.
Meni uhlab qolgan deb,
Gap boshladi onamga.
Uch yil muhlat degandik,
Mana uch yil o'tibdi.
Farzandingiz umri ham,
Poyoniga yetibdi.
3-4 oylik umri bor,
Yurak urib turibdi.
Ming afsuski onajon,
"Jigarlari" quribdi.
Onam ketdi hushidan,
Ko'tarolmay bu g'amni.
Dushmanim ham ko'rmasin,
Bunday ayanchli damni.
Ertasiga hol so'rab,
Qarindoshlar kelishdi.
Hammasida bitta gap.
"Sen yahshisan" deyishdi.
Kelsa hamki yig'lagim,
Ular uchun kulardim.
To'htayapti yuragim.
Buni yahshi bilardim.
Erta tongda tushimga,
Farishtalar kiripti,
Uyg'onsam onam hamon.
Boshim silab turibti.
Oyi menga ruchkayu-
Qog'ozni obering dedim.
Onam hayron... ha bolam???
Bir she'r yozmoqchi edim.
JONIM CHIQIB KETMOQDA,
VAFO QILMAY TANAMGA.
BIR TILAGIM SHU CHOG'DA,
BARDOSH BERGIN ONAMGA !!!
Sher Muallifi: ™ΞՏฉŋ σՀιŋι ʘณฉ ณฉŋ ธฉŋι ʘไฉณฉŋΞ™

Комментарии