3 ноя 2013

Alo, Dilnoz?

- Eshitaman Elyoraka?
- Uydamisan?
- Ha uydaman.
- Unda derazadan bir
qaraginchi... - Nega?.. Hmm,
hozir...
Deraza tashqarisida
sevgan insoni Elyorni ko'rib,
Dilnoza ko'chaga chiqdi. Elyor uni
aylanib kelishga taklif qildi. Ular,
xiyobon
uzra biron soat sayr qilishdi.
Elyor, Dilnozaga ko'p
bor orzulari haqida gapirardi.
"Oila qurgach,
shiringina
farzandlarimiz bo'ladi va bizni
ular "Oyi", "Dada" deb
chaqirishadi, bu qanday baxt"
deb. Dilnoza esa, bu gaplardan
uncha xursand
emasdi. Chunki, uning onasi,
Elyorni yoqtirmasdi va nuqul
yomonlardi. "Kambag'al, hech bir
ishni eplolmaydi, otasi yo'q.
Ko'zingni kattaroq och qizim.
Sevgi vaqtinchalik tuyg'u. Oila
qursang, hammasi unutilib
ketadi. Hayot faqat sevgidan
iborat emas. Bir so'mga zor
bo'lib, qashshoq yashaysan. Keyin
afsus qilma" - deb. Dilnoza,
onasini gaplarini
yuragiga qattiq oldi. "Nahotki
shunaqa
bo'lsa ?"
deya, Elyordan o'zini olib qocha
boshlar,
Elyor esa, nima gapligini
bilmasdi. To'g'ri, Elyor kambag'al
oilada tug'ilgandi. Otasi yo'qligi
uchun, peshona terisi bilan og'ir
mehnat qilar, onasini va singlisini
boqardi. Elyor,
Dilnozani qattiq sevardi. Dilnozani
oilasi ham boy emas o'rtahol
ediy-u, lekin onasi baribir Elyorni
yomon ko'rardi. Faqatgina
Dilnozani otasi
tushungan inson bo'lgani uchun,
Elyorni
yoqtirardi.
Dilnozani otasi qiyinchilikni
bilardi. Elyorga qanchalik qiyin
ekanini ham tushunardi. Shunda
ham, Dilnozani onasi qoralashdan
to'htamasdi... Kunlarning birida,
Elyor ishxonada nafasi qisib,
hushidan ketdi. U og'ir ishda,
poyezd
vagonlaridan
og'ir yuklarni tushurib, kunlik
pulga ishlardi. Ishxonadagi
do'stlari uni kasalhonaga olib
ketishdi. Elyorni kasalhonada
ekanini bilmagan Dilnoza, ko'p
bor qo'ng'iroq qildi. Biroq,
go'shakni
hechkim ko'tarmadi...
Elyorni doktorlar tekshirishdi
va...... ming afsuski, jigari
xastaligini
aniqlashdi.
Doktorlar Elyor o'ziga kelgach,
unga bor
gapni aytishdi:
- Elyorbek, bardam bo'ling.
Jigarizda
o'simta mavjud. Sizga og'ir yuk
ko'tarish mumkin emas. Zudlik
bilan operatsiya qilish
lozim. Shoshilish kerak. O'simta
tobora
kuchayib boradi. Xudo
ko'rsatmasin-u,
buni oxiri o'limga olib
kelishimumkin... (Qo'rquvga
tushgan
Elyor, biron muddat gapirolmay
qoldi)
- Doktor, bu deganingiz,
operatsiya qilinmasa o'lasan
deganimi ???
- Uzr... Bunday bo'lishini
xohlamasdik.
Ammo... - Doktor, menda
operatsiya uchun, mablag' yo'q.
Kecha-yu kunduz ishlaganim
ham, oilamni boqishga zo'rg'a
yetadi
- Elyorbek, gap hozir hayotingiz
haqida ketyapti. Pul
topilaveradi. Ammo jon
topilmaydi. O'ylab
ko'ring. Qarindoshlaringizmi,
do'stlaringizmi bordir ?! Ulardan
yordam so'rasangizchi ?!
- Meni oyim, singlim va sevgan
qizimdan boshqa, suyanadigan
hechkimim yo'q... Na
chora doktor,
peshonada bor umrni
yashayman ...
- Lekin ? ... Ha, yana
bir chorasi bor. Davlat orginlariga
yoki mahalla yig'inlariga
muroja'at qiling. Ular yordam
berishadi.
- Yo'q doktor. O'tkan
yili oyim kasalhonaga
tushganlarida, yordam
so'ragandim.
Lekin... - Tushunarli Elyorbek.
Mayli, siqilmang. Bir
iloji topilar. Alloh shifo bersin.
- Rahmat doktor ... Elyor
operatsiya
qilish kerakligini tushunsada,
kasalhonadan chiqib, uyga qaytdi.
Uni bir savol qattiq qiynoqga sola
boshladi. "Agar men o'lsam, oyim
va singlim nima qilishadi ?
Dilnozachi ?" ... Uyga kelgach,
Elyor telefonini olib, Dilnozaga
qo'ng'iroq qilmoqchi bo'ldi.
Telefoni
ekranida, Dilnozadan 4 - 5
bor javobsiz qo'ng'iroq kelganini
ko'rib, darhol qayta qo'ng'riq
qildi. Dilnozaga uchrashmoqchi
ekanini va bor gapni aytmoqchi
bo'ldi.
Dilnoza esa, go'shakni
ko'tarmadi. Ikki, uch
bor
qo'ng'iroq qildi. O'shanda ham,
go'shakni
ko'tarmadi. To'rtinchi bor
qilganida esa, Dilnozani telefoni
o'chirilganini
eshitdi. Elyor xavotirlanib, uning
uyiga keldi. Deraza oldida turib,
Dilnozani tashqariga qarashini
kutdi. Oradan bir soatlar
o'tibgina, Dilnoza derazadan
tashqariga qaradi. Ko'chada
turgan Elyorni ko'rdi-yu, lekin
ko'chaga chiqmadi. Ha, Dilnoza
onasini gapini ko'p o'ylab ko'rdi
va onasi aytgan gaplarga amal
qila boshlagandi. Elyorni sevsa-da,
undan o'zini olib qochib,
ko'nglini sovutishga urundi.
Tushkunlikga tushgan Elyor,
ortiga qaytdi. Shu tariqa oradan 1
hafta o'tdi. Elyor, haligacha
Dilnoza bilan gaplasha olgani
yo'q. Umri oz qolganini tushunib,
Elyor hech bo'lmaganda umrini
so'ngi kunlarini sevgan insoni
bilan o'tkazishni xohlardi.
"Dilnozani oxirgi marotaba
bo'lsada, birgina tabassumini
ko'rsam, armonim yo'q edi" deya,
qalbidan turli xil o'ylovlarni
o'tkazdi. Ungaa ko'plab sms
xatlar yozdi. Umri hazon kabi
so'nib borayotganini va so'ngi
kunlarida yonida bo'lishini ich-
ichidan xohlardi va aytgisi kelardi.
Ammo, Dilnozadan bitta ham
javob xati kelmadi ... Bunday
vaziyatda Elyor, yanada
tushkunlikga tushdi. Hozir unga
kimdir dalda bo'lishini juda ham
xohlardi. Lekin kim dalda
bo'lardi ? Elyor yolg'iz onasi va
singlisiga ham, umri oz qolganini
aytmadi. Ularni g'amga botib,
siqilishlarini istamadi. Endi u,
yashashdan butunlay umidini
uzdi. Qalbi tushkunlik girdobidan
chiqa olmadi. Qattiq yo'talib,
og'zidan qon kela boshladi. Elyor
shunda ham, hechkimga
betobligini sezdirmadi. O'zi bilan
ishlaydigan do'stlariga ham,
"Shamollaganman xolos" derdi.
Lekin Elyor, tobora dokadek
oqarib, rangida-rang qolmay
borardi. O'sha holida ham,
Dilnozani, onasi va singlisini bir
zum bo'lsada hayolidan
chiqarmadi. Dilnozaga ko'plab
qo'ng'iroq va smslar yozdi. Lekin,
qo'ng'iroq va smslariga javob
yo'q ... Elyor, harakati uncha
bo'lmasa-da, og'ir ishda
ishlashdan to'xtamadi. So'ngi
kunlarida ham, oilasini o'ylab,
qo'lidan kelganicha mehnat qildi.
Ishxonada ish vaqti tugagach,
kechki soat 21-00 lar chamasi
Elyor ishlagan haqqini oldi va bir
og'aynisini yoniga bordi ...
Ishlagan pulini va 2 ta qanaqadir
konvertni og'aynisini qo'liga
tutqazib, uyiga oborib berishini,
o'zi esa bugun shu yerda
qolishini
ta'kidladi. Nimaga ekaniga
tushunmagan
og'aynisi, undan
nima uchunligini so'ray boshladi.
Elyor hammasi joyida ekanini,
aytganidek qilishini iltimos qilib,
bir chet joyda bo'sh turgan
vagonga qarab ketdi. Oyog'ida
zo'rg'a yurayotgan Elyor, o'lim
ufurini sezardi. Nafas olishi
tobora sustlashardi. Nafas
olganda ham,
xuddi yuragining
urishi to'xtab borayotgandek
seskanardi. Og'aynisi, Elyor
aytganidek qildi. 2 konvertni va
pulni, uning onasiga keltirib
berdi. Onasi
xavotirlanib
konvertni ochishga oshiqdi.
Konvertlar, 2 kishiga atalgan
ekan. Bir konvertning yuzida "Oyi,
bu sizga" degan
yozuv bo'lsa,
birida "Dilnozaga" yozuvi turardi.
Onasi o'ziga atalgan konvertni
ochdi. Unda, Elyorning so'ngi
so'zlari yozilgandi... - Oyijon, meni
kechiring. Sizga aytmay,
bugun chet davlatga ishlagani
ketyapman.
Qachon qaytishim
aniq emas. Bir kun kelib, albatta
qaytaman. Qaytganda ham, ko'p
pul bilan
qaytaman. Bizni ham, shinamgina
uyimiz bo'ladi. Singlimni to'yini
qilamiz. Biz
albatta baxtli yashaymiz.
Faqatgina singlim va o'zingizni
asrang !
Qo'lingizdagi ikkinchi
konvertni, Dilnozaga bering,
iltimos ... Men yo'g'imda og'aynim
sizlarga yordamlashib turadi.
Mendan xavotir olmang. Agar
kelolmasam, o'shanda ham
xavotir olmang. O'g'lingiz chet
davlatda bo'lib kelolmasada,
sizlarni hayolidan chiqarmay,
yashaydi. Shu
paytgacha
yuzingizni yerga qaratmadim.
Bundan keyin ham shunday
bo'ladi. Meni
o'ylab siqilmang.
Sizni ko'zingizda yosh sezsam,
meni qalbim og'riydi. Meni
sog'insangizda, iltimos
yig'lamang...
Singlim, sen ham
o'zingni ehtiyot qil. Oyimni yolg'iz
qoldirma. Alloh o'z panohida
asrasin. Sizlarni yaxshi ko'raman.
Oyijon, Singlim, mendan rozi
bo'linglar... Bu so'zlarni o'qigan
onai-zor, o'ksib-o'ksib yig'lagisi
kelsa- da, o'g'lini iltimosiga qarshi
chiqolmadi. Ko'zlari yoshga
to'lgan ona,
"O'g'lim, nima
bo'lganda ham, boshing omon
bo'lsin !" deya oldi xolos... Elyorni
xohishini amalga oshirib, singlisi
Dilnozaga ikkinchi konvertni
oborib berdi. Dilnoza, Elyorni
sog'inganidanmi xatni tezda
ochib,
o'qishga kirishdi: - Salom Dilnoz !
Ahvoling yaxshimi ? Meni
kechir, qo'ng'iroqlaringa javob
bera
olmadim. O'shanda doktorda
edim.
Kasalhonadan
chiqib, senga qo'ng'iroq qildim.
Ammo, ko'tarmading. Mendan
xafa bo'lding deb o'ylab, ko'plab
sms xabar yozdim. Lekin javob
kelmadi. Men uying derazasi
oldida, yomg'ir
yog'ishiga qaramay,
har kun kechqurun seni hech
bo'lmasa bir marotaba derazadan
ko'rish ilinjida o'tirardim. Biroq
menga bu ham nasib etmadi.
Shunda seni qattiq ranjitib
qo'yganimni
tushundim. Shuning
uchun sendan, chin dildan
kechirim
so'rayman. Lekin endi kechligini
tushungach ... Meni kechir, biz
baxtli oila quramiz deb
ahdlashgandik. Men
va'damda
tura olmadim. Men chet davlatga
ishlagani ketyapman. Qachon
qaytishim
noaniq. Senga baxt tilayman.
Yaxshi bir yigitga turmushga
chiqishingni Alloh
nasib etsin. Kecha kechqurun,
tushimda ikkimizni ko'rdim. Biz
baxtli oila qurgan ekanmiz. Ikki
nafar jajji farzandlarimiz bor
ekan. Biri o'g'il, biri qiz. Ularning
beg'ubor kulgusidan ikkimiz ham
baxtli edik... Lekin
uyg'onganimda buni tush ekanini
bilib, go'yo yuragim urishdan
butunlay to'xtadi. Har gal xafa
bo'lsang, o'zim ovutardim. Endi
kechir meni, ortiq ovutolmayman.
Har xil xatlar yozib, seni
erkalolmasman.
Kechirgin dardim
bor, dardimdan qocholmayman...
Meni kechir, orzularingni
armonga aylantirdim ... Bu
hayotda
faqatgina baxtli
yashashingni
istayman. Men seni baxtli qila
olmadim. Nima bo'lganda ham,
qalbingdan quvonch ruhi
so'nmasin. Shirindan-shakar
farzandlarni onasi bo'lishingni,
yaratgandan so'rab qolaman. Bu
hayotda nimayki qiyinchiliklarga
duch kelsang
ham, barchasiga sabrli bo'lib,
o'zingni ehtiyot qil, Xayr! Kuchli
alam va ayriliq azobiga to'lgan
Dilnozaning qalbi, bir muddat
o'zini
yo'qotib qo'ydi. Nimalar qilib
qo'yganini
kech tushunib, qattiq afsuslana
boshladi.
Lekin vaqt o'tib bo'lgandi. Elyor
endi bu
dunyoda yo'q... Yuragi, urishdan
to'xtab borayotgan Elyorning
yuragi, endi
butunlay urishdan
to'xtagandi. Uning ruhi, uzoq-
uzoqlarga ketdi. Hozir Elyor,
osmonlardan turib, onasini,
singlisini, va Dilnozani Alloh
o'z panohida asrashini tilab, duo
qilmoqda. Elyor hatto ularni, o'limi
haqida bilishlarini istamadi. Keyin
bir umr uni o'ylab, siqilib
yurishlarini
xohlamadi... Dilnoza esa, onasini
gapini ko'ngliga qattiq olib,
Elyorni so'ngi kunlarida yonida
bo'la olmadi. Elyor har kun uning
derazasi oldida kelib, ma'yus
nigohlari bilan, tikilib turardi.
"Nega o'shanda tashqariga
chiqmadim, nega u
kishidan xafa bo'ldim?" deya,
Dilnoza achchiq ko'z yosh to'kdi.
Elyor, Dilnozani tabassumini
so'ngi bor ko'rish uchun,
umrining so'ngi
kunlarini, uning derazasi oldida
o'tkazdi. Ko'chada yomg'ir
yog'ishiga qaramay, qalbidagi
sevgi olovi
uni dadil ushlab turdi.
Ammo, Dilnoza... Eh attang...
Ba'zan inson, kimningdir, yoki
qaysidir yaqin kishisini qadrini,
kech anglab yetarkan... "So'ngi
pushaymon, o'zinga dushman"
deyishadi-ku ...!

Alo, Dilnoz? - 532771083088

Комментарии

Комментариев нет.