Bu hayot ekanda, ko‘ngil ekan-da,Gulning ixtiyori xoru tikanda.Men yorni xor bo‘lib sevdim, netayin,Suv teskari ketdi menga kelganda.Taqdir deyin desam, tahqirga o‘xshar.Tug‘yonim – ko‘z yoshi, isyonim – xanda.Ummon asov bo‘lsa, to‘fon ham o‘jar.Inon-imkon bormi yurak – yelkanda?Boshim egildimi, sindimi qaddim,Qalamdek mo‘rt bo‘lar suyanchsiz banda.Ehtimol, osmonni tutib qolardim,Yorimning qo‘llari tursa yelkamda.Muallif: Iqbol Mirzo
Armonlar bekati
Bu hayot ekan-da...
Bu hayot ekanda, ko‘ngil ekan-da,
Gulning ixtiyori xoru tikanda.
Men yorni xor bo‘lib sevdim, netayin,
Suv teskari ketdi menga kelganda.
Taqdir deyin desam, tahqirga o‘xshar.
Tug‘yonim – ko‘z yoshi, isyonim – xanda.
Ummon asov bo‘lsa, to‘fon ham o‘jar.
Inon-imkon bormi yurak – yelkanda?
Boshim egildimi, sindimi qaddim,
Qalamdek mo‘rt bo‘lar suyanchsiz banda.
Ehtimol, osmonni tutib qolardim,
Yorimning qo‘llari tursa yelkamda.
Muallif: Iqbol Mirzo