22 июн 2016

Meni tushunmaysiz

Bilsangiz oshiqlar bo’lmaslar zolim,
Ayting, nechun mast bir qultum maysiz.
Sira yulduzlarda emas xayolim,
Meni tushunmaysiz, meni bilmaysiz.
Tun-u kun nigohingiz ko’zimdan oqar,
Mahzun siyratimni olovsiz yoqar.
Azoblar dilimga tosh bo’lib botar,
Meni tushunmaysiz, meni bilmaysiz.
Bilaman osmonday dimog’ingizni,
Kapalakka bergan sabog’ingizni.
Bir zum ko’tarmayin qabog’ingizni,
Meni tushunmaysiz, meni bilmaysiz.
Ko’ksimda og’riqlar qoyalar bo’lgan,
Qoyalar qop qora soyalar bo’lgan.
Soyalar dardimga doyalar bo’lgan,
Meni tushunmaysiz, meni bilmaysiz.
Kulgichingiz haqqi dilda ishq lim-lim,
Yovvoyi firoqqa emasman taslim.
Qandoq azob beray, axir men muslim.
Meni tushunmaysiz, meni bilmaysiz.
Qorani ko’rganman, oqni taniyman.
Tekisda yurganman, chohni taniyman.
Sizni, o’zimni va haqni taniyman,
Meni tushunmaysiz, meni bilmaysiz.

Комментарии

  • 18 июл 2016 15:04
    Ko'zimda yosh  xotiralarga berolmay bardosh sevganimdi eslatiz xardoyim janjal to'polon ajrashdik mana xamon yolg'izmiz mendan boshqasini sevolishiga ishonmiman sog'inganida chaqiradi tuni birga o'tkazamiz goxida quruq kayf qigani kerakday tuyilardim, u menga qayta turmush qurishdi taklif etdi yana birga bo'lamiz, yolg'iz o'tkazgan damlarimiz azob ekanligini tushundik