Vatan — ona allasi taralgan,beshiging izlari chizilgan zamin. Ajdodlaring ko'milgan qabriston, ota- onangning izlari qolgan ko'chalar, sening lahjangda so'zlashadigan, qosh-u ko'zi xuddi sening kabilar yashaydigan qadrdon yer — Vatandir ! Birinchi bor bahorni tanigan, ilk bor varrak uchirgan, birinchi marta hayitlik olgan joying, birinchi o'qituvchi, birinchi muhabbatingni tanitgan makon — Vatandir! O'z jonidan yaratgani uchun ham ona yaxshi- yu yomon bolasini tishida tishlab o'tadi. Vatan ham o'shanday bag'ri keng. Qadamlaringni ko'ksiga qo'yib, suyab yashaydi seni. Osmoni ko'rpang, maysasi dimog'ingni bosib yotadigan muattar bolishingdir. Vatan mung'aygan tandirli, pasttakkina tomli kulbangdan boshlanadi. unga bo'lgan muhabbating ham shu ostonada tug'iladi. Tursunoy Sodiqova.
ONA YURT SOG'INCHIDA YURGAN YURTDOSHIM
:Hofiz Yigit
Vatan nima o'zi?
Vatan — ona
allasi taralgan,beshiging izlari
chizilgan zamin. Ajdodlaring
ko'milgan qabriston, ota-
onangning izlari qolgan
ko'chalar, sening lahjangda
so'zlashadigan, qosh-u ko'zi
xuddi sening kabilar yashaydigan
qadrdon yer — Vatandir !
Birinchi bor bahorni tanigan, ilk
bor varrak uchirgan, birinchi
marta hayitlik olgan joying,
birinchi o'qituvchi, birinchi
muhabbatingni tanitgan makon
— Vatandir! O'z jonidan
yaratgani uchun ham ona yaxshi-
yu yomon bolasini tishida tishlab
o'tadi. Vatan ham o'shanday
bag'ri keng. Qadamlaringni
ko'ksiga qo'yib, suyab yashaydi
seni. Osmoni ko'rpang, maysasi
dimog'ingni bosib yotadigan
muattar bolishingdir. Vatan
mung'aygan tandirli, pasttakkina
tomli kulbangdan boshlanadi.
unga bo'lgan muhabbating ham
shu ostonada tug'iladi. Tursunoy
Sodiqova.