Yurt Sog'inchi Inson dunyoga

kelibdiki, doim yaxshi yashashga
intiladi. Yaxshi yashashni turli xil
buyumlaru, qimmatbaho kiyim va
turli xil ovqatlarda deb fikrlaymiz
ko'pimiz. Yaxshi yashash uchun
ko'p pul topish shartdek go'yo...
Inson zoti shunaqa, "Qancha ko'p
bo'lsa, shuncha kam" deya jonini
ham ayamasdan ishlaydi, pul
topishga harakat qiladi. Bu yo'lda
ko'pchilk yurtdoshlarimiz xorijni
maqul deb bilishadi. To'g'ri,
xorijda
ko'proq pul topishadi. Ammo
musofirchilk azobidanda og'irrog'i
bormi bu dunyoda? Axir
bobolarimiz aytganku - "Har yerni
qilma orzu, Har joyda bor tosh
torozu" deb. Demak, buguni
hikoyamiz xorijda ishlab, yurt
sog'inchi ila yashayotgan
yurtdoshlarimiz haqida. O'qing,
balki bu savdolar aynan sizning
ham boshingizdan o'tgandur...
-Dadajonisi, hamma narsamiz
joyida, qiynalib qolganimiz yo'qku.
Nima qilasiz shu xorijda? -Nega
tushunmaysan, bu maosh bilan
nima ham qilib bo'lardi axir? -
Xudoga shukr qiling boshqalardan
ko'ra ancha yashashimiz yaxshi.
-Yo'q, bolalarga "Fundament"
yaratish kerak xotin. Sen nimani
ham tushunarding. Shunday deya
Maqsud aka samalyot chiptasi
ishlarini hal etish uchun
aviakassa tomon yo'l oldi. Olloh
ishlarini o'nglagani shudirda, bir
haftdan so'ng uchar ekan. U
hayolan har xil rejalar tuzardi.
Qizimizga uni olib beraman,
o'g'limizga buni olib beraman...
Xullas shu hayollar bilan bir hafta
ko'z ochib yumguncha o'tib ketdi.
U xorijga ketadigan kun singillari,
ammalari, xullas yaqin
qarindoshlari yig'ilishdi. Keksalar
duo qilishdi. "Oq yo'l" tilashdi.
Shunda Nigina kelib dadasining
oyog'iga tarmashib oldi. -
Ketmaysiz dadajon! Siz
bo'lmasangiz qanday chidayman?
-Asal qizim o'zimni. Oppog'im,
men ozroq ishlab qaytaman,
senga shokaladlar olib kelaman
xop. -Yo'q, hech narsa kerak
emas menga. Ketmaysiz dedim. -
Bormasam, men xafa
bo'lamanda oppog'im. -Kimdan? -
Sendanda, axir ruxsat
bermayapsanku jonim qizim. -
Ketib qolasizmi? -Borgach senga
har kuni qo'ng'iroq qilaman. -
Unda
bir shartim bor. -Voy o'zimni
erkatoyimey, siz shartlarni
bilasizmi? Qani dadasini erkasi,
aytingchi. -U yerda qizlarga
qaramang! -u shunday deya uyga
yugurib kirib ketdi va oilaviy
tushgan suratlaridan brini olib
chiqib, dadasiga tutqazdi va
mahkam quchdi mehribonini.
Maqsud akaning ham ko'ngli
yumshab ketdi. Hamma bilan
xayrlashib, yo'lga otlandi. U
samalyotga mingach, ko'z
oldidan 7 sinfda o'qiydigan qizi
Nigina, 6 - sinfda o'qiydigan o'g'li
Behruz va kichkintoylari o'ta
boshladi. "Bolajonlarimni qancha
vaqt ko'rmas ekanman, qanday
chidar ekanman ularsiz" deya
hayolidan o'tkazdi. Yetib bordi
ular Maskvaga. Bir amallab
ijaraga uy topishdi. Joylashishdi.
Ish ham tayyor ekan. Xullas
hammasi joy - joyida ketardi.
Ammo xonadoshlari unga hech
ham ma'qul emasdi. Biri pionista,
biri xotinboz. Shunday bo'lsada
ko'z yumdi hammasiga. Sabr va
bardosh bilan yashayverdi.
Maqsud aka uyiga bank orqali tez
- tez pul yuborib turardi. Kimdur
O'zbekistonga ketsa, ulardan
shirinliklar, qiziga, o'g'liga telefon,
turmush o'rtog'iga bejirim
kiyimlar, kompyuter berib
yuborardi. Bolajonlarini juda
qumsardi. Sovuq jon - jonidan
o'tib ketardi ba'zi vaqtlar. Lekin
chidardi. "InshoOlloh farzandlarim
ulg'aysa, rohatini ko'raman" deya
orzu qilardi. Farzandlari ham
dadajonisini sog'inardi. 8 yoshli
kichik erkatoyi Shoxruz kechalari
yig'lab chiqardi. 10 yoshli qizi
Gulsevar esa dadajonimni
chaqiring deya harhasha qilardi.
Nigina esa har kuni yig'lardi. -
Nega kelmayabdilar? Ozroq ishlab
qaytaman degandiku. -Qizim,
senga qancha chiroyli kitoblar,
ruchkalar, telefon yuboryapti.
Raxmat deyish o'rniga
yig'laysanmi? -Unda qachon
keladilar? -Sen kollej talabasi
bo'lganingdan so'ng. -Nima? Hali
unga 3 yil borku. Bitiruv
oqshomimda kim boradi men
bilan? Otasi yo'qga o'xshab
o'tiramanmi? -Nega unaqa
deysan qizim? Bizchi? -
Dadajonimni o'rni boshqacha. -
Kollejni tamomlaganingdagi
bitiruv oqshomingga qatnashadi,
sabr qil qizim. Shu kunlarning
birida Nigina 7 - sinfni tamomladi.
Hash - pash deguncha tug'ilgan
kuni keldi. Tug'ilgan kuniga
hamma keldi, ammo kimdur kam.
Hamma narsa bor, biroq
nimalardur yetishmaydi.
Nimaligini anglolmasdi. Hamma
yaqinlari yonida lekin yuragi bo'm
- bo'shdek. Dadasi ham qo'ng'iroq
qilmadi. Nahot bugun tug'ilgan
kuni ekanligini unutgan bo'lsa? Bir
chekkaga borib yig'layverdi
Nigina. Buni ko'rgan onasi qizini
oldiga borib, sababini so'radi. -Oyi,
nahot dadam meni unutgan
bo'lsa? -Unaqa dema qizim,
charchagandur. -Yo'q, meni
dadam yomon ko'radi. - Nigina
yana hungrab yig'lab yubordi.
So'ng onasi dadasiga SMS yozdi.
"Assalomu alaykum, dadajonisi.
Charchamasdan ishlab
yuribsizmi? Sizni bezovta
qilmoqchi emasdim, ammo Nigina
qo'ng'irog'ingizni kutyapti".
Maqsud aka zavodda ishda edi. U
endi tunlari ham ishlayotgandi.
Shovqinda SMSning ovozini
eshitmadi. Tungi soat 12:00 da
ishlari tugagach, kvartirasiga
qaytdi. Qarasa SMS. Smsni
o'qigan Maqsud aka, Niginaning
tug'ilgan kuni bugun ekani yodiga
tushdi. "Ex, tunlari ham
ishlayotgandima, ona qizimga
kattaroq sovg'a yuboraman deb.
Hammasi bekor endi. Surprez
ham yo'qqa chiqdi. Endi uxlab
qolgandur, O'zbekistonda soat
2dan oshdi hozir". U shuni o'ylab,
uyiga qo'ng'iroq qildi. Nigina
ko'tardi qo'ng'iroqni. -Alo,
Nigejonim. Senmisan qizim? -
Menga gapirmang! Odam ham o'z
qizini tug'ilgan kunini unutadimi? -
Qizalog'im, sizlar har soniya
yodimdasizku, qanday unutishim
mumkun? Shunchaki, ish bilan
chalg'ibman, kechiraqolgin! Nigina
dadasini tushundi. Ular biroz
suhbatlashgach, xayrlashishdi.
Tez kunda uyiga qaytishga vada
berdi dadasi. Mansur aka
xonasida o'tirar ekan, bir
xonadoshi xomush kirib keldi. -
Nima bo'ldi Ilhom, shashting
past? Maoshingni berishmadimi?
-Yo'q, Mansur aka, qayg'uli xabar
eshitdim. -Nima? Qanaqa qayg'uli
xabar, odamni

Комментарии