Uyg'onguvchi bog'larni kezdim,Topay dedim qirdan izingni.Yonog'ingdan rang olgan dedim -Lolazorga burdim yuzimni,Uchratmadim ammo o'zingni,- Sen bahorni sog'inmadingmi?Uzoqlarda zalvorli tog'larXayolimni keldilar bosib.Kechdi qancha intizor chog'lar,Vasling menga bo'lmadi nasib,Sensiz men ham, bahor ham g'arib,- Sen bahorni sog'inmadingmi?O'ngirlarda sakraydi ohu,Na'matakda sa'va mittijon.Qorliklardan sipqarilgan suv,Daralarda uradi javlon.Nigohimdan faqat sen pinhon,- Sen bahorni sog'inmadingmi?Mana, bugun navro'zi olam,Do'stlarimga gullar tutarman.Qaylardasan, sevgili erkam...Qo'limda gul, seni kutarman,Umrim bo'yi chorlab o'tarman,- Sen bahorni sog'inmadingmi?
♥❦❧→ Sëñî Sêvåman Møxiçhexrãm ←❧❦♥
:Bukhara - 2025
SEN BAHORNI SOG'INMADINGMI
Uyg'onguvchi bog'larni kezdim,
Topay dedim qirdan izingni.
Yonog'ingdan rang olgan dedim -
Lolazorga burdim yuzimni,
Uchratmadim ammo o'zingni,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?
Uzoqlarda zalvorli tog'lar
Xayolimni keldilar bosib.
Kechdi qancha intizor chog'lar,
Vasling menga bo'lmadi nasib,
Sensiz men ham, bahor ham g'arib,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?
O'ngirlarda sakraydi ohu,
Na'matakda sa'va mittijon.
Qorliklardan sipqarilgan suv,
Daralarda uradi javlon.
Nigohimdan faqat sen pinhon,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?
Mana, bugun navro'zi olam,
Do'stlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, sevgili erkam...
Qo'limda gul, seni kutarman,
Umrim bo'yi chorlab o'tarman,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?