faqir bir oila yashardi. Er-xotin va 8 yoshli bolakay. Ota-ona kun böyi ishda, bolakay esa uyda yolg'iz o'tirardi. Bola har kuni soatlab oltinchi qavat derazasidan pastga - bolalar maydonchasida velosiped minib yurgan tengdoshlariga xavas bilan qarab o'tirardi. U ham özining shunaqa velosipedi bölishini orzu qilardi. Lekin oilada bu orzuni amalga oshirish uchun na pul, na vaqt va hattoki bolaning orzusini eshitadigan kishi ham yöq edi. Bolakay oilasini velosiped sotib olish bilan qiynab qöyishini anglar, lekin uning bu orzusi juda kuchli edi. Bir kuni u onasining "Xudo mehribon, chin dildan nimaiki sörasang albatta beradi" degan sözlarini esladi. Qog'oz, ruchka olib, qog'ozlarni yuzlab, minglab bölaklarga böldi va har bir qog'oz parchasiga: "Ey Хudoyim, menga velosiped ber" deb yozib chiqdi. Bolakay o'zining chin qalbdan tilagan orzusi yozilgan qog'oz parchalarini oltinchi qavat derazasidan bir-bir tashqariga socha boshladi. U "Хudoga qog'ozlarimning biri bölmasa biri albatta yetib boradi va Xudoning menga rahmi kelib menga velosiped yuboradi" deb qalbdan ishonardi. Kunlar o'tib borar, bola har kuni qog'ozchalarni derazadan sochardi. Uning hayoli faqat shu ishda bölib qolgandi. Qog'ozlar tugasa yangisiga yozishni boshlardi, darslik daftarlargacha sarf qildi. Bolakay boshqa hamma narsani unutib, telbalarcha qog'ozlarni yirtar, yozar va derazadan uloqtirardi. Bazan qog'ozlarga ruchka siyohiga bolakayning qop-qora ko'zlaridan tomchilayotgan yoshlar qo'shilib ketardi. Kunlar o'taverardi, bolakay har kuni tongda "Bugun Xudoga qog'ozim yetib boradi" degan umid bilan yangi ruhda ishini boshlardi. Va nihoyat bir kuni eshik taqilladi. Ochsa, 45 yoshlardagi chiroyli kiyingan bir erkak kishi qölida bola chin dildan erishishni istagan, har kuni tushida körib chiqadigan velosiped bilan turardi. Kishining ko'zlarida allaqanday mungli jilmayish zohir edi. U yengil xo'rsinib velosipedni bolaga uzatdi. "Qog'ozing Xudoga yetib bordi, o'g'lim, bu senga, maza qilib min..." Bolakay nima deyishini bilmasdi. Kishi zina tomon yurib ketarkan ortiga o'girildi, uning yuziga bir tomchi yosh dumaladi. U bolakayga yuzlandi: "Endi Xudodan, bir martagina shu velosipedni olib kelgan amakiga ham farzand ber deb so'ragin, xöpmi..." (Manba: "Hayotiy voqealar va hikoyalar" gr.)
O'tmish... | Xikoyalar Arxivi |
:Θทฉოgฉ Jฉททฉtlฉr dฉท Kεlเท Θrzu Qเgฉทოฉท
Baland qavatli uylarning birida
faqir bir oila yashardi. Er-xotin va
8 yoshli bolakay. Ota-ona kun
böyi ishda, bolakay esa uyda
yolg'iz o'tirardi. Bola har kuni
soatlab oltinchi qavat
derazasidan pastga - bolalar
maydonchasida velosiped minib
yurgan tengdoshlariga xavas
bilan qarab o'tirardi. U
ham özining shunaqa velosipedi
bölishini orzu qilardi. Lekin oilada
bu orzuni amalga oshirish uchun
na pul, na vaqt va hattoki
bolaning orzusini eshitadigan
kishi ham yöq edi. Bolakay
oilasini velosiped sotib olish bilan
qiynab qöyishini anglar, lekin
uning bu orzusi juda kuchli edi.
Bir kuni u onasining "Xudo
mehribon, chin dildan nimaiki
sörasang albatta beradi" degan
sözlarini esladi. Qog'oz, ruchka
olib, qog'ozlarni yuzlab, minglab
bölaklarga böldi va har bir qog'oz
parchasiga: "Ey Хudoyim, menga
velosiped ber" deb yozib chiqdi.
Bolakay o'zining chin qalbdan
tilagan orzusi yozilgan qog'oz
parchalarini oltinchi qavat
derazasidan bir-bir tashqariga
socha boshladi. U "Хudoga
qog'ozlarimning biri bölmasa biri
albatta yetib boradi va Xudoning
menga rahmi kelib menga
velosiped yuboradi" deb qalbdan
ishonardi. Kunlar o'tib borar, bola
har kuni qog'ozchalarni
derazadan sochardi. Uning hayoli
faqat shu ishda bölib qolgandi.
Qog'ozlar tugasa yangisiga
yozishni boshlardi, darslik
daftarlargacha sarf qildi. Bolakay
boshqa hamma narsani unutib,
telbalarcha qog'ozlarni yirtar,
yozar va derazadan uloqtirardi.
Bazan qog'ozlarga ruchka
siyohiga bolakayning qop-qora
ko'zlaridan tomchilayotgan
yoshlar qo'shilib ketardi. Kunlar
o'taverardi, bolakay har kuni
tongda "Bugun Xudoga qog'ozim
yetib boradi" degan umid bilan
yangi ruhda ishini boshlardi. Va
nihoyat bir kuni eshik taqilladi.
Ochsa, 45 yoshlardagi chiroyli
kiyingan bir erkak kishi qölida
bola chin dildan erishishni
istagan, har kuni tushida körib
chiqadigan velosiped bilan
turardi. Kishining ko'zlarida
allaqanday mungli jilmayish zohir
edi. U yengil xo'rsinib velosipedni
bolaga uzatdi. "Qog'ozing
Xudoga yetib bordi, o'g'lim, bu
senga, maza qilib min..." Bolakay
nima deyishini bilmasdi. Kishi
zina tomon yurib ketarkan ortiga
o'girildi, uning yuziga bir tomchi
yosh dumaladi. U bolakayga
yuzlandi: "Endi Xudodan, bir
martagina shu velosipedni olib
kelgan amakiga ham farzand ber
deb so'ragin, xöpmi..."
(Manba: "Hayotiy voqealar va
hikoyalar" gr.)