Комментарии
- 2 авг 2013 19:55РЕАЛ МАДРИД МУХЛИСИмактаб вактлари эсимга келди шу шеърни укиб
- 3 авг 2013 21:55Гордый ГордыйShu sherni qidiryotgandim.raxmat
- 26 мая 2014 17:05🇺🇿Счастливчик 🇰🇷admin kata rahmad.
- 20 окт 2014 20:59Муродали ХПросто Тарифга тил ожиз
- 27 дек 2014 22:03SHAMURATOV BERDIMURATzulfiyani cherimi bu
- 18 фев 2015 16:30R r ответил SHAMURATOV BERDIMURAThamid olimjonni we'ri bu
- Файина ФайинаКомментарий удалён.
- 28 фев 2016 14:19Файина ФайинаМактаб даври эсимга тушди
- 26 ноя 2017 05:26Саибджанов))) Эьзозбэк)) Тахирджанов)
- 28 фев 2022 19:41Mohinur Esanova
zo‘r pom
- 28 фев 2022 19:43Mohinur Esanova
zo‘r
- 28 фев 2022 19:43Mohinur Esanova
- 28 фев 2023 18:17Anna Xamidova
️
- 31 мар 2023 09:01Шахноза ИсламоваАжойиб шеьр
- 31 мар 2023 21:59🇺🇿Счастливчик 🇰🇷 ответил Шахнозе ИсламовойХа жуда ажойиб
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
Zulfiya Isroilova va Hamid Olimjon she'riyati
:Nafosat olami
O’RIK GULLAGANDA
Derazamning oldida bir tup
O’rik oppoq bo‘lib gulladi...
Novdalarni bezab g‘unchalar,
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.
Har bahorda shu bo‘lar takror,
Har bahor ham shunday o‘tadi,
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi.
Mayli, deyman va qilmayman g‘ash,
Xayolimni gulga o‘rayman;
Har bahorga chiqqanda yakkash,
Baxtim bormi, deya so‘rayman.
Yuzlarimni silab, siypalab,
Baxting bor, deb esadi yellar.
Etgan kabi go‘yo bir talab,
Baxting bor, deb qushlar chiyillar...
Hamma narsa meni qarshilar,
Har bir kurtak menga so‘ylar roz,
Men yurganda bog‘larga to‘lar
Faqat baxtni maqtagan ovoz:
«Mana senga olam-olam gul,
Etagingga siqqanicha ol,
Bunda tole har narsadan mo‘l,
To o‘lguncha shu o‘lkada qol.
Umrida hech gul ko‘rmay, yig‘lab
O’tganlarning haqqi ham senda,
Har bahorni yig‘lab qarshilab
Ketganlarning haqqi ham senda...»
Derazamning oldida bir tup
O’rik oppoq bo‘lib gulladi...