Комментарии
- 26 мая 2014 14:59Hammasi yaxwiyu Admin mavzu kiritiwni yopib qo'yganlade.
- 11 ноя 2014 18:15Sher haqiqattan zo'r raxmat. Faqat iltimos yozganda buzmasdan, hech bir satrini tushurmasdan yozing
- 12 ноя 2014 14:36Kamchiliklar uchun uzur! meni yodimdan ko'tarilgan satrlarni ma'qul topsangiz kametga kriting.
- 13 дек 2014 15:40Uh, siz hozir meni "hayotimni saqlab" qolganingizni bilsangiz edi...
<Raxmat>
- 16 дек 2014 19:28Kxe-xe-xe, agar admin bo'lganimda shunaq kament yozgan bo'larmidim? Kamentni mavzuni qo'shgan kishiga yozdim.......
- 7 фев 2015 19:42Hamid olimjonning bir sherini yozishni ilojisi bormi .bolalik kunlarimda uyqusiz tunlasimda, kup ertak eshitgandim suzlab berardi buvim .deb boshlanardi iloji bulsa shu sherini yozinglar iltimos
- 26 фев 2015 09:00iltimos shu sherni englishchasini yozvoring iltimos yozganga 1000sum
- 3 мар 2015 04:03Assalomualeykum.Admin kim? ~KÖRGANMIDING KÖZLARIMDA YOW~she'ri bölsa tema qilib qöwinglar.
- 3 мар 2015 08:21Sog'inganda seni bir izlab
Qabring tomon olar edim yöl
Keltirarding menga bir zamon
Endi xar chog' men eltaman gul
Keldim...
Uzoq qoldim men sokin
Sening aziz boshingda yolg'iz
Osmon tiniq edi va lokin
Parcha bulut uchib keldi tez
Kökda sening boshingda turib
Göyo yuragimda qalqdi u
Közimdagi yoshimni körib
U xam tökdi yoshini duv-duv
Biz yig'ladik tepangda shu kun
Keldingmi deb kötarmading bosh
Aytchi sen-la baxtiyor onlar
Körganmiding közlarimda yosh.? - 3 мар 2015 08:39Muallif Zulfiya.
Hamid Olimjonga bag'iwlab yozgan. - 3 мар 2015 10:12Tashakkur!Xa bilaman.Kecha Shoirani xotirasiga bag'iwlangan körsatuvda ewitgandim bu we'rni.Ularni ijodi menga juda yoqadi.
- 8 мар 2015 10:31Salom. Bayram muborak!
Admin kimligini topsangiz menga ham ma'lum qiling, oldindan raxmat. - 3 апр 2015 17:12ЗУЛФИЯХОНИМ --------
МЕНИНГ ЭНГ СЕВГАН ШОИРАЛАРИМ ОРАСИДА КИРОЛИЧАСИДИР! - 9 фев 2016 12:16Zulfiyaxonimni she'rlarini men ham sevib o'qiyman. Judayam zo'r yozilgan she'rlar!!! Shoira.
- Комментарий удалён.
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
Zulfiya Isroilova va Hamid Olimjon she'riyati
:في قلبي الله
O‘zbekiston
Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi manda...
Chappar urib gullagan bog‘in,
O‘par edim Vatan tuprog‘in.
Odamlardan tinglab hikoya
O‘sar edi shoirda g‘oya.
Daryolardan kuylab o‘tardim,
Ertaklarga quloq tutardim.
Hammasini tinglardim, ammo
O‘xshashini topmasdim aslo.
O‘xshashi yo‘q bu go‘zal bo‘ston
Dostonlarda bitgan guliston –
O‘zbekiston deya atalur,
Uni sevib el tilga olur.
Chiroylidir go‘yo yosh kelin,
Ikki daryo yuvar kokilin;
Qorli tog‘lar turar boshida,
Gul vodiylar yashnar qoshida.
Chor atrofga yoyganda gilam,
Aslo yo‘qdir bundayin ko‘klam.
Tog‘lardagi qip-qizil lola,
Bo‘lib go‘yo yoqut piyola,
Buloqlardan uzatadi suv,
El ko‘zidan qochadi uyqu.
Dalalarda boshlanadi ish,
Boshlanadi ijod va turmush.
Kundan - kunga o‘sadi paxta,
Barg chiqadi har bir daraxtda.
Olmazorlar gulin to‘kadi,
Meva bog‘lab shoxin bukadi.
Shaharlarda ishga chiqib el,
Odam bilan to‘lar Tekstil.
Hammasining bir istagi bor,
Hammasi ham xursand, baxtiyor.
Bu o‘lkada har narsa bordir,
Ko‘rmaganlar doim humordir.
Amu bilan Sirdan suv ichgan,
Zarafshonni loylatib kechgan,
Chavandozlar bordir bu elda.
Bahor chog‘i pishqirgan selda,
Arg‘umoqlar qo‘shig‘i bordir:
Bu shundayin ajib diyordir.
Dalasida o‘smas tikonlar,
Cho‘llarida chopmas ilonlar;
Qush uchganda kuymas qanoti,
Odam o‘tsa qurimas zoti.
Chanqov qolib yo‘lovchi o‘lmas,
Har burchakda boshkesar
bo‘lmas.
Kulbalarni kelib bosmas qum,
Go‘daklarni yutmas och o‘lim,
Odamga baxt va tole` yordir –
Bu shundayin ajib diyordir.
Bunda bulbul kitob o‘qiydi,
Bunda qurtlar ipak to‘qiydi,
Bunda ari keltiradi bol,
Bunda qushlar topadi iqbol.
Bunda qorning taglarida qish
Bahor uchun so‘ylaydi olqish.
Bir o‘lkaki husnga boydir,
Uning eng zo‘r ko‘zgusi oydir;
Bir parcha o‘t bo‘lib bunda kun
Paxtasiga ishlaydi har kun.
Botirlari kanal qazadi,
Shoirlari g‘azal yozadi,
Kuychilari o‘qiydi yalla,
Juvonlari aytadi alla,
Pazandasi yopadi shirmon,
Qarilari kutadi mehmon. –
Bu shundayin ajib diyordir.
Shuning uchun tinchdir ul
ko‘ngil,
Shuning uchun osoyishdir ul.
Shuning uchun somonda
yotmas,
Shuning uchun sovuqda qotmas,
Yovlariga osmon tutundir,
Shuning uchun bag‘ri butundir.
Shuning uchun yopinmagay xas,
Shuning uchun kiyinar atlas.
Shunday o‘lka doim bor bo‘lsin,
Shunday o‘lka elga yor bo‘lsin.
Omon bo‘lsin og‘aynilari,
Omon bo‘lsin do‘stlarning bari.
Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi manda...