Комментарии

  • 22 фев 2014 21:33
    Fevral. Ayoz tönin kiygan yer-u kök, Derazaga boqib turibman hissiz. Hamon kutishlardan charchaganim yöq, Nahot besh yil ötdi benishon, beiz. Nahot közlarimga boqmading birrov, Körarding armonning munglig' suratin. Boqsang yuragimni qoplagan qirov, Muzlab qolmasaydi erta, yo indin! Armonning surati manguga öchmas, Yoyilib ketmoqda yuraklarimga. Ishon, bu suratni boshqa birovmas, Sen chizib ketgansan qaroqlarimga. O, sen shafqatsizim, sezmaysan nechun, Yoningda yolg'izman sevgingdan nari. Axir tushunsang-chi tashqaridamas, Yuragimda qishning izg'irinlari. Fevral! Yuragimga yog'ayotir qor...
  • 2 июл 2015 20:38
    Qoyil opajonim