"SEVGI kuni yohud FAXSH botqog'i!!!

". Assalamu alaykum Azizlar.
O'zbekistonda Valentin kuniga
bag'ishlangan barcha
konsertlar va tadbirlar bekor
qilish haqida buyruq qabul
qilindi. Bundan tashqari
barcha taniqli qo'shiqchilarga
Valentin kuniga bag'ishlangan
konsert va tadbirlarga
qatnashish ta'qiqlap qo'yildi.
Bundan tashqari barcha OAV
( Ommaviy Axborot
Vositalari ) da Valentin kuniga
bag'ishlan ko'rsatuvlarni
efirga qo'ymaslik maslahat
berildi. Buning asosiy sababi
qilib bu bayram Islom dini
bayrami emasligi ko'rsatildi.
Ochig'i ushbu Qarordan
judayam Xursand bo'ldim.
Yaqin yaqingacha 14-fevral
Yurtimizda ulug' inson shoh
va shoir Zahiriddin
Muhammad Bobur
hazratlarining tug'ilgan kuni
sifatida eslanardi. Keyinchalik
har har zamonda bu sanani "
Sevgi kuni " deb nomlay
boshlashdi. Ko'rishdiki,hech
kim indamadi.keng
jamoatchilik bu narsaga
loqaydroq munosabatda
bo'ldi. Endi, baralla har turli
restoranlar,
mehmonxonalardagi katta
katta davralarda,hattoki,katta
konsert zallarida
nishonlaydigan bo'lishdi.
Televideniye,radio va
gazetalarda bir birini
tabriklawib, " Sevgi isxorlari"
junatadigan bo'lishdi.
Kimlardur aynan shu kuni "
Visol " oqshomi belgilaydigan
bo'lishdi. Ko'pchik Yevropa
davlatlarida,xususan,
Rossiyada bu sanani rasman "
Sevgi kuni"deb e'lon qilmagan
bo'lishsada ,buzuqchilikni kasb
qilib olgan tadbirkorlar wu
kunni namoyishkorona
nishonlashib, mo'maygina pul
ishlap olishadi,ommaviy
axborot vositalari orqali juda
köp behayolik va faxshni
targ'ib qilishadi, shu kuni
ko'pgina "sho'ring qurg'ur "
soddalar aldanib,badnom
bo'lib qolishadi.
Bu botil va sharmandalik
kunining kelib chiqishi
eramizdan oldingi davrlardagi
qadimgi RIMga borib taqaladi.
Shu kuni Rimliklarda erkak va
ayollarning juda ko'pchiligi
ko'chalarda qip yalang'och
yurishib,bir birlari b.n
xursandchilik qilishgan. Bu
namoyishkorona
behayolikning asl sababi mana
bunday bölgan: o'sha
davrlarda Rimda yosh bolalar
o'limi köpayib,ayollarning
tug'ishi kamayib ketgan,bolasi
yöq ayollar befoyda,yomon
ayol hisoblanib
qolgan,mamlakatning kelajagi
odamlarni tashvishga solgan
ekan. Qaysidur donishmand
bu masalani yechimi sifatida
14 fevral kuni muhabbat
xudosi (!?) JUNA FEBRUATA va
xudo ( !?) FAVN.larning
nomiga echki qurbonlik
qilish,bu echkining terisidan
tasma tayyorlab olgan
erkaklar ko'chada yap-
yalang'och yurishib,ko'zlariga
ko'ringan ayollani urishlari,bu
ayollar ham öz ixtiyorlari b.n
tasma zarbini qabul qilishlari
lozimligini aytadi. Va shunday
qilishadi....!!! ( Astag'furillah,
naqadar tubanlik. ) ayollar
ham xursandchiliklarini oshkor
qilish maqsadida kiyimlarini
yechib, O'zlarini erkaklarning
izmiga topwiradilar.
Avvalda bu marosim
Luperkaliy kuni deb atalgan.
Bu marosim keyinchalik "
Valentin kuni " nomini
olishining ham öz tarixi bor.
Qadimgi Rim imperatori
KLAVDIY II özi olib borayotgan
urush tugaguncha qo'l
ostidagi jangchi va
zobitlarining baquvvat
bölishliklarini ta'minlash uchun
mamlakatda Luperkaliy
namoyishlarini töxtatishga va
erkaklarning uylanmay
turishlariga buyruq beradi.
Cherkov xizmatchisi Avliyo
VALENTIN esa sevishganlarga
yordam berish maqsadida
ularning juftlanishlariga yöl
beradi va özi ham bitta qiz
bilan sevishadi. Uning bu
qilmishlari Imperatorning
qulog'iga yetib borgach,
Imperator Valentinni qatl
qilishga buyruq beradi. Qatl
14-fevral kuni amalga
oshiriladi. Shundan keyingi
davrlarda Luperkaliy
namoyishlarini Valentinning
ismiga kinoya sifatida
VALENTIN KUNI deb, ösha kuni
sevgi isxori sifatida
junatiladigan maktub yoki
suratlarni Valentinka deb atay
boshlashdi.
Demak,kelib chiqadiki,bugun "
Sevgi kuni "deb axmoqchilik
qilayotganlar nafaqat
otameros ODOB-
AXLOQLARIMIZGA qarama-
qarshi ish qilishmoqda,balki
bundan ikki yarim-uch ming
yillar oldin yashab ketgan
Rimliklar va ulardan keyingi
Fosiqlarning ruhlarini shod
qilishmoqda. " KIM QAYSI
QAVMNI YAXSHI KO'RSA,
QIYOMAT KUNI O'SHA
QAVMNING SAFIDA
TIRILTIRILADI" degan
muborak hadisni Unutmaylik.
Ushbu kunni tarixini
yozarkanman,yanayam
jirkanib ketdim o'sha kunni
Fosiqlaridan. Bizni Hayvondan
ajratib turuvchi tösiq qani. "Bu
kun nima qipti, unaqa ish
qilmayapmiz,nimasi
yomon"diydiganlar ham
uchrar balkim. Nahot shu
Jirkanch Adashganlarni Avlodi
va Izdoshi bo'lib qolishdan
xazar qilmasangiz. Qiyomatda
qay Insonlar bilan birga
tirilishingizni hozirdan
tayyorlamoqdamisiz. To'g'risi
bu kunga konsert berib xalqga
shu kunni singdirayotgan
San'atkorlardan xazar qilaman.
Ular o'z xalqini
Adashtirmoqda, O'zbekligini
unutgan. G'arbga taqlid
qilishmoqda. Axir Oriyatli
O'zbekmiz. O'zligimizni
yo'qotmiylik. Fisq fujur,
Faxshdan O'zligimizni ximoyat
etaylik Azizlar. IFFAT, Ibo Hayo
ko'tarilsa qaytmiydi. Erkakmi
hoh ayol,shu Iffatimizni
asraylik.
E'tibor uchun TASHAKKUR...

Комментарии

Комментариев нет.