Payg'ambarimiz Muhammad

Sollallohu alayhi vasallam:
“Duo eting, chunki duo
ibodatning o‘zagi va
mag‘zidir”, deganlar.
Bandaga
yarashgan ish o‘zining ojiz,
Allohning yordamiga muhtoj
ekanligini bilish va Allohning
marhamat eshigiga bosh urib,
Uning muruvvatidan umidvor
bo‘lish va qo‘lini duoga
ochishdir.
Duo faqatgina
namozda yoki diniy
marosimlarda emas, balki har
yerda qilinishi mumkin. Bu ham dinda yengillikdir.
Duoning zamoni va makoni
yo‘qdir.
Duo juda baland ovoz
bilan qilinmaydi.
Alloh Taolo
Qur’oni Karimda:
“Rabbingizga
maxfiy va iltijo bilan duo
qiling”, deb buyuradi.
Alloh
qalbdagi yashirin va oshkora
har narsani, yaxshi niyat bilan
duo qilganlarni ham, xohlamay
duo qilganlarni ham biladi.
Qalbingizni barcha
gumonlardan xoli etib, pokiza
ko‘ngil bilan iltijo qiling.
Sahobai kiromlar Rasululloh
Sollallohi alayhi vasallam dan so‘radilar:
— Ey, Allohning rasuli,
Rabbimiz bizga uzoqmi yoki
yaqin?
Agar yaqin bo‘lsa ovoz
chiqarmay yolvoraylikmi yoki
uzoq bo‘lsa Unga nido
etaylikmi?
Ushbu savolga javob sifatida
“Baqara” surasidagi shu oyat
nozil bo‘ldi:
“Ey, Muhammad!
Qullarim sendan men haqimda
so‘rasalar, men ularga
yaqinman.
Menga duo qilgan
payt duogo‘ylarning duosini
ijobat qilaman.
Bas, haq yo‘lga
yurishlari uchun (ular ham)
mening (da’vatimga) javob
qilsinlar va Menga iymon
keltirsinlar”.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan dan rivoyat
qilinishiga ko‘ra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
shunday dedilar:
“Uch
kishining duosi shubhasiz
qabul qilinadi:
1. Mazlumning duosi.
2. Yo‘lovchining duosi.
3. Ota-onaning farzandi
haqiga qilgan duosi”.
Shuningdek Rasuli Akram
sollallohu alayhi vasallam quyidagi holatlarda ham duo
qabul bo‘lishini marhamat
etganlar:
— Otaning duosi tez vaqt
ichida qabul bo‘ladi.
— Musulmon kishining boshqa
musulmon haqiga qilgan
g‘oyibona duosi albatta qabul
qilinadi.
Duo qilayotgan
insonning boshi tepasiga bir
farishta kelib:
“Omin va senga
ham shunday bo‘lsin”, der
ekan.
— Alloh uchun
sevishganlarning bir-birlari
uchun qilgan duolari qabul
qilinadi.
— Sen bir bemorning yoniga
borgan vaqting undan seni duo
qilishini so‘ra, chunki
bemorning duosi farishtaning
duosi bilan tengdir.
O‘zingiz uchun emas, balki
o‘zgalar uchun ham duo qiling.
Sizni tanigan-tanimaganlar,
sizga zarradek yaxshiligi
tekkan-tegmagan bandalar
haqiga duo qiling.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buyuradilar:
“Ey, sahobalarim!
Sizlar
gunohsiz og‘zingiz bilan duo
qiling”.
Shunda sahobalar:
— Yo, Allohning Rasuli,
gunohsiz og‘iz qanday bo‘ladi?
— deb so‘radilar.
Rasuli
Akram sollallohu alayhi vasallam:
— Hammaning og‘zi o‘zi
uchun gunohkor, faqat boshqa
uchun gunohkor emas, — deb
javob berdilar.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam
shunday deb duo qilardilar:
“Allohim, shu to‘rt narsadan
Sendan panoh tilayman:
1.
Foyda bermagan ilmdan.
2.
Qo‘rquvni
his qilib
bo‘ysunmagan qalbdan.
3.
To‘ymagan nafsdan.
4.
Eshitilgan, lekin
qabul
qilinmagan duodan”.
Duo qabul
bo‘ladigan vaqtlar
haqida ikki jahon sarvari
Muhammad sollallohu alayhi vasallam marhamat
qiladilar:
— Ikki vaqt bordirki,
u
vaqtlarda osmon eshigi ochiq
bo‘ladi.
Rad etilgan duolar
deyarli bo‘lmaydi.
Birinchisi —
azon aytilgan vaqt,
ikkinchisi
— dushman bilan yuzma-yuz
kelgan payt.
Kechasi shunday
bir
vaqt borki,
bir musulmon bu vaqtda duo
qilsa, dunyo va oxirat uchun
Alloh Taolodan nimaniki
so‘rasa, albatta so‘ragani
beriladi.
Bunday muborak soat
har bir kechada bordir.
Tunning
yarmida osmon
eshiklari ochiladi va bir nido
keladi:
“Duo qilgan bormi?
Duosi qabul bo‘ladi.
Bir narsa
istagan bormi?
Istagani
beriladi”.
Bu vaqtda zino qilgan
va birovning haqini
nohaq yeydiganlardan
tashqari
hamma musulmonning duosi
qabul bo‘ladi.
Juma kuni
shunday bir soat
borki, ushbu soatda musulmon
kishi Allohga duo qilib, nimani
so‘rasa, albatta, duosi qabul
bo‘ladi.
Shuningdek, Arafa
kuni qilingan duo ham tezda
ijobat bo‘ladi.
Ramazon oyida
Allohni
ko‘p
zikr etgan musulmonning
gunohlari kechiriladi va
duolari qabul bo‘ladi.
Allohdan
istagi bo‘lgan inson
farz namozidan so‘ng Allohga
duo qilsin.

Комментарии

  • 17 дек 2014 14:45
    MASHALLAOh 
  • 17 дек 2014 14:46
    br savolm bor ikki sevishgan duo klsa br briga duosi kabbul boladi debsz unda shariatda sevish bormi nma deganni bu
  • 17 дек 2014 18:25
    Assalamu alaykum yahdina va yahdiykumulloh,

    Sevishganlar deganda sha'ran maxramga aylangan ikki oshiq, nazarda tutiladi. Shular bir birlari uchun ALLOH dan so'rasalar qabul bo'ladi demoqchi.

    Shariatda sevgi faqat halol va islomiy bo'lsa gunohdan yiroqda bo'lur edi.

    Xozirgi kunimizda gunohga tortadigan shaytoniy xirslarga shaxvatlarga olib boradigan sevgilar juda ko'p bular albatta do'zaxga yaqinlashtirajak.

    Sevgi Avvalo Qur'on va sunnatdan boshlansa maqsadga muvofiq bo'lur edi.

    Islomda sevgi itoat etish,ishonish,amal qilish,o'rganish,o'rgatish, degan ma'nolarni beradi.

    Yana savollaringiz bo'lsa lichkaga yozing