O‘shanda qishning qorli-qirovli kunlari tugab, bahorning iliq havosidan sovuqdan junjikkan vujudlarimiz yayrab, ko‘ngillarda yangi-yangi umidlar, orzular tug‘ilgandi. Go‘yo yerga nurlarini bir qadar bisyorroq socha boshlagan quyosh qalbimizda mudrab yotgan tuyg‘ularni uyg‘otib yuborgandek edi. Shubhasiz, tabiat ham bu o‘zgarishlardan chetda qolmagandi. Hamma yoq ko‘m-ko‘k. O‘rik daraxtlari qiyg‘os gullagan. Xullas, bahoriy kayfiyat har bir narsada, har bir jonzotda aks etib turardi. Sinfdosh bolalar bilan kelishib, qizlarga ziyofat qilib bermoqchi bo‘ldik. Bundan men juda xursand edim. Chunki... Chunki bu ziyofatda uni ko‘rishimni bilardim. Aynan shu kechada men unga dilimdagi bor gapni aytishim kerak. "Shuncha payt sir saqlaganim ham yetar. Sevishimni bilib olsin!” deb o‘yladim...Farida bilan men bir sinfda o‘qib, bir partada o‘tirganmiz. Men shu qizni sevardim. Avvaliga, ya’ni boshlang‘ich sinflarda, aniqrog‘i, yettinchi sinfga qadar unga shunchaki oddiy sinfdosh sifatida qarardim. Lekin keyinroq... Faridani ko‘rmasam, sog‘inadigan, uzoq-uzoq o‘ylaydigan bo‘lib qoldim. Yonimda bo‘lganida esa termulib o‘tiraverardim. Uning chehrasi menga endi boshqacha, juda ham boshqacha tuyila boshlagandi. Ilgarigi qo‘pol hazillarimni yig‘ishtirib qo‘ydim. Faridaga zarracha ozor yetishini xohlamasdim. O‘sha paytlarda bu tuyg‘uning sevgi ekanini tasavvur ham qilmagandim, qilolmasdim ham. Chunki men unda endigina o‘n uch yoshda edim. Lekin his- tuyg‘ularim yildan-yilga chuqurlashib boraverdi va men Faridani juda-juda qattiq sevishimni tushundim.Unga ishqimni izhor qilishga chog‘lana-chog‘lana maktabni bitirish vaqti kelib qolganini ham sezmay qolibman. "Oqshom”da dilimdagini to‘kib-solishga qaror qilib, bir necha bor og‘iz juftladim. Ammo... Qaniydi, bu soqov til aylana qolsa!.. Maktabni bitirib shahodatnoma oldim hamki, Faridaga sevishimni aytolmadim.Ko‘pgina sinfdoshlarimiz oliy o‘quv yurtlarining talabasi bo‘lishdi. Jumladan, men va Farida ham. Turgan gapki, uni endi har kuni emas, haftada bir yoki ikki marta ko‘radigan bo‘ldim. Ammo hamon sevgimdan so‘z ocholmayman. Vaholanki, maktabni bitirganiimzga ham ikki yildan oshdi...Ertalabdan yog‘a boshlagan yomg‘ir o‘n birlarga borib qorga aylanib ketdi. Havo ham shunga yarasha — sovuq. Endigina uyg‘ona boshlagan tabiat ham uyquga ketgan kabi hissiz, madorsiz. Osmon esa qovoqlarini uyib olgancha qor yog‘dirishdan charchamasdi. Kunning bunchalik "tundligi” ko‘nglimni biroz g‘am qilsa- da, Faridani ko‘rish umidi bu g‘ashlikni tumandek tarqatib yubordi. "Bugun, albatta, aytaman! Aytmasam bo‘lmaydi. Qachongacha ichimda saqlayman? Balki... Nima bo‘lganda ham, unga aytishim kerak hammasini”.Ziyofat Ziyodullanikida bo‘lishiga kelishganimiz uchun o‘sha yoqqa bordim. Belgilangan vaqtdan biroz ertaroq kirib borganimga qaramay, deyarli hamma jam bo‘lgan edi. Faqat... Faqat Farida va uning yaqin dugonasi Gulnora yo‘q edi. Ko‘nglim yana g‘ashlandi.— Farida nega kelmadi? — sabrsizlanib so‘radim Ziyodulladan. Ovozim g‘alati, titrab chiqdi.— Kelib qoladi, — beparvo javob berdi u. — Hali vaqtli- ku!..Dasturxon juda to‘kin edi. Hamma yeyish- ichish bilan ovora. Lekin mening tomog‘imdan suv ham o‘tmasdi. Faridaning nega kelmayotganini bilolmay hayron edim.— Farida ziyofatga kelmoqchimidi? — so‘radim yonimda o‘tirgan Muniradan.— Albatta. Bir hafta avval ko‘rganimda, "Zo‘r ish bo‘pti, boraman”, degandi. — Kelmayapti-ku! — dedim zarda bilan go‘yo Faridaning kelmayotganiga Munira aybdordek.— Qiziqsan-a? — to‘ng‘illadi u. — Men qayoqdan bilay?! Ehtimol, ota-onasi...Munira gapini tugatmagan ham ediki, "zal” eshigi oldida Gulnora ko‘rindi. Qizlar bir zumda chuvillashib uning atrofini o‘rab olishdi.— Namuncha kech qolding? — Kelmasang kerak, deb o‘ylayotgandik.— Farida- chi?! Qani u?!Gulnora sirli jilmayib hammamizga bir-bir qarab chiqdi.— Suyunchi berlaring! — dedi kutilmaganda qarsak chalib. — Faridani erga beramiz.Boshimga kimdir musht tushirgandek butun vujudim zirqirab, ko‘zlarim tinib ketdi. Bir lahza qaerda, kimlar orasida ekanligimni unutib qo‘ydim. Es-hushimni yig‘ishtirib olganimda, Gulnoraning berilib aytayotgan gaplarini eshitdim. — Bugun fotiha bo‘lyapti. Farida rosa xursand. O‘ziyam ikki yildan beri uchrashib yurishardi...Gulnoraning qolgan gaplari qulog‘imga kirmadi. Ko‘zlarimni derazaga qadadim. Tashqarida o‘rikning chiroylikkina bo‘lib ochilib turgan nim pushti gullarini oppoq qor oplab olgandi. Xuddi mening sevgim singari.
♠ Eทg zőr אikσצαlαr ♠
:ॐπקอςŦอú ทลþέнь (σƒƒเçเลl þฉge)ॐ 070
Qorga ko'milgan sevgi
O‘shanda qishning qorli-qirovli kunlari tugab,
bahorning iliq havosidan sovuqdan junjikkan
vujudlarimiz yayrab, ko‘ngillarda yangi-yangi
umidlar, orzular tug‘ilgandi. Go‘yo yerga nurlarini
bir qadar bisyorroq socha boshlagan quyosh qalbimizda mudrab yotgan tuyg‘ularni uyg‘otib
yuborgandek edi. Shubhasiz, tabiat ham bu
o‘zgarishlardan chetda qolmagandi. Hamma yoq
ko‘m-ko‘k. O‘rik daraxtlari qiyg‘os gullagan. Xullas,
bahoriy kayfiyat har bir narsada, har bir jonzotda
aks etib turardi. Sinfdosh bolalar bilan kelishib, qizlarga ziyofat qilib bermoqchi bo‘ldik. Bundan
men juda xursand edim. Chunki... Chunki bu
ziyofatda uni ko‘rishimni bilardim. Aynan shu
kechada men unga dilimdagi bor gapni aytishim
kerak. "Shuncha payt sir saqlaganim ham yetar.
Sevishimni bilib olsin!” deb o‘yladim...Farida bilan men bir sinfda o‘qib, bir partada o‘tirganmiz. Men
shu qizni sevardim. Avvaliga, ya’ni boshlang‘ich
sinflarda, aniqrog‘i, yettinchi sinfga qadar unga
shunchaki oddiy sinfdosh sifatida qarardim. Lekin
keyinroq... Faridani ko‘rmasam, sog‘inadigan,
uzoq-uzoq o‘ylaydigan bo‘lib qoldim. Yonimda bo‘lganida esa termulib o‘tiraverardim. Uning
chehrasi menga endi boshqacha, juda ham
boshqacha tuyila boshlagandi. Ilgarigi qo‘pol
hazillarimni yig‘ishtirib qo‘ydim. Faridaga zarracha
ozor yetishini xohlamasdim. O‘sha paytlarda bu
tuyg‘uning sevgi ekanini tasavvur ham qilmagandim, qilolmasdim ham. Chunki men
unda endigina o‘n uch yoshda edim. Lekin his-
tuyg‘ularim yildan-yilga chuqurlashib boraverdi va
men Faridani juda-juda qattiq sevishimni
tushundim.Unga ishqimni izhor qilishga
chog‘lana-chog‘lana maktabni bitirish vaqti kelib qolganini ham sezmay qolibman. "Oqshom”da
dilimdagini to‘kib-solishga qaror qilib, bir necha
bor og‘iz juftladim. Ammo... Qaniydi, bu soqov til
aylana qolsa!.. Maktabni bitirib shahodatnoma
oldim hamki, Faridaga sevishimni
aytolmadim.Ko‘pgina sinfdoshlarimiz oliy o‘quv yurtlarining talabasi bo‘lishdi. Jumladan, men va
Farida ham. Turgan gapki, uni endi har kuni emas,
haftada bir yoki ikki marta ko‘radigan bo‘ldim.
Ammo hamon sevgimdan so‘z ocholmayman.
Vaholanki, maktabni bitirganiimzga ham ikki
yildan oshdi...Ertalabdan yog‘a boshlagan yomg‘ir o‘n birlarga borib qorga aylanib ketdi. Havo ham
shunga yarasha — sovuq. Endigina uyg‘ona
boshlagan tabiat ham uyquga ketgan kabi hissiz,
madorsiz. Osmon esa qovoqlarini uyib olgancha
qor yog‘dirishdan charchamasdi. Kunning
bunchalik "tundligi” ko‘nglimni biroz g‘am qilsa- da, Faridani ko‘rish umidi bu g‘ashlikni tumandek
tarqatib yubordi. "Bugun, albatta, aytaman!
Aytmasam bo‘lmaydi. Qachongacha ichimda
saqlayman? Balki... Nima bo‘lganda ham, unga
aytishim kerak hammasini”.Ziyofat Ziyodullanikida
bo‘lishiga kelishganimiz uchun o‘sha yoqqa bordim. Belgilangan vaqtdan biroz ertaroq kirib
borganimga qaramay, deyarli hamma jam bo‘lgan
edi. Faqat... Faqat Farida va uning yaqin dugonasi
Gulnora yo‘q edi. Ko‘nglim yana g‘ashlandi.—
Farida nega kelmadi? — sabrsizlanib so‘radim
Ziyodulladan. Ovozim g‘alati, titrab chiqdi.— Kelib qoladi, — beparvo javob berdi u. — Hali vaqtli-
ku!..Dasturxon juda to‘kin edi. Hamma yeyish-
ichish bilan ovora. Lekin mening tomog‘imdan suv
ham o‘tmasdi. Faridaning nega kelmayotganini
bilolmay hayron edim.— Farida ziyofatga
kelmoqchimidi? — so‘radim yonimda o‘tirgan Muniradan.— Albatta. Bir hafta avval ko‘rganimda,
"Zo‘r ish bo‘pti, boraman”, degandi. —
Kelmayapti-ku! — dedim zarda bilan go‘yo
Faridaning kelmayotganiga Munira aybdordek.—
Qiziqsan-a? — to‘ng‘illadi u. — Men qayoqdan
bilay?! Ehtimol, ota-onasi...Munira gapini tugatmagan ham ediki, "zal” eshigi oldida Gulnora
ko‘rindi. Qizlar bir zumda chuvillashib uning
atrofini o‘rab olishdi.— Namuncha kech qolding?
— Kelmasang kerak, deb o‘ylayotgandik.— Farida-
chi?! Qani u?!Gulnora sirli jilmayib hammamizga
bir-bir qarab chiqdi.— Suyunchi berlaring! — dedi kutilmaganda qarsak chalib. — Faridani erga
beramiz.Boshimga kimdir musht tushirgandek
butun vujudim zirqirab, ko‘zlarim tinib ketdi. Bir
lahza qaerda, kimlar orasida ekanligimni unutib
qo‘ydim. Es-hushimni yig‘ishtirib olganimda,
Gulnoraning berilib aytayotgan gaplarini eshitdim. — Bugun fotiha bo‘lyapti. Farida rosa xursand.
O‘ziyam ikki yildan beri uchrashib
yurishardi...Gulnoraning qolgan gaplari
qulog‘imga kirmadi. Ko‘zlarimni derazaga
qadadim. Tashqarida o‘rikning chiroylikkina bo‘lib
ochilib turgan nim pushti gullarini oppoq qor oplab olgandi. Xuddi mening sevgim singari.