Ota mehriga to'yolmaganlar...

Ko'rinsada baxtli, kam-ko'stsiz
asli, Rang-barang o'tsada yilning
har fasli, Ko'rsatmay yig'larlar,
beozor sasli, Otasini sog'inib
ko'rolmaganlar, Mehribonin
mehriga to'yolmaganlar.
Dardingiz olsada bir dardkash
bo'lib, Ko'zi miltillab boqsada
kulib, Asli har soniya olar o'lib-
tirilib, Otasin har lahzada
qumsayotganlar, Kelmasada
mehribonin zor-zor kutganlar.
Otasin tush ko'rgan kun
bayramday, Qumsab yig'lagani
tugamas alamday, Do'st yo'q
unga asli zabonsiz qalamday,
Otasini sog'inib alam yutganlar,
Mehribonin mehriga to'ymay
o'tganlar. "Otajon!" deya beozor
pichirlab aytarlar, Mozor borib
otasin ko'rolmay qaytarlar,
Qalblarin tun-u kun sog'inch
o'rtarlar, Otasizlik zarbiga dosh
berayotganlar, Har lahza bir o'lib
tirilayotganlar. Gul eltib erinmay
padarin qabriga, Tahsin aytar
ba'zan o'zin sabriga, Ishonmay
yasharlar chekkan jabriga,
Otajonin sog'inib ko'rolmaganlar,

Комментарии

Комментариев нет.