Qalbimni tirnagan xijrondan bo'lak.

Yuragimni ezgan armondan bo'lak.
Azoblardan qolgan bir jondan bo'lak.
Sendan nima qoldi menga azizim...
Endi sening uchun hayotim uvol.
Qörqaman qalbinga bermoqqa ozor, Ayt o'ylab kurdingmi sen shuni bir bor.
Sendan nima qoldi menga azizim...
Tugab bormoqdadir sabru bardoshim.
Sunib bormoqdadir umr quyoshim.
Yuzlarimni eritar ko'zdagi yoshim,
Sendan nima qoldi menga azizim... Mayli kulib boqsin senga omad,
Mayli o'zga yorla topgin saodat.
Lekin bir savolimga javob ber faqat.
Aytchi sendan nima qoldi menga azizim...
Dardim ko'p ammo sen unda begona,
Hasratim tinglasa yig'laydi falak. Dunyoda sevganim sensan yagona,
JONIM AYRILIQQA CHIDOLMAS YURAK

Комментарии