Suvchechak- o'tkir infesion kasallik

hisoblanadi.
O'ziga xos suvli toshmalar bilan kechishi
kuzatiladi. Suvchechak virusli tabiatga
ega kasallik sanaladi. Qo'zg'atuvchi
virus gerpes oilasiga mansubdir. U faqat teri hujayralari va shilliq qatlamni
zararlantirish xususiyatiga ega.
Bolaning tanasiga havo yo'li orqali
o'tadi. Infeksiya manbasi kasallangan
inson sanalib, u bilan to'g'ri muloqot
qilish shart emas. Ya'ni ushbu virus uchuvchan hisoblanib,
qo'shni xonalarga ham o'tishi mumkin.
Lekin u tashqi muhitda turg'unlikka ega
emas, bu uchinchi shaxslar yoki
predmetlar orqali yuqishiga sabab bo'la
olmaydi. Kasallangan bemor kasallik yuqqandan hisoblagan holda ikkinchi
kundan yuqumli sanaladi.
5 yoshgacha bo'lgan bolalarda ushbu
kasallikka chalinish juda yuqori
hisoblanadi. Emizikli bolalar (6 oygacha)
deyarli ushbu kasallik bilan og'rimaydilar. Chunki ona bolaga o'z
suti orqali immunitet yuborib turadi. 10
yoshdan so'ng ham bolalar deyarli
ushbu dardga chalinmaydilar. Lekin
ushbu kasallikka ushbu davrda bolalar
chalinsalar. U nisbatan og'irroq va asoratli ko'rinishda kechadi.
Kasallikning yashirin davri 2 hafta
davomida kechadi, kam hollarda 10-21
kundir. Odatda kasallik o'tkir ko'rinishda
boshlanadi. Yuqori tana harorati 38-39S
bilan birga bola tanasida toshmalar kuzatiladi. Toshmalar faqat kaft va
oyoq taglarida bo'lmaydi. Avval ushbu
toshmalar oddiy pushti tusda,
no'xatdek hajmga ega bo'ladi. Va tez
orada ushbu pushti toshmalar
markazida suvli pufak hosil bo'ladi. U vaqt o'tib qichishishni boshlaydi. Ota-
onalarning vazifasi bolani doimiy
ravishda kuzatib turishdir. Chunki bola
yaraning qichishiga chiday olmay, unga
begona infeksiyani kiritib qo'yishi
mumkin. Pufaklar 1-2 kun saqlanib turadi. Vaqt
o'tib ustida to'qish qatlam yuzaga
kelishni boshlaydi. Lekin ushbu
toshmalar hafta davomida toshib
turishi mumkin. Har bir toshma toshish
bosqichida tana harorati oshishi kuzatiladi.

Комментарии

  • 31 мар 2016 20:31
    Упка ялигланиши пнивмания