"" HAYOT GÖZAL "" (Gözal hikoya) Qiz juda sohibjamol edi.

Boshqa qizlardan farqli ravishda hayotga özgacha nigoh bilan boqardi. 19 yoshli gözal qizni tabiiy ravishda sevuvchilar ham bisyor edi. Lekin uni atrofdagi yigitlar umuman qiziqtirmas, qanaqadir özgacha va betakror sevgini kutardi. Yuragining tub-tubidan uning kelishini ham his etib turardi. Shunday kunlarning birida darsga keldi-yu, partasining ustida turgan qip-qizil atirgulni kördi. Gul bandiga biriktirilgan qog'ozchaga atiga ikki jumla yozilgandi: "Hayot gözal..." Negadir qizning lablarida tabassum uyg'ondi... Keyingi kunlarda yana bir-ikki bor bu holat takrorlandi. Qip-qizil atirgul va doimgi bir xil dastxat... Qiz bu gullarning sohibi kim ekanligiga judayam qiziqardi... Kunlarning birida qiz uyqudan uyg'onib, derazadan köchaga qaradi va birdan özgacha hayajonlanib ketdi. Röparadagi dökonchaning oppoq devoriga har xil böyoqlarda katta qilib yurak shakli chizilgan, uning ichiga qiz ismining bosh harfi yozilgandi. Eng ajoyibi esa, surat tagiga ösha sirli dastxat qöyilgandi: "Hayot gözal..." Qiz endi doim ösha sirli yigit haqida öylardi. Uning özini kuzatib yurganligini ham yaxshi bilardi. Odamlar orasidan uning qiyofasini axtarardi. Avvallari doim öychan yuradigan qiz endi kulib, jilmayib yurar, bu tabassumi uni yanada jozibador körsatardi. Qiz öziga yuborilayotgan har bir gulni qöliga olib zavqlanar, chindan unga hayot judayam gözal körinardi. (davomi komentda)
#новости

Комментарии