Balki

sevgandirman sizni shunchaki...
Bormikan siz kabi munis, beg'ubor,
Qaramoqqa boshqasiga qilar edim
or.
Siz bilan har doim-hamma vaqt
bahor,
Balki sevgandirman sizni shunchaki.
Bo'ysunmas buyruqqa bu mag'rur
yurak,
"Unimas boshqani sevmog'ing
kerak!"
Tilagim sizga baxt, eng ezgu tilak,
Balki sevgandirman sizni shunchaki.
"Shunchaki bo'lmaydi" - dedim
ishonib,
Sevaverdim o'zimcha lovillab,
yonib.
Sizla so'zlashardim shodon,
quvonib,
Balki sevgandirman sizni shunchaki.
Men uchun yoqimli barcha-barchasi,
Qalbimga o'rnashib faqat bittasi.
O'zi malham bo'lgan, o'zi yarasi,
Balki sevgandirman sizni shunchaki.
So'zlaringiz o'zgalardan o'zgacha,
Beg'ubor bir mittigina bolacha.
Sizga borib, yetolmadim sizgacha,
Balki sevgandirman sizni shunchaki.
Buloq tiniqlikda siz kabi emas,
Zilol suvi siz bergan rohatni bermas.
"Zilolim" derdimu ammo
mumkinmas!
Balki sevgandirman sizni shunchaki.
Kechiring orzuga berilib kettim,
Orzu deya armon etagin tutdim.
Yolg'izim men faqat bir sizni
kutdim,
Balki sevgandirman sizni shunchaki.

Balki
 - 541499583134

Комментарии

Комментариев нет.