Jarohat deb teri

qoplamlari, shilliq
pardalar, bazida esa tag’in
ham ichkaridagi to’qimalar
butunligining buzilishi va
og’rib, qonab turishi
hamda ochilib qolishi bilan
harakterlanadigan
shikastga aytiladi.
Jarohatlar o’q tekkan,
kesilgan, chopilgan,
sanchilgan, urilgan,
ezilgan, yirtilgan
tishlangan bo’lishi
mumkin. O’q tekkan
jarohatlar odamning
o’qdan yoki oskolkadan
yaralanishi natijasida
paydo bo’ladi. Bular teshib
o’tgan, uchi berk va
urinma jarohatlar bo’lishi
mumkin. Teshib o’tgan
jarohatlarda o’q yoki
oskolka kirgan va teshib
chiqib ketgan teshiklar
bo’ladi, uchi berk
jarohatlarda o’q yoki
oskolka to’qimalarda
tiqilib qoladi, urinma
jarohatlarda urinma
yo’nalishda uchib kelgan
o’q yoki oskolka yumshoq
to’qimalarda tiqilib
qolmasdan, balki teri va
yumshoq to’qimalarni
shikastlab o’tadi. Kesilgan
va sanchilgan
jarohatlarning zararlanish
zonasi kichik, chetlari tekis
bo’ladi, bunday
jarohatlarning devorlari
yashash qobiliyatini
saqlab qoladi, ulardan ko’p
qon ketadi, bunday
jarohatlarga infeksiya
boshqalaridan ko’ra
kamroq yuqadigan bo’ladi.
Sanchilgan jarohatlarning
teshib o’tgan xillari teri va
shilliq pardani uncha
zaralamasa ham, ancha
chuqur bo’lishi mumkin va
ichki organlarni
shikastlashi va ularga
infeksiya o’tishi mumkin
bo’lgani munosabati bilan
kattagina xavf tug’diradi,
ichki organlarga infeksiya
o’tib qolsa, peritonit va
sepsis boshlanib ketishi
mumkin. Chopilgan
jarohatlar har xil
chuqurlikda bo’lib,
yumshoq to’qimalarning
urilib, lat yeyishi va
ezilishiga olib boradi.
Urilgan, yirtilgan va
ezilgan jarohatlar
murakkab shaklda, chetlari
notekis bo’lishi bilan
xarakterlanadi. Ancha joyi
qonga, o’lik to’qimalarga
to’lib turgan bo’ladi,
bunday jarohatlarda
infeksiya avj olishi uchun
qulay shart-sharoitlar
vujudga keladi. Yirtilgan
jarohatlar qo’pol mexanik
ta’sir tufayli paydo bo’lib,
aksari terining sidirilib
chiqishi, paylar, muskullar
va tomirlarning
shikastlanishi bilan birga
davom etadi, ko’p
ifloslangan bo’ladi.
Tishlangan jarohatlarga
hamisha so’lak tushgan
bo’ladi.
Operasiya jarohatlarini
aytmaganda,
jarohatlarning hammasi
birlamchi tartibda
infeksiyalangan, deb
hisoblanadi. Jarohatlovchi
narsa, tuproq, kiyim
bo’laklari bilan birga,
havodan va jarohatga qo’l
urilgan mahalda unga
mikroblar tushadi.
Jarohatga tushib qolgan
mikroblar uning yiringlab
ketishiga, saramas singari
yallig’lanishga aloqador
asoratlarning paydo
bo’lishiga olib kelishi
mumkin.
Havosiz joyda
ko’payadigan va anaerob
infeksiyaga sabab
bo’ladigan mikroblarning
jarohatga tushib qolishi
hammadan hatarli.
Jarohatlarning yana bir
xavfli asorati ularga
qoqshol mikrobi yuqib
qolishidir.
Jarohatlarni mikroblar
yuqishidan ehtiyot
qilishning chorasi
jarohatlangan joyga
mikroblar o’tishiga yo’l
qo’ymaydigan aseptic
bog’lamni mumkin qadar
ertaroq qo’yib bog’lashdir.
(Quyidagi rasmlarda
jarohat turlari ko’rsatilgan)
JAROHAT TURLARI
2. Qon ketishi
jarohatlarning bevosita
hayotga xavf soluvchi eng
xatarli asoratdir. Qon
ketishi yoki qonash
deganda shikastlangan
tomirlardan qon chiqib
turishi tushiniladi. Qon
ketishi birlamchi yoki
ikkilamchi bo’lishi
mumkin. Tomirlar
shikastlangandan keyin
o’sha zahoti qon keta
boshlashiga birlamchi qon
ketishi deyilsa, birmuncha
vaqtdan keyin qon keta
boshlashiga ikkilamchi
qon ketish deyiladi.
Shikastlangan
tomirlarning tabiatiga
qarab arteriyalardan,
venalardan,
kappillyarlardan qon
ketishi va parenximatoz
qon ketishi tafovut
qilinadi.
Arteiyalardan qon
ketishi hammadan
xatarlidir, bunda qisqa
muddat ichida
organizmdan talaygina
miqdor qon ketib qolishi
mumkin. Arteriyadan qon
ketishining alomatlari
chiqayotgan qonning
qirmizi qizil rangda
bo’lishi, uning otilib- otilib
chiqib
turishidir. Venalardan qon
ketishi arteriyalardan qon
ketishidan farq qilib,
birmuncha to’qroq rangda
bo’ladigan qonning
uzliksiz ravishda oqib
chiqib turishi bilan
xarakterlanadi., bunda qon
otilib
chiqmaydi. Kappillyarlardan qon
ketishi teri, teri osti
kletchatkasi va
muskullardagi mayda-
mayda tomirlar
zararlanganda ko’riladi.
Kappillyarlardan qon
ketayotgan mahalda
jarohatning butun yuzasi
qonab
turadi. Parenximatoz qon
ketishi ichki organlar:
taloq, buyrak, o’pka
zararlanganida
boshlanadi.
Qon ketishi tashqi va
ichki bo’lishi mumkin.
Tashqi qon ketishida teri
qoplamlari va ko’rinib
turgan shilliq pardalardagi
jarohat orqali yoki
bo’shliqlardan qon kelib
turadi.Ichki qon ketishida
to’qimalar, organ yoki
bo’shliqlar qon bo’lib
turadi, qon quyilishi deb
shinga aytiladi.
To’qimalarga qon
quyilganda qon singib
o’tib, ularni shishirib
yuboradi, infiltrat yoki
qontalash deb shunga
aytiladi. Odamning
ayniqsa bir yo’la har xil
og’ir shikastlarga
uchragan mahallarida
birdan 1-2 litr qon
yo’qotib qo’yishi o’limga
olib kelishi mumkin.
3. Har qanday jarohat,
hatto eng kichkinasi ham,
shikastlangan odamning
hayoti uchun xavf
tug’diradi – u har xil
mikroblar yuqtiradigan
manba bo’lib qolishi
mumkin, ba’zi jarohatlar
esa bir talay qon ketib
qolishiga sabab bo’ladi.
Birinchi tibbiy yordam
ko’rsatish mahalida ana
shu asoratlar oldini
olishning asosiy yo’li
jarohatga imkoni boricha
ertaroq steril bog’lam
qo’yib bog’lash, aseptika
va antiseptika qoidalariga
rioya qilish, qon ketishini
toxtatishdir.
Aseptika va antiseptika
to’g’risida tushuncha.
Aseptika jarohatga
mikroblar tushishiga yo’l
qo’ymaslik maqsadida
ko’riladigan chora-
tadbirlar majmuasidir.
Shunday qilib, aseptika
jarohat infeksiyasining
oldini olish, profilaktika
qilish metodi bo’lib
hisoblanadi. Jarohatga
uriladigan narsalarning
hammasi steril bo’lishi
kerak, degan asosiy
qoidani bekamu ko’st bajo
keltirish yo’li bilan unga
erishiladi.
Antiseptika deb
jarohatdagi mikroblar
sonini kamaytirishga yoki
ularni yo’q qilishga
qaratilgan chora-tadbirlar
sistemasiga aytiladi.
Mexanik, fizik, kimyoviy va
biologik antiseptika
tafovut qilinadi. Mexanik
antiseptika jarohatlarni
birlamchi xirurgik
obrabotkadan
o’tkazishdan iborat. Fizik
antiseptika mikroblarning
yashab qolishi uchun
jarohatdan noqulay
sharoitlar yuzaga
keltiradigan metodlarni
tadbiq etishdan tashkil
topadi—bu jarohatni
quritish, unga drenaj
qo’yish va jarohat suvi,
selini oqib chiqib ketib
turadigan qilib qo’yishdan
iborat. Kimyoviy
antiseptika mikroblarga
qarshi har turli dori
vositalarini ishlatishga
asoslangan. Biologik
antiseptikalar jumlasiga
jarohat infeksiyasining
profilaktikasi va davosi
uchun ishlatiladigan
antibiotiklar ishlatiladi.

Комментарии

Комментариев нет.