13 авг 2013

Bir kuni sandan so'rashadi: -Uni

unutdingmi?! -Kimni? - deysan
bazo'r qaltirab.... Quloqlaring
ostida har on shivirlagan
ovozni, Ko'zlaringa chaqin misol
urilgan nigohni, Zimiston
xonaning burchagida
o'chayotgan sham kabi qolgan
"Xotira"larni eslatib yana nomim
yangraydi... Garchi ichingdagi
g'alayon dod devoray deyotgan
bo'lsada, hiyol ko'zinga tushgan
sochlaring tolasin asta
yeg'ishtirgancha ma'yus
jilmayib - Unutganman - deysan,
bor vujuding alanga ichida
qoladi, To'g'rida axir unutding-
ku?! Sani tark etgan insonni
eslashtan ne naf? Ortiq u
suratga boqmay qo'ygansan,
qayerdadir kitob ichidami, gilam
tagidami "oyoq osti" bo'lib qolib
ketgan... Yo'q- yo'q oyoq osti
qilmading vujuding nafratga
to'layotganda, aqling izmidan
chiqib suratni yoqmoqchi
bo'lganda yuraging bilan
kelishib uni berkitib
qo'ygandilaring. Qachonki
yuraging ko'zlari ko'r bo'lganda
undagi siyrat o'chganda yana
qayta muhrlash uchun
axtarasan... Unutganing rost
yo'qsa san uchun bir olam
quvonch keltirgan necha yillar
kutganing "Baxt"ingni olib
kelgan o'sha "sirli maktub"ni
o'qimay qo'ygan bo'larmiding?
Mayli unda xazil yozilgan bo'lsin
Mayli uni tan olmasin lekin
baribir o'qimay qo'yding-ku?
Nimalar deyapman undagi
so'zlarni uyqudan uyg'onib ham
yoddan ayta olasanku... Ranjima
u atay so'ramadi, bilgani uchun,
tuyg'ularingni xis qilgani uchun,
O'zingni betashvish, beg'am
tutishga urinayotganingni
ammo qalbingda boshqa xolat
g'ujg'on aylanayotganini
sezgani uchun so'radi, Xamisha
aytarding-ku "U mani eng yaqin
dugonam, mani mandanda
yaxshiroq biladi..." Ishonma,
bolalikdagi o'ylaring bilan qol
ishonma bu "Sevgi" deganlariga
u yo'q unda faqat azob-u-xijron
xukmron... Sokin tunda umid
chirog'i bo'lgan Oyni izlab,
Ko'zinga uyqu kelmaganida...
Soat yarim tundan o'tib alla
mahal bo'lganda... Yolg'izlikka
chidolmay ko'zingdan yana
alam yoshlari sizib chiqa
boshlaganda... Xoxishing va
majburliging jangga
kirishganda... Kutayotganimni
bir esla... Xoxishing erkini ber,
Qiziqmas qay vaqtda, Mayli
unutgan xolda, Muhimmas yillar
o'tsin, Berilgan umr bitsin,
baribir Kutayotgan bo'laman...
O'sha dovushingda quvonchli
so'zlashingni eshitish uchun...
Atay kuldirish uchun qilgan
ahmoqona qiliqlarimni zavq
bilan tomosha qilishingni
ko'rish uchun... Xar galgidek
bular ma'lum muddatga
ekanligini bilsamda... Bu
xijronlarni yana qayta
boshimdan o'tishiga tayyor
xolda baribir Kutayotgan
bo'laman... Yana mandan ham
so'rashadi -Eslab turibsanmi? -
man esa javob beraman - Eslash
uchun Unutish kerak.

Комментарии

Комментариев нет.