16 авг 2013

Yo'qotaman seni bir kunmas bir

kun,
Unutasan meni go'yo tush kabi.
Poyoni yo'q shirin orzular,
Armonga aylanar hammasi bari.
Yo'qotaman seni bir kunmas bir
kun,
Oppoq libosingda ketasan gulim.
Men seni unutish istayman
ammo,
Ne qilay unutish istamas dilim.
Yo'qotaman seni bir kunmas bir
kun,
Sevging qoladi qalbimda titrab.
Eslama gulim meni zinhor,
Sof qalbingni qiynama yig'lab.
Yo'qotaman seni bir kunmas bir
kun,
Ortingdan qolaman senga baxt
tilab.
Ko'z yoshlarim tomadi tinmay,
Senga talpinayotgan qalbim
erkalab.
Yo'qotaman seni bir kunmas bir
kun,
Tabassum qilgan surating
qo'limga olib.
Raqs tushaman, huddi telbadek,
Ulkan sevgimizni qabrga
ko'mib...

Комментарии

Комментариев нет.