Ko'ngil ko'nmas "yor-

yor"larga,
navolarga,
Ishim tushdi ishq dardi bedavolarga,
Sig'may qoldim hamma sig'gan
dunyolarga,
Ko'zlaringni, ko'zlaringni sog'inaman...
Tunlardayin ma'yus ular, qaro ular,
Yuragimga otash ular, olov ular,
Oh qo'rqaman, boshlarimga balo ular,
Ko'zlaringni, ko'zlaringni sog'inaman...
Qayga borsin darding bilan kuygan ko'ngil,
Ko'zlaringni jonidan ham suygan ko'ngil,
Hijronlarning azobiga to'ygan ko'ngil,
Ko'zlaringni, ko'zlaringni sog'inaman...
Jonim beray "sevdim" degan so'zlar
uchun,
Yuragimga muhrlangan izlar uchun,
Bu dunyoga kelganman shu ko'zlar uchun,
Ko'zlaringni, ko'zlaringni sog'inaman.

Ko'ngil ko'nmas "yor- - 772601790592
Ko'ngil ko'nmas "yor- - 772601790336
Ko'ngil ko'nmas "yor- - 772601790080

Комментарии

Комментариев нет.