VIII asrning 70-yillarida Movarounnahrda yirik xalq qo‘zg‘oloni alanga oldi. U tarixda «oq kiyimlilar», yoki Muqanna qo‘zg‘olni degan nom oldi. Qo‘zg‘olon Zarfshon va Qashqadaryo vohalarini qamrab oldi. Qo‘zg‘olon rahbarining asl ismi Hoshim ibn Hakim edi. «Muqanna» uning laqabi bo‘lib, «yuziga niqob tortilgan» ma’nosini anglatardi. Manbalarga ko‘ra, qo‘zg‘olon 776-yili boshlangan. Muqanna O‘rta Osiyoning barcha tumanlariga Marvdan o‘z odamlarini jo‘natadi va arablarga qarshi kurashga da’vat qiladi. Muqannaning da’vati, ayniqsa, Nasaf va Keshda muvaffiqiyat qozondi. Bu yerda ko‘plab kishilar Muqanna tarafiga o‘tishdi. Voqealar jadal sur’atda rivojlandi. Qo‘zg‘olon Zarafshon vodiysiga ko‘chib o‘tadi. Qo‘zg‘olonning borishi Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarida qo‘zg‘olon keng quloch yoygan paytda Muqanna o‘z tarafdorlari bilan Movarounnahrda paydo bo‘ladi. Qo‘zg‘olonchilar harbiy bo‘linmalarga hujum qiladilar hamda arab karvonlarini talaydilar. Muqanna Buxoro vohasida mustahkamlanib oladi. Ammo Narshax qishlog‘ida bo‘lgan jangda uning izdoshlari yengiladilar. Mazkur jangda ular 700 kishidan ayriladilar. Qo‘zg‘olonchilar Narshax qishlog‘ida himoyalanishga qaror qiladilar. U yaxshi mustahkamlangan qishloq edi. Qal’aning qamali to‘rt oyga cho‘ziladi. Qahramonlarcha kurashgan Narshax himoyachilari oqibatda mag‘lubiyatga uchraydilar. Arablar besh yil mobaynida So‘g‘ddagi qo‘zg‘olonchilar bilan urush olib bordilar. Ular asosoiy ziroatkor tumanlardagi qarshilik o‘choqlarini katta qiyinchilik bilan bostirishga muvaffaq bo‘ldilar. Kurashning oxirgi bosqichi Kesh muzofotidagi (Hisor tizmasi) Sinam tog‘ida joylashgan Muqanna qal’asining qamali bilan bog‘liq bo‘lgan.
"DAVR" informatsion dasturi (RASMIY GURUH)
«Oq kiyimlilar» qo‘zg‘oloni
VIII asrning 70-yillarida
Movarounnahrda yirik xalq
qo‘zg‘oloni alanga oldi. U tarixda
«oq kiyimlilar», yoki Muqanna
qo‘zg‘olni degan nom oldi.
Qo‘zg‘olon Zarfshon va
Qashqadaryo vohalarini qamrab
oldi.
Qo‘zg‘olon rahbarining asl ismi
Hoshim ibn Hakim edi.
«Muqanna» uning laqabi bo‘lib,
«yuziga niqob tortilgan»
ma’nosini anglatardi.
Manbalarga ko‘ra, qo‘zg‘olon
776-yili boshlangan. Muqanna
O‘rta Osiyoning barcha
tumanlariga Marvdan o‘z
odamlarini jo‘natadi va arablarga
qarshi kurashga da’vat qiladi.
Muqannaning da’vati, ayniqsa,
Nasaf va Keshda muvaffiqiyat
qozondi. Bu yerda ko‘plab
kishilar Muqanna tarafiga
o‘tishdi. Voqealar jadal sur’atda
rivojlandi. Qo‘zg‘olon Zarafshon
vodiysiga ko‘chib o‘tadi.
Qo‘zg‘olonning borishi
Qashqadaryo va Zarafshon
vodiylarida qo‘zg‘olon keng
quloch yoygan paytda Muqanna
o‘z tarafdorlari bilan
Movarounnahrda paydo bo‘ladi.
Qo‘zg‘olonchilar harbiy
bo‘linmalarga hujum qiladilar
hamda arab karvonlarini
talaydilar.
Muqanna Buxoro vohasida
mustahkamlanib oladi. Ammo
Narshax qishlog‘ida bo‘lgan
jangda uning izdoshlari
yengiladilar. Mazkur jangda ular
700 kishidan ayriladilar.
Qo‘zg‘olonchilar Narshax
qishlog‘ida himoyalanishga qaror
qiladilar. U yaxshi
mustahkamlangan qishloq edi.
Qal’aning qamali to‘rt oyga
cho‘ziladi. Qahramonlarcha
kurashgan Narshax himoyachilari
oqibatda mag‘lubiyatga
uchraydilar.
Arablar besh yil mobaynida
So‘g‘ddagi qo‘zg‘olonchilar bilan
urush olib bordilar. Ular asosoiy
ziroatkor tumanlardagi qarshilik
o‘choqlarini katta qiyinchilik bilan
bostirishga muvaffaq bo‘ldilar.
Kurashning oxirgi bosqichi Kesh
muzofotidagi (Hisor tizmasi)
Sinam tog‘ida joylashgan
Muqanna qal’asining qamali
bilan bog‘liq bo‘lgan.