Yodingla chekarman bir umr faryod,

Yuragim qarida qayg'ular bunyod,
Sen deya borimni ayladim barbod,
Nahot senga yetmas fig'onim mening,
Orzudan yaralgan armonim mening.
Közing yoshi yurak qonimdek oqar,
Nigohing jonima otashlar yoqar,
Qaroqlaring mayus termulib boqar,
Dardin aytolmagan giryonim mening,
Orzudan yaralgan armonim mening.
Sharoblar qadahdan tökilar böldi,
Jonim ming chokidan sökilar böldi,
Xajringda ne qadlar bukilar böldi,
Ötib borar umrim karvonim mening,
Orzudan yaralgan armonim mening.
Qalbing ozorlanib hayot qahridan,
Necha bor totinib taqdir zahridan,
Hatto öz baxtingni kechib baxridan,
Özga yöl topolmay hayronim mening,
Orzudan yaralgan armonim mening!

Комментарии

Комментариев нет.