Nimadan qayg'uray dunyo birkamda,

Axir siz borsizku yorug' olamda,
Xudoning suymagan quli bölsamda,
Siz meni baribir yaxshi körasiz.
Nigohlar qalbimga botgan daydi öq,
Sizdan yaxshi mendan yomon odam yöq,
Faqat bir narsadan g'arib könglim töq,
Siz meni baribir yaxshi körasiz.
Dunyo qafasdek tor körinsa közga,
Shundan bölak taskin topmadim özga,
Özim ham ishondim shu yolg'on sözga,
Siz meni baribir yaxshi körasiz.

Комментарии