Sevgan yorim yig'lama!

Sevgan yorim yig'lama!
...To'rtinchi kurs edim.
Universitetda eng a'lochi
talabalardan biri edim.
Bironta tadbir mensiz
o'tmas edi. Turli ilmiy
konferensiyalarda
qatnashardim...
Bir kuni Aldulhamid
Cho'lpon ijodi haqidagi
konferensiyada ma'ruza
qildim. Konferensiya juda
zo'r o'tdi. Tadbirdan keyin
qiziquvchilar bilan yana
suhbat qildik. Mana shu
kun bir umr mening
yodimdan chiqmasa
kerak. Men savollarga
javob bera edim.
Nogahon, bir qizning o'tli
nogohi men tomonga
qiyo boqayotganini sezib
qoldim. Bir zumga o'zimni
yo'qotib qo'ydim. Buni
ko'pchilik sezmasa-da,
ana o'sha qiz sezib,
darrov ko'zini olib qochdi.
Men har xil savollarga
javob berar, o'zimning bu
muvaffaqiyatimdan
quvonar edim. Bir payt
haligi qiz turdi-da,
Cho'lponning "Go'zal"
she'ri haqida savol berdi.
Men esa nima deb javob
berishni bilmas edim.
Savol javobini bilardim,
lekin shu paytda hech
narsa tilimga kelmas edi.
Bir-ikki soz' gapirdim-da,
javobni keyinga surdim.
Konferensiya tugadi. Men
esa haligi qizni
qidirardim. Afsus u ketib
bo'lgan edi. Ertasi kuni
o'qishga keldim.
Domlalar, talabalar,
kechagi konferensiyadagi
chiqishimni qutladilar. 2-
paradan keyin
kutubxonaga kirdim.
Oldidagi partalardan
biriga o'tirdim. Ne ko'z
bilan ko'rayki, kechagi qiz
ham kutubxonada,
mendan 2 ta stul narida
o'tirardi. Nima deb gap
boshlashni bilmay rosa
qiynaldim. Haligi qiz
orqasiga bir o'girildi-da,
o'zi gap boshladi. "Vo,
xudo!" deb yubordim
ichimda. - Salom. Kechagi
ma'ruzangiz menga juda
yoqdi. - Rahmat! - Men
ham Cho'lpon ijodiga
juda qiziqaman. - Juda
yaxshi-da... - Menga
yordam berolmaysizmi? -
Albatta... U mendan bir
necha savollarini so'radi.
Men esa javob
beryapman-u, yuragim
o'ynardi. Ba'zi savollariga
javobini bilsam-da,
ataylab, ertaga bilib kelib
aytaman, dedim.
hayrlashdik. Uyga borib,
nima ishni qilmay uning
qo'ng'iroqdek ovozi doim
menga tinchlik bermasdi:
"Menga yordam
berolmaysizmi?" Ertasi
kuni yana kutubxonada
ko'rishdik. Savollariga
javob berdim. Bugun
o'zimda kuch topib uning
ismini so'radim. Judayam
chiroyli ism ekan:
Mahfuza. Yana yordam
kerak bo'lsa menga
murojaat etishini aytdim.
Biz endi tez-tez ko'rishib
turardik. U ham menga
o'z yaqinidek
munosabatda bo'lardi.
Noyabr oyida meni chet-
elga konferensiyaga
jo'natishdi. Ikki hafta
Mahfuza bilan
ko'rishmadim. Chet-
eldaligimning ikkinchi
haftasi pochtamni xabat
olsam, undan maktub
kelgan edi. U meni
sog'inganini yozgan edi.
"Sizni sog'indim" deya
aytilgan bu beg'ubor so'z
meni qanchalik xursand
qilganini bilsangiz edi.
Tezroq uyga, yana
Toshkentga ketgim kelib
qoldi. Bu yerdagi
magazinlarni aylanib
Mahfuza uchun ajoyib
sovg'a ham oldim. Yana
o'qishga qaytdim. Birinchi
kuni Mahfuzani ko'raman,
deb rosa umid qildim. U
kelmagan ekan. Men buni
uning kursdoshlaridan
so'rab bildim. darvoqe, u
birinchi kursda o'qirdi. U
ertasi kuni ham kelmadi.
Va nihoyat shu kuni
uning uyiga birinchi
marta telefon qildim.
Yaxshi o'zi ko'tardi. Uning
ovozidan ozgina mazasi
yo'qligi sezilib turardi.
Shunday bo'lsa-da,
bildirmaslikka harakat
qildi. Yaxshi keldingizmi,
deb hol so'radi. Suhbat
oxirida esa, "meni duo
qiling" dedi. Ikki kundan
keyin Mahfuzani o'qishda
ko'rdim. Bugun sovg'ani
tashlab kelganimga afsus
qildim. U bilan
gaplasharkanman, uning
"sizning duolaringiz bilan
sog'ayib ketdim" degan
samimiy so'zlari og'ushida
mast bo'lgan edim. Uning
dugonalaridan tug'ilgan
kuni qachonligini bildim.
Darvoqe, bir haftadan
keyin ekan, sovg'ani shu
kunga asrab qo'ydim.
Tug'ilgan kunidan oldingi
kecha hamma
tuyg'ularimni qog'ozga
joylab, haligi sovg'a bilan
birga bezatdim. Ertasi
kuni o'qishda uning har
kungidan ham ochilib,
go'zal bo'lib kelganini
ko'rdim. Avvaliga nima
deyishni ham bilmas
edim. Qo'limdagi sovg'ani
unga tutkazarkanman,
"tug'ilgan kuningiz
muborak bo'lsin!"
deyishni ham
unutibman... Biz endi
qishki amaliyotga chiqdik.
O'qishga bormas edim. 2
haftalardan so'ng,
pochtamni ochsam,
Mahfuzadan xabar kelgan
edi. U o'zining dil
so'zlarini she'r bilan
bayon qilib, buni o'qing
qanday chiqibdi, qabilida
maktub yozgan edi.
Qalbdan yozilgan bu
she'rning menga
atalganligini sezib
turardim... Kunlar
o'taverdi. Bahor ham
keldi. Bir kuni Mahfuza siz
bilan gaplashib oladigan
muhim gapim bor dedi.
Gaplashdik. Uning
aytishicha, bir joydan
ularning xonadoniga
hadeb sovchilar
kelayotgan ekan. Men
uyga borib, onam bilan
shu masalada gaplashdim.
Oyimlarning "ular bizga
qiz berisharmikin?" degan
gumonlariga qaramay,
ularni ko'ndirdim. Ertasi
kuni uyga kelsam, onam
yig'lab o'tirardilar.
Sababini so'raganimda,
sovchilikka borganlarini,
lekin ularning alamli
so'zlari, "ko'rpanga qarab
oyoq uzat, biz ko'chada
qolganimiz yo'q" deya
aytgan kinoyalari onamni
juda hafa qilgan ekan.
Onamni qancha yupatsam
ham ko'zlaridan yoshlari
uzilmas edi. "Kambag'al
deb xo'rlayverarkan-da",
"o'qiyuvchi odam
emasmi?" deb xo'rliklari
kelardi. Buni ko'rib
mening ham ko'zimdan
yoshlar oqdi. Bir hafta
o'qishga bormadim.
Pochtani ham xabar
olmadim. Dekanimiz
aytdirib yuborgani uchun
dushanba kuni o'qishga
bordim. Mahfuzani
ko'rdim-u, indamay o'tib
ketdim. Darsxonaga
kirdim. Orqamda Mahfuza
ham kirayotgandi. Men
indamay chiqib ketdim.
Mahfuza orqamdan
"Fattoh aka" degancha
qolaverdi. Bufetga kirdim.
Achchiq kofe buyurtma
berdim-da, yana achchiq
xayollar og'ushiga g'arq
bo'ldim. Boshimni stol
ustiga qo'ygancha,
taqdirning bu ayanchli
voqealarini xayoldan
o'tkazardim. Bechora qiz
bu yerga ham kelibdi,
yonimga o'tiribdi,
bilmabman ham. Uning
yig'i ovozidan o'zimga
keldim. U menga qarar,
biron so'z demas, tinmay
yig'lar edi. Endi men uni
yupatishga tushdim.
Tashqariga olib chiqib,
skameykada o'tirdik. U
menga qarab, xuddi hech
narsa bo'lmaganday,
"meni turmushga
uzatishyapti", - dedi. Men
esa "Baxtli bo'l" deya
oldim xolos. U: - Siz-chi,
siz meni baxtli
qilolmaysizmi? - Seni ana
o'sha boyvuchchalaring
baxtli qiladi. Sendaylar
mendaka yalangoyoqlar
ko'rpangga qarab oyoq
uzat deb ostonangdan
itni haydagandek
haydaysanlar. Senldakalar
hamma narsa mol-dunyo
bilan o'lchaysanlar. Biz
esa yerdan chiqqanmiz.
Bitta aybimiz bor - ozgina
kambag'almiz... Senlar
esa... Umrimda birinchi
marta unga qattiq
gaplarni o'zim bilmagan
holda jahl bilan aytib
yuborgan edim. Aslida
qizda ayb yo'q edi.
Keyinchalik bu ishim
uchun juda afsus
chekkandim. Uning alam
bilan to'kayotgan yoshlari
hali hamon ko'zim
oldidan ketmaydi.
Shundan keyin men
Mahfuzani ko'rmadim,
qiziqmadim ham. Bir kuni
uning dugonalari menga
bir maktub olib kelishdi.
Unda quyidagilar yozilgan
edi: Fattoh aka! Meni
kechiring, aslida
onangizni behurmat
qilishganini men bilmagan
edim. Iltimos,
uydagilarimning ham
gunohini kechiring.
Taqdirimiz shunaqa ekan.
Meni ota-onam o'zlari
istagan xonadonga
uzatishmoqda. Men qiz
bolaman, ularga qarshi
bir nima deya olmayman.
Meni kechiring, sizni
o'sha birinchi
ko'rganimdayoq sevib
qolgan edim, haliham
qalbim ardog'idasiz. Men
sizni umrim boricha
sevishga tayyorman,
birgina tilagim, men
haqimda nima deb
o'ylasangiz ham, oxirgi
marta to'yimga keling.
Sizni sevib qoluvchi,
singlingiz Mahfuza!
Buning uning to'yi. Garchi
istamasam ham
dugonalarining qistovi
bilan to'yga bordim.
Shahrimizning eng
muhtasham
restoranlaridan biri.
Restoranga barcha kazo-
kazolar tashrif buyurgan,
to'y to'g'rida esa men
sevgan qiz begona yigit
bilan.... Bir chekkadan
bizga ham joy tegdi. Asta-
sekin barcha katta-katta
xonandalar o'z
qo'shiqlarini ayta
boshlashdi. Bu orada
dugonalari shipshitishdi,
shekilli, Mahfuza bir-ikki
biz tomonga qarab qo'ydi.
Qo'shiq navbati Anvar
Sanayevga berildi:'
Go'zalim, bugun sening
to'ying kechasi,
Baxtim, bekasi, ko'nglim
erkasi.
Go'zalim, xavas qilar
qizlar nechasi,
Baxtim, bekasi, ko'nglim
erkasi.
Bugun sening sevgan
yoring og'ushiga oladi,
Bu kun menga motam
bo'lib bir umrga qoladi.
Egningdagi oppoq libos
umidlarim so'ndirar,
Aytolmagan sevgim alam
qilib o'ldirar.
To'yxonadagi eng go'zal
malak yig'lar edi.
Ko'zlaridan duv-duv yosh
to'kilardi. Goh-goh
zimdan menga ko'z
tashlab, yana yig'ida
davom etardi. Anvar
Sanayev esa yonayotgan
qalbga yana otash solardi:
Jonim, ko'zingdagi yosh
meni hech tinch
qo'ymaydi, Sen o'zga
yorga yo'ldosh, qalbim
yig'lab to'ymaydi. Sevgan
yorim deganim, yor
bo'lmadi, naylayin,
Jondan aziz bilganim, yor
bo'lmadi, naylayin,
Sevgan yorim yig'lama,
Shirin jonim, yig'lama,
Yurak bag'rim tig'lama,
Men senga begonaman...
Men o'rnimdan turdim.
Kelin-kuyov o'tirgan
o'tirgan stol tomon yurib,
asta burildim-da, Anvar
Sanayevga
cho'ntagimdagi bor
butimni qistirdim-da, asta
to'yxonani tark etdim...
Mahfuzaning so'nggi
nigohlari mening
nigonlarim bilan
to'qnashdi:
Sevgan yorim yig'lama,
Shirin jonim, yig'lama,
Yurak bag'rim tig'lama,
Men senga begonaman...
Shu kecha umuman
uxlamadim. Onamning
barcha tasallilari osmonga
uchdi, xuddi mening
oydin orzularimdek.
Men yig'lar edim, yum-
yum yig'lardim...
Yuzlaring go'zalmu,
so'zlaring go'zalmu? Seni
ko'rib, sevib-sevib
bo'zladim,
Sevimli dildorim, qalbdagi
ozorim, Seni o'ylab kecha-
kunduz yig'ladim.
Men zor yig'ladim, sen zor
yig'lading, Seni begonaga
berib yig'ladim
Men zor yig'ladim, sen zor
yig'lading, Taqdirimdan
kuyib-kuyib yig'ladim..
Muallif: (DINA)
Manba: Hayol.Uz

Комментарии

Комментариев нет.