Yig'lamang sinovlar yog'sa poyma-poy,

Yig'lamang dard sizni qiynasa tinmay,
Yig'lang, Shahodatsiz to'htasa zabon,
Yig'lang, ajal yetsayu kirmasa iymon.
***
Yig'lamang tuhmatlar boshingiz egsa,
Nomard otgan paykon nishonga tegsa,
Yig'lang, nafsni deya sotilsa vijdon,
Yig'lang, ajal yetsayu kirmasa iymon.
***
Yig'lamang, sevgan yor aylasa jafo,
Yig'lamang, dunyoni tark etsa vafo,
Yig'lang o'g'il Otani bag'rin qilsa qon
Yig'lang, ajal yetsayu kirmasa iymon.
***
Yig'lamang, olamni suv bossa butkul,
Yig'lamang, shaharlar yonib bo'lsa kul,
Yig'lang, qabrni cho'g' aylasa makon,
Yig'lang, ajal yetsayu kirmasa iymon.
***
Yig'lamang, boy berib qo'yib mansabni,
Yig'lamang ey do'stim, asrang asabni,
Yig'lang, zalolatga yuz tutsa zamon,
Yig'lang, ajal yetsayu kirmasa iymon.
***
Yig'lang fahshu zino bo'lsa hukmron,
Yig'lang sajda qilish bo'lganda armon,
Yig'lang har ishda bosh bo'lsa shayton,
Yig'lang, ajal yetsayu kirmasa iymon...!

Yig'lamang sinovlar yog'sa poyma-poy,
 - 554534020297

Комментарии

  • 5 апр 2019 12:37
    onasini sikey asabim buzilyapti, nega shu voqealarni bolmaydi insofsizlar, seks rasmni kochirsa boladi lekin buni kochirib bolmaydi,