Eto'O: Gvardiola meni

O'zbekistonga jo'natib
yubormoqchi bo'lgandi “Chelsi” jamoasi hujumchisi
Samuel Eto'O o'zining
“Barselona”dagi sobiq ustozi
Xosep Gvardiolani tanqid
ostiga olib o'tdi. “Gvardiola hech qachon buyuk
futbolchi bo'lmagan. U
shunchaki yaxshi o'yinchi
bo'lgan. Men buni unga
aytganman. U jamoaga
kelganda o'zini alohida taraflama ko'rsatmagan.
Hamma biladigan gaplarni
aytgan. U men o'ynaydigan
“9” raqamini Anriga bergandi.
Anri bundan xursand bo'ldi.
Ammo bu holat menga nisbatan hurmatsizlik edi. Axir
mening klub uchun juda ko'p
mehnatim singgandi. Gvardiola hech qachon menga
bevosita ochiq gapirmagan.
Bunga jur'ati yetmagan.
Hamisha kimdir orqali o'z
fikrlarini bildirar edi. Xavi
futbolchilar meni jamoada qolishimni istashayotganini
aytib o'tdi. Buning uchun men
o'zim borib Pep bilan
gaplashib olishim kerak ekan.
Men rozi bo'lmadim. Agar
meni hurmat qilishmasa, men ham hurmat qilmayman, deb
aytdim. Ular meni jamoadan ketkazish
uchun har xil narsalar o'ylab
topishgani meni jahlimni
chiqargandi. Keyinchalik bu
haqida OAVda turli bo'lar-
bo'lmas gaplar yozildi. Meni O'zbekistonga jo'natib
yuborishmoqchi bo'lishdi.
Lekin men jamoada qolib,
mendan kechirim so'rashlarini
talab qildim. “Inter”ga o'tib, “Barselona”ga
qarshi maydonga
chiqqanimda, o'yindan keyin
Gvardiola meni qo'limni siqib
qo'ydi. Ammo bu ham
xo'jako'rsinga, kamera oldida qilindi. O'yindan oldin esa u
menga hech narsa
demagandi”, - deydi Eto'O

Комментарии

Комментариев нет.