Ona suti
Ona suti - bolaning sog’ligi, o’sishi va rivojlanishini ta’minlovchi muhim omil. Ko’krak suti chaqaloq uchun eng foydali ozuqadir. Faqat ko’krak suti berib boqish bola hayotining 4 oyining oxirigacha yoki 6 oyining boshigacha ovqatlanish bo’yicha jami ehtiyojlarnita’minlaydi. Hamma bolalar tug’ilgan chog’idan boshlab, taxminan 6 oylikkacha faqat ko’krak suti bilan boqilishi kerak. Ko’krak berib boqishni hayotning birinchi yilidan keyin (tegishli qo’shimcha ovqat bilan) ham davom ettirgan ma’qul, infeksiyalar keng tarqalganda esa ko’krak berib emizishni ikki yoshgacha davom ettirishtavsiya etiladi.
Ona o’z bolasini qanday ovqatlantirishni o’zi tanlash huquqiga ega. Ko’krakdan emizish ona bilan bola o’rtasida chambarchas, samimiy o’zaro munosabatlar shakllanishiga imkon beradi, ulardan ona emotsional qoniqish hissini oladi. Tug’ruqdan keyinoq bola bilan yaqin muloqat, bu- o’zaro munosabatlarning yo’lga tushib ketishiga imkon beradi. Bu jarayon mehribonlik va emotsional aloqa deb ataladi.
Ko’krakdan boqadigan onalar o’z bolalariga o’ta mehrli bo’ladilar. Ular tunda bolasi bezovta qilganidan kam noliydilarva o’z bolalaridan kamdan-kam hollarda vozkechadilar. Ona laktatsionamenoreya (emizish davrida hayzning to’xtashi) usulidan foydalanib, homiladorlik o’rtasidagi oraliq muddatlarini tartibga solishi mumkin, bu uning sog’lig’ini yaxshilaydi.
Bola qancha uzoq vaqt emsa, onaning tug’ruqdankeyingi bepushtlik davri shunchalik uzayadi. Garchi, ko’krakdan emizish bo’yida bo’lishdan to’liq himoya qilishni ta’minlamasa ham, u kontratsepsiyaning boshqa usullari bo’lmagan sharoitlarda g’oyat qimmatli qo’shimcha usul hisoblanadi. Qo’shimcha ovqat kiritilgandan keyin ham soni va davomiyligi o’zgarmagan ko’krakdan emizish tufayli laktatsion amenoreya muddatini cho’zilishini kuzatish mumkin.
Ona fertilligining pasayishi homiladorliklar o’rtasidagi vaqt oraliqlarini uzaytiradi va tug’ilishlar soni kamayishiga olib keladi. Homiladorliklar orasidagi vaqtni loaqal ikki yilga cho’zish bevosita sog’liqni mustahkamlash va bolaning yashab ketishi bilan bog’liq bo’lib, onaning sog’ligiga va kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladi.
Ko’krak suti, uning o’rninibosadigan- sanoatda ishlab chiqarilgan bolalar ovqati aralashmasidan ustunroqdir. Ko’krak suti tarkibi doim bir xil emas va kun davomida, emizish vaqtida, shuningdek, ovqatlanish jarayonida o’zgarib turishi mumkin.
Faqat ko’krak suti bilan boqiladigan bolalar yetarli miqdorda temir vaA vitaminini oladilar. Ular 6 oylik bo’lguncha temir tanqisligi, kamqonlik va Avitamini yetishmasligidan himoya qilingan bo’ladilar. Sigir sutida faqat 10 % temir moddasi bor, ko’krak sutida esa taxminan 50%. Ko’krak sutida A vitamini miqdori sigir sutiga nisbatan 6-8 martayuqori. Bolalar ovqatiningayrim turlariga temir va Avitamini qo’shiladi, biroq bu qo’shimchalar bolalarning ehtiyojlarini to’liq qondira olmaydi.
Sun’iy ovqatlanishdagi mavjud xavflar
- Diareya va respirator infeksiyalar ko’proq paydo bo’ladi.
- Persisterlangan diareya.
- Ovqatlanishning yetarli bo’lmasligi, A vitaminining tanqisligi.
- O’lim xavfi ortadi.
- Yangi homiladorlik ro’y berishi mumkin.
- Allergiya va sutni hazm qilmaslik ehtimoli yuqori.
- Ayrim surunkali kasalliklar rivojlanishi xavfi ortadi.
- Ortiqcha vazn paydo bo’ladi.
- Aqliy rivojlanish darajasi pasayadi.
- Anemiya, tuxumdonlar va sut bezi raki xavfi oshadi.
Chaqaloq va onalar uchun ko’krakdan emizishning afzalliklari
Chaqaloq:
-dispepsik kasalliklar soniva davomiyligi pasayadi;
- respirator infeksiyadan himoya ta’minlanadi;
- otit holatlari va otitning qaytalanishi pasayadi;
-nerotik enterokolit, bakteremiya, meningit, botulism va siydik chiqaruv yo’llarini infeksiyalardan himoya qiladi;
- birinchi tipdagi qandli diabet va hazm yo’lining yallig’lanish kasalliklari kabi autoimmune xastaliklar xavfi pasayadi;
- tashqi ko’rinishdan sog’lom bolaning to’satdan o’lim sindromi xavfi pasayishi mumkin;
- sigir sutiga allergiya rivojlanish xavfi pasayadi;
- kattaroq yoshda semiribketish xavfi pasayishi mumkin;
- ko’rish o’tkirligi va psixomotor rivojlanishi yaxshilanadi, bu sutda polito’yinmagan yog’ kislotalari borligiga aloqador bo’lishi mumkin;
- aqliy rivojlanish ko’rsatkichlari ortadi;
- jag’larning shakli va rivoji yaxshilanishi tufayli tishlarning jipslashuv (prikus) nuqsonlari kamayadi.
Ona:
- bola tug’ilgandan so’ng ko’krak emizishni erta boshlash tug’ruqdan keyin onaning kuchlari tiklanishiga imkon beradi, bachadon involyutsiyasini tezlashtiradi va qon ketish xavfini kamaytiradi, shu tariqa onalar o’limini kamaytiradi, shuningdek, qon yo’qotish pasayishi hisobiga onada gemoglabin zahiralari saqlanib qoladi, but emir tarkibining yaxshilanishiga olib keladi;
- tug’ruqdan keyingi bepushtlik davri uzayadi, bu bo’yida bo’lishdan saqlaydigan vositalardan foydalanilmasa-da, homiladorlik orasidagi vaqtning cho’zilishiga olib keladi;
- tuxumdon saratoni xavfikamayishi mumkin;
- suyaklarning minerallanishi yaxshilanadi va buning hisobiga klimaksdan keyingi davrda son sinishlari xavfi kamayishimumkin.
salom menga akuwer vra4 kerak kim bor
hurmat blan ΞʘΞADMINΞʘΞ ∕∕∕∕∕∕∕∕→PULLIK XIZMAT←