Комментарии
- 12 окт 2014 18:06Baxodir NiyazimbetovAjoyib
- 9 ноя 2014 20:49MS- ABunday ugilga Ming lanat
- 3 дек 2014 23:24umid rustamovGap yoq reyal hayotda búday bolarga bita gap kech bolmasdañ kozlarni katta ochib qara...
- 23 мар 2016 00:34♥♡★ Komow ★♡♥Bunaqa bolani bugandan bumagani yaxwi
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
SABOQ
:- -
- Dada, musqaymoqga pul bering?!
- Hop bo'ladi-da olaqoling o'g'lim.
- Dada rosa zo'r mashina sotayotgan ekan mana buuuuuunday olib bering?!
- Ha mayli o'g'lim, sazangiz o'lmasin, mana olaqoling.
- Dada bugun ko'proq pul bering o'rtoqlarim bilan aylangani bormoqchi edik.
- Hop o'g'lim, mana…
- Dada o'qituvchim hammadan pul yig'yapti shunga pul bering.
- Dada yangi tufliga pul bering, bunisi eskirib qoldi.
- Dada bugun do'stimning tug'ulgan kuni, sovg'aga pul bering.
- Dada bitiruv oqshomiga pul yig'yapmiz, shunga …
- Dada repetitorga pul bering.
- Dada yo'lkiraga pul bering.
- Dada shartnomani to'lash kerak ekan.
- Dada bozorga tushib kiyinib chiqsam degandim, hamma o'rtoqlarim yaxshi kiyim kiyishadi, shunga …
- Dada sessiyaga ancha xarajat bo'lyapti shunga pul bering.
- Dada pul …
- Dada pul ...
- Dada pul !!!
(Yillar o'tib)
- O'g'lim uyning tomidan sal chakka o'tyapti, shuni qishgacha to'g'irlab qo'ysak degandim. Agar imkoning bo'lsa …
- Dada hozirmas, o'zi ishlar yurishmay turibdi, buni ustiga erta-indin nabirangizni sunnat to'yini qilish kerak.
- O'g'lim, un-moyning tagi ko'rinib qobdi, bir yo'ling tushsa …
- Dada, yaqinda bozorlik qilib bergandimku! Bir amallab turinglar, hamma pulimni "oborot" ga tikib yuborgandim.
- O'g'lim, onangni nok yegisi kelayotgan ekan. Bilasan anchadan beri tobi yo'q, men ko'chaga chiqa olmayman, o'zing topib kelsang …
- Dadaaa! Qishda nok qancha turishini bilasizmi? O'zi uchma-uch yetkazib turgan bo'lsam …
- O'g'lim, doktor dorilarni ro'yhatini yozib berdi. Davolanmasam bo'lmas ekan...
- Dadaaa! Nima mendan boshqa bolalaringiz yo'qmi? Ana, akamga, opamga ayting!
- O'g'lim, bir kelib ketsang bo'lardi…
- Nega Dada? Tinchlikmi? Yo yana pul kerakmi?
- Onangni janozasiga o'g'lim ...